Sangvinik - juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg'on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma'ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko'p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini aniqlab olish qiyin emas. Juda sezgir bo'lishiga qaramay kuchsiz ta'sirni (qo’zg’atuvchilar) seza olmaydi, serg'ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, intizomli, o'zini tiya biladi, boshqara oladi. Hatti-harakati jo'shqin, nutq surati tez, yangilikni tez payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o'zgaruvchan. Ko'nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko'ngli ochiq, dilkash, muloqotda tez kirishadi. Fantaziyasi yuksak darajada rivojlangan: tashqi ta'sirlarga hozir javob.
Xolerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reaktiv. Ko'pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serg'ayrat, tinimsiz. Sangvinikka qaraganda silliqroq, lekin ko'proq qotib qolgan. Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarida qatiiylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga to'plashda qiynaladi. Nutq surati tez va hakazo.
Flegmatik - senzitivligi sust, his-tuyg'usi kam o'zgaruvchan, shunda ko'ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko'ngilsiz hodisa havf-hatar haqidagi habarga hotirjamlik bilan munosabatda bo'ladi. Vazmin, kam-harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko'zga yaqqol tashlanmaydi, lekin serg'ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat surati sust. Faoliyati kamroq. Diqqatni toplashi osoyishta. Diqqatni ko'chirishi qiiyin. Intravertlashgan, kamgap, ichimdan top, yangilikni qabul qilishi qiyin. Tashqi ta'sirotlarga sustlik bilan javob beradi.
Melanxolik - sentizivligi yuksak, tortinchoq, gayratsiz, arazchan, hafaqon. Jimgina yig'laydi, kam kuladi. Qatiiyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi, diqqat beqaror. His-tuygusi sust o'zgaradi. Rigid, interavertlashgan.
3.I.P.Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi 3 oliy nerv tizimi hossalarini ajratgan; 1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo'zgatuvchilar tasiriga bardoshi, shunga ko'ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo'lishi.
Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo'zgalishning o'zaro mutanosibligi yoki o'zini tuta bilishi bosiqlik kabi sifatlarning namoyon bo'lishi:
Harakatchanlik: yani qo'zgalish va tormozlanish jarayonidagi o'zaro almashinish jarayonning tezligi va harakatchanligi ma'nosida.
I.P.Pavlov kuchsiz tipdagi vazminlik va harakatchanlikni xisobga olmagan chunki bu xususiyatlar kamdan kam xollarda namoyon bo'ladi.
Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari tadqiqotlarda qarab chiqilgan biron-bir xususiyati emas, balki doimo ularning majmui bilan belgilanadi. Ko'p sonli laborotoriya tajribalari ko'rsatadiki, shunday birikmalar orasida ayrimlari boshqalarga qaraganda ko'proq uchraydi yoki ancha yaqqol ko'rinadi. Natijada Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy tiplarini yaratdi.
Nerv jarayonlarining kuchiga bog'liq holda itlar kuchli va kuchsizlarga bo'linadi.
Kuchsiz jonivorlar - bir xil tipni tashkil qiladi, bu tipning vakillarida ikkala nerv jarayonida ayniqsa tormozlanish jarayoni ojiz hisoblanadi, bunday itlar basaronjom bo’lishadi to'xtovsiz angillayveradi yoki bamisoli bir xil holatda turaveradi. Tashqi ta'sirlar xatto ba'zan arzimagan ta'sirlar ham ularga ortiqcha ta'sir ko'rsatadi. Uzoq davom etgan qo'zgatuvchilar ularda nerv sistemasini tez ishdan chikishini keltirib chiqaradi.
Kuchli hayvonilar-muvozanatlashganlik bo'yicha ajratildi. Kuchli muvozanatsizlar-aloxida tipni tashkil etadi. Muvozanatsizlik kuchli itlar o'rtasida bir xil shaklda kuchli qo'zgalish jarayoni bilan muvozanatlashganligi sababli bu hayvonilarda faoliyat juda zo’riqqan, ko'pincha nerv faoliyatida buzilish ro'y beradi. Ko'p hollarda bu urushqoq xaddan tashqari qo'zgaluvchan hayvonilardir. Kuchli muvozanatlilar o'z navbatida nerv jarayonlarining almashinuviga, harakatchanligiga qarab jonli va bosiq tiplarga bo’linadi. Xatti-harakatning tashqi xususiyatiariga qaraboq bu tiplarning vakillari bir-biridan farq qiladi. Bir xillari tez qo'zgaluvchan va harakatchan, boshqalari sust qiyinchilaq bilan qo'zgaladi. Oliy nerv faoliyatning 4 asosiy tipi farqlangan.
Kuchli muvozanatli va tez (jonli)
Kuchli muvozanatsiz (bexalovat)
Kuchli muvozanatli va sekin (osoyishta)
Kuchsiz tip.
Nerv faoliyatning tipi-organizmning tabiiy xususiyatidir. U nasliy jixatdan bog’liq, biron bir darajada o'zgarmas hisoblanmaydi u rivojlanadi va ma'lum darajada atrofdagi sharoitlar ta'siri ostida o'zgaradi. Eksperamentlarda shu narsa aniqlanadiki qo'zgalish ustun turgan kuchli tipda kuchli mashq qilish yo'li bilan tormozlanish jarayonini mustaxkamlash mumkin. Yana shu narsa ma'lumki, nerv jarayoni xususiyatlari yoshga qarab o'zgarishi mumkin. "Biz,-deb yozadi I.P.Pavlov,- itda aniqlangan nerv sistemasi tipini... odamga tatbiq qilishga to’la xaqlimiz". Temperament xususityatlarini yoshlikdan tarbiyalab borishi kerak. Buning uchun bolaning qaysi temperament tipiga taalluqli ekanini aniqlash lozim. Masalan, chaqaloq yig'loq, besaramjon bo'lsa harakatchan tipga, tinch, kam yig'laydigan bo'lsa flegmatik bo'lishi mumkin. Ularni maxsus o'yinlar orqali o'rganish mumkin. Masalan, xonaning 2 tomoniga stol qo'yib, 20 ta kubik va kurakcha qo'yib, kubiklarni kurakchaga taxlab 2 chi stolga ko'chirish taklif qiliinadi. Xolerik tipdagi bola ishni birinchi bo’lib bajaraman deb shoshilib kubiklarni to'kib yuboradi. Melanxonik men buni qila olmayman deydi, flegmatik shoshmasdan sekin bajaradi
Temperament odamga tug'ma ravishda berilsa ham tarbiyaning ta'siri va hayot sharoiti davomida o'zgartirish mumkin. Bunda o'z-o'zini tarbiyalashning ahamiyati kattadir. Tajriba: o'quvchilarga butun dars davomida misollar yechish taklif etildi. Kuchsiz tipdagi o'quvchilar farqli ravishda boshlanglch bosqichda ko'plab misollar yechdilar va tez charchab qolishdi. Kuchli temperamentga egalar esa ishga kirishish uchun bir oz taraddudlandilar, ammo topshiriqni uzoqroq bajaradilar. Sport musobaqalarida ham kuchlilar yaxshiroq natija ko'rsatadilar, kuchsizlari o'zlarini yo'qotib qo'yadilar. Qo'zgaluvchan bolada o'zini tuta bilish malakasini tarbiyalash ma'lum sharoitlarda o'zini to'xtata olishga o'rgatish lozim. Kuchsiz tipdagi o'quvchilarga ko'p harakat qilish faollik ko'rsatish imkonini berish lozim. Darslarda bunday o'quvchilardan tez-tez so'rab turish kerak, ularga faollik va chaqqonlikni talab qiladigan vazifalarni topshirish kerak. Kuchsiz tipdagi bolalar ishchanlik holatlarini kuchli tipdagilarga nisbatan tez yo'qotadilar, shuning uchun ularni charchashlikkacha olib bormaslik kerak, aks holda tormozlanish jarayoni boshlanishi mumkin. Muntazam olib boriladigan mashqlar kuchsiz nerv sistemasini mustaxkamlaydi, ularning ishchanlik qobilyatini oshiradi. Nerv sistemasi kuchsiz kishilar yangi sharoitga qiyin ko'nikadilar, yangiliklardan qochadilar. O'quv yili o'rtasida yangi kelgan o'quvchilarga alohida muomila qilish kerak. O'qituvchilar kuchsiz tipdagi bolalarga hos tormozlanishni bilimi yo'q deb hisoblash noto'g'ridir. Tajribali pedagog o'z o'quvchilarining temperamentidagi individual xususiyatlarni aniqlab oladi va ular bilan qilinadigan ishni tegishli tarzda yo'lga qo'yadi. Tajribali o'qituvchi o'z sinfidagi bolalar haqida shunday deydi: "Bola o'quvchigina emas xar-hil psixik sifatlarning butun bir dunyosi. Sinf o'quvchilari bilan shug'ullana boshlaganda ularni har birini imkoni boricha durustroq bilib olishga harakat qilasan".
43-rasm. Ezilgan shlyapaning turli temperamentdagi kishilarga furlicha ta'sir ko'rsatishi. (Xerlof Bidstrup rasmi)
Temperament tipi tarbiyalash ishini iloji boricha ertaroq boshlash kerak. Bu ish uchun kichik maktab yoshi davri qulayroq. Maktabda to'g'ri yo'lga qo'yilgan ta'lim-tarbiyaviy ishi bolalar temperamentidagi salbiy xususiyatlarni tugatadi. Xoleriklar ancha o'zini tutgan, sangviniklar qunt bilan ishlaydigan, flegmatiklar faolroq, melanxoliklar o'zlariga ishonadigan bo'lib qoladilar. Maktab intizomi, jismoniy tarbiya va boshqa sog'lomlashtirish tadbirlari temperamentning barcha tiplariga foydali ta'sir ko'rsatadi. Temperament ustida ishlash odamga o'z temperamentining quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyatlarini beradigan iroda va mustaxkam xarakterni tarbiyalash bilan uzviy ravishda bog'lanib ketadi.
Mavzu yuzasidan savollar: 1.Temperament nima?
2.Temperament tiplarining tavsifini qanday muhim sifatlar yordamida aniqlash mumkun?
3.Temperamentning 4 tipiga tavsiya bering.
4 Bolaning temperament tipini qanday aniqlash mumkin.
5Ta’lim jarayonida temperament tipi xususiyatlarini xisobga olih mumkinmi?