Shaxs psixologiyasi



Yüklə 403,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix29.12.2021
ölçüsü403,84 Kb.
#48410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
shaxs pisixologiyasi

2. Shaxsning faolligi 

Shaxs  o`zining  faoliyati  tufayli  tevarak  -atrofdagi  olam  bilan  faol  munosabatda 

bo`ladi.  Shaxsning  faolligi  deganda  odamning  atrofdagi  tashqi  muhitga 

ko`rsatadigan  ta`siri  tushuniladi.  Tashqi  muhit  bilan  faqat  odamlar  emas, 

hayvonlar  ham  o`zaro  munosabatda  bo`ladilar.  Lekin  hayvonlar  tashqi muhitga 

moslashib  yashaydilar,  odamlar  esa  tashqi  muhitga  moslashib  qolmasdan,  uni 

o`zgartirishga  ham  qodirlar.  Shaxsning  faolligi  uning  turli  qiziqishlarida, 

ehtiyojlarida  namoyon  bo`ladi.  XX  asr  boshlarida  yashagan  avstriyalik  psixiatr 

Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan 

nasliy  yo`l bilan o`tgan  instinktiv  mayllarning  namoyon  bo`lishi  tufayli  faoldir. 

Instinktiv  mayllar  asosan  jinsiy  instinktlar  shaklida  namoyon  bo`ladi”.  Freyd 

shaxsning  faolligini  jinsiy  mayllar  bilan  bog`laydi.  Shaxsning  faolligini  hozirgi 

zamon  ilmiy  psixologiyasi  to`g`ri  hal  qilib  beradi.  Ularning  fikricha,  inson 



shaxsiy  faolligining  asosiy  manbai  uning  ehtiyojlaridadir. Odamning  ehtiyojlari 

faollik  ko`rsatishga  undaydi.  ehtiyoj  -  shaxs  faolligining  manbai  sifatida 

namoyon  bo`ladigan  va  uning  aniq  yashash  sharoitiga  bog`liqligini  ifodalovchi 

holatdir.  ehtiyojlar  paydo  bo`lishiga  ko`ra,  moddiy  (tabiiy)  va  ma`naviy 

(madaniy)  ehtiyojlarga  bo`linadi.  Moddiy  ehtiyojlarga  uxlash, jinsiy  yashash, 

ovqat  eyish,  issiq  va  sovuqdan  saqlanish,  uy  -  joyga  bo`lgan  ehtiyojlar  kiradi. 

Ma`naviy  ehtiyojlarga  kishilarning  ijtimoiy  ong  mahsulotlariga  bo`lgan 

muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, kino 

-  teatr  tomosha  qilish,  musiqa  tinglash  kabilar  kiradi.  Biz  moddiy 

ehtiyojlarimizni  madaniy  ehtiyojlar  asosida  qondiramiz.  Moddiy  va  ma`naviy 

ehtiyojlar albatta qondirilishi shart. 

Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi.  

    Qiziqish-  shaxsning  oliy  nerv  faoliyatidagi narsa  va  hodisalarni  bilishi, 

anglash  istagi  bilan  bog`liq  bo`lgan  munosabatidir.  Qiziqishlar  moddiy, 

ma`naviy,  salbiy,  ijobiy,  davomli,  qisqa  muddatli  bo`ladi.  qiziqishlar  asosida 

shaxsning  dunyoqarashi  va  ishonch  -  e`tiqodlari  tarkib  topadi.  Biz  yoshlarda 

mehnatga  ehtiyojni  tarbiyalashimiz  kerak.  Inson  shaxsi  xulq  -  atvorining  o`z 

motivlari bo`ladi.  

     Motiv  -  ma`lum  ehtiyojlarini  qondirish  bilan  bog`liq  bo`lgan  qandaydir 

faoliyatga  moyillikdir.  Agar  ehtiyojlar  inson  shaxsi  faolligining  moxiyatini 

tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning 

ehtiyojlari  motivlar  bilan  bog`liqdir.  SHuning  uchun  motivlar  bir  -  biridan 

ehtiyoj  turiga  qarab  farqlanadi.  Masalan,  moddiy  ehtiyojning  qondirilishi  bilan 

bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq 

bo`lgan  motivlar  bo`lishi  mumkin.  Motivlar  anglanilgan  va  anglanilmagan 

bo`lishi  mumkin.  Anglanilmagan  motivda  odam  nimanidir istaydi,  ammo  o`sha 

narsa  nimaligini  tasavvur  qila  olmaydi.  Demak,  motivlar  inson  shaxsi  xulq  - 

atvorini  va  turli  faoliyatlarini  harakatga  keltiruvchi  sabablardir.  Xatti  - 

harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir.  

     E’tiqod - shaxsni o`z qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda 

harakat  qilishga  undovchi  anglanilgan  ehtiyojlar  tizimidir.  Tilaqlar  ham  xatti  - 

harakat  motivlari  bo`lib,  bu  motivlarda  mazkur  vaziyatda  bevosita  bo`lmagan 

yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga 

nisbatan  anglanilmagan  mayllar  orasida  eng ko`p o`rganilgan  masala  ko`rsatma 

berishdir.  Bu  masala  gruzin  psixologi  D.N.  Uznadze  va  uning  xodimlari 

tomonidan  ishlangan.  Ko`rsatma  berish  deganda,  bilish  faoliyati  bilan  bog`liq 




bo`lgan  ehtiyojlarni  ma`lum  usulda  qondirishga  tayyor  turish  tushuniladi. 

Masalan, talabalar o`qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor 

turadilar. 

Shaxs tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan 

biri  bo‘lib,  uni  o‘rganish  fanning  asosiy  fenomeni  sanaladi.  Odamga  ta’sir 

qiluvchi  barcha  tashqi  qo‘zg‘atuvchilar  ijtimoiy  shart-sharoitlarga,  faoliyatning 

ichki  tuzilishi  yig‘indisi  bilan  boyitilishi  evaziga  shaxs  degan  tushuncha  hosil 

bo‘ladi. 




Yüklə 403,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin