Senzitivlik (lotincha Sensus – sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi-emotsionallik, ta’sirlanuvchanlikda ifodalanishidir.
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi.
Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlariga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish tezligiga, nutq sur’atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.
Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) nisbatan baho berishdan iboratdir.
Ekstravertlik va introvertlik. SHaxsning faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan kechinmalarga bog‘liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir.[2]
Uchitыvaya ukazannыe svoystva, dadim kratkuyu psixologicheskuyu xarakteristiku osnovnыx klassicheskix tipov temperamenta (po YA. Strelyau).