Sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar tizimi, ilgari aytib o’tganimizdek, shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi asosini tashkil etadi. Ehtiyojlar inson faoliyatining va hulq-atvorining birlamchi, asosidir, ularni yuzaga keltiruvchi kuchdir.
Shaxsning sotsial yo’nalishi va dunyoqarashi sistemasiga programmalar, maqsadlar, ishonch-e’tiqodlar va baholovchi kriteriylar yig’indisi kiritiladi.
Ular shaxsning afzalroq va majburiy fe’l- atvorini belgilaydi.
«vositasi» sifatida qarash mumkin. U bir tomondan shaxsning ehtiyojlari qiziqishlari orientatsiyalari va pozitsiyalari va ikkinchi tomonda uning aktivligi
o’rtasida «ko’prik» sifatida namoyon bo’ladi.
Ijtimoiylashuvning shaxsga xos tizimlari konkret – tarixiy xarakterga ega va shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni mohiyatini ochib beruvchi ijtimoiy munosabatlar tipi va xarakteriga bog’liq.
Deviant fe’l-atvor va uning klassifikatsiyasi.
Deviatsiya (lotincha chetga og’uvchi fe’l-atvor degan ma’noni beradi) ko’pgina hollarda sotsial sanktsiyalarga muhtoj bo’ladi. Deviatsiyaning shunday ko’rinishlari borki, ular odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan
bog’liq bo’lib, jamiyatga jiddiy zarar etkazmaydi.
pozitiv
Deviatsiyaning 2 xil
ko’rinishlari mavjud.
negativ
Negativ deviatsiya sotsial patologiyadir va uning ko’rinishlari konkret shaxsga va butun jamiyatga jiddiy zarar etkazadi.
Pozitiv deviatsiya hollari normalar eskirib, talabga javob bermay qolganda va ulardan og’ish tizimning rivojiga, fe’l-atvorning mavjud konservativ standartlarini o’zgartirishga yordam berishi mumkin
bo’lganda uchraydi.
jinoyatchilik
Deviatsiyaning quyidagi
klassifikatsiyasi mavjud:
alokogolizm
giyohvandlik
suitsid
fohishabozlik.