Shaxs psixologiyasining dolzarb muammolari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#149749
1   2   3   4   5
Sharipova Kamola G\'aybulla qizi


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1522 
1) Faoliyat sohasi, ya'ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita 
jalb etilgan boTib, bu jarayonda fan katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat 
turi individdan maxsus fazilatlarning, malaka va ko'nikmalarining, bilimlarning borligini 
talab etadiki, ularni qoniqtirish yo'lidagi aktivligi unda o'ziga xos ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 
2) Muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o'smirlik davrlaridagi 
muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy hislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u 
faol hayotiy mavqega ega bo'ladi, jamiyatda o'z o'rnini tasavvur qilishga erishadi. 
3) Oz-o'zini anglash sohasi, ya'ni "MEN" obrazining yil sayin o'zgarib borishi jarayoni 
bo'lib, avval o'zini boshqalardan farqliligini, o'zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr 
yurita olish qobiliyatini anglash, so'ngra oz-o'zini baholash, anglash, nazorat qilish 
xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Shaxs 
sotsializatsiyasi, yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, bola tug'ilishi bilan boshlansa-da, 
sezilarli, samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan, birinchi 
bosqich - mehnat faoliyatigacha boTgan bosqich boTib, unga bolaning maktabgacha yosh 
davri hamda o'qish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning ahamiyati va o'ziga xosligi 
shundaki, bu davrda, asosan, tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta'sirlar faol ravishda ongda 
singdiriladi, mustaqil hayotga tayorgarlik borasida muhim bosqichga o'tiladi. Ikkinchi 
bosqich - mehnat faoliyati davri - bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog'liq bo'lib, 
avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta'sirlarni bevosita faoliyatida, shaxslararo 
munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega boTib, aniq hayot yo'lini tanlagan, 
turmush qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon boTadigan barcha 
ijtimoiy fazilatlar shu davrning maxsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich - mehnat faoliyatidan 
keyingi davr boTib, bunga, asosan, aktiv mehnat faoliyatidan so'ng qarilik gashtini 
surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi 
ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko'ra shaxs strukturasida 
ham xususiy o'zgarishlar ro'y beradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin