часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1520
ijtimoiy ustanovkalariga ta'sir o'tkazishi sodir bo'ladi. Ma'lum bir ijtimoiy muhitda
yashar ekan, shaxs u yerda o'ziga xos o'ringa, obro'ga, rolga ega bo'ladi. Hozirgi zamon
ijtimoiy psixologiyasi sohasida shaxsni o'rganish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar
masalasi, ayniqsa bu boradagi amaliy vazifalar ijtimoiy psixologiya fanining markazida
turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo'nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan,
Amerika va boshqa barcha g'arb davlatlarida shaxsni o'rganishga nisbatan ikki xil ijtimoiy
psixologiya - «Psixologik ijtimoiy psixologiya» va «Sotsiologik ijtimoiy psixologiya» mavjud.
Bu yo'nalishlar bir-biriga o'xshasada, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya'ni
psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat,
shaxsning
ijtimoiy-psixologik
tuzilishi,
shaxsning
kognitiv,
konativ,
xulq-atvor
imkoniyatlarini o'z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruhiv
kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo'lsa,
sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko'pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil
qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik
psixologiya kabilarga alohida urg'u beriladi. Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o'rganishning
o'ziga xosligini tushuntirish va ko'rsatish maqsadida bu sohada ish olib borayotgan barcha
olimlar o'z qarashlarini o'ziga xos tarzda ifodalay olgan. Shulardan biri D.Mayers ijtimoiy
psixologiyada shaxsni o'rganishning o'ziga xosligini tahlil qilish uchun barchaga ma'lum
bo'lgan bir ertakdan foydalanadi. Bu ertak yoqimtoy Zolushka haqidagi ertak bo'lib, unda
quyidagicha mazmun aks ettiriladi:
Taqdir taqozosi bilan Zolushka shahzoda uyushtirgan katta bal (qadimda boy
xonadonlar tomonidan maxsus uyushtiriladigan raqs kechasi) ga tushib qoladi va
shahzodaning e'tiboriga sazovor bo'ladi. Zolushkani qattiq sevib qolgan shahzoda uni izlab
kelib, o'gay onaning xonadonida ko'rganida avvaliga tanimaydi.
Nega?
Bu ertak shaxs va uning atrofidagi muhit munosabatlarini tushunib olish uchun juda
sodda misoldir. Zolushka shahzoda huzuridagi balda go'zal, xushchaqchaq, jozibali
ko'ringan bo'lsa, o'gay ona huzurida butunlay boshqacha ko'rinadi va o'zini boshqacha
tutadi. Balda u o'ziga nisbatan ijobiy munosabatlar doirasida o'zini go'zal va ajoyib qiz
ekanligiga ishonib aloqaga kirishgan bo'lsa, o'gay onasining uyida unga nisbatan salbiy
munosabatlar ta'sirida o'ziga nisbatan past baho berishi natijasida o'zini tortinchoq,
kamgap tutadi.
Fransuz filosofi Jan Pol Sartrning ta'kidlashicha, Zolushka bilan sodir bo'lgan voqeada
hech qanday hayratlanarli narsa yo'q, uning fikricha, biz odamlar «hamisha vaziyatlarga
bog 'liqmiz. Bizni vaziyatlardan ajratib bo 'Imaydi, vaziyatlar shaxs sifatida bizni va bizning
imkoniyatlarimizni shakllantiradi».
Ijtimoiy psixologiya predmetining qabul qilingan ta'rifiga, shuningdek, A.N.Leontiev
tomonidan taklif qilingan shaxsni tushunishga asoslanib, qo'yilgan savolga javobni
shakllantirish mumkin. Ijtimoiy psixologiya shaxsning ijtimoiy shartlanishi masalasini