Shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini. Temperament Reja



Yüklə 83,86 Kb.
səhifə1/5
tarix16.06.2022
ölçüsü83,86 Kb.
#61616
  1   2   3   4   5
2-мавзу


SHaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini.Temperament
Reja :
1 Temperament Temperament haqida tushuncha.
2 Temperament haqidagi ta'limotning qisqacha mazmuni.
3Temperamentga psixologik tavsif va inson faoliyati.
Tayanch so'zlar: Temperament, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik, Gippokrat, muvozanatsiz, muvozanatli, senzilivlik, reaktivlik, reaktivlik, reaksiya tempi, rigidlik ebtraverilik, intravertlik, muvozanatlashganlik.
Shaxsning individual xususiyatlari xaqida gapirilganda uning tug'ma biologik xususisiyatlariga alohida e'tibor beriladi. Atrofdagi kishilarni kuzatganda ular his- tuyg'ularni namoyon qilishida, harakat tezligida farq borligi seziladi. Birovlar tajang harakatchan va quvnoq bo'lsalar ham ularning tuyg'ulari beqaror bo'ladi. Boshqalari yuvosh zararsiz bo'ladilar. Uchinchilari biror narsadan tez ta'sirlanadilar, lekin o'z tuyg'ularini yashiradilar, passiv bo'ladilar. Oliy o’quv yurtigaqabul qilinganini eshitgan bolaning o'zini tutishi yoki hayotning ogir sinovlari paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaksiyalari uning temperamentini hosil qiladi. Bu ikkala vaziyatni biri ogir bosiqlik bilan, boshqasi esa o'zini yo’qotgudek darajada xayojon bilan boshdan kechiradi.
His-tuyg'ularning paydo bo'lish tezligi vakuchida, hamda kishining umumiy harakatchanligida nomoyon bo'ladigan individual-psixologik xususiyatlar majmui temperament (lot. temperamentum-aralashma, qismlar nisbati) deb ataladi. Qadim zamonlarda kishidagi tuyg'ular va harakatlarning xususiyatlari uning tanasidagi suyuqliklarning miqdoriga, ularning nisbatiga bog'liq deb hisoblanar edi. Qadimgi grek vrachi va tabiatshunosi Gippokrat ( er. av.460-356 yillar) taxmin qilganki, bir hil odamlarning organizmida safro ( shole) ko'proq bo'ladi, bunday kishilarni xoleriklar; boshqalarda qon (sanguinis) ko'p bo'ladi, ularni sangviniklar; uchinchi bir kishilarda shilliq narsa phlegma) ayniqsa ko'p , ularni flegmatiklar; to'rtinchi bir kishilarda qora safro ko'p miqdorda bo'lib, ularni melanxoliklar deb ataganlar. Keyinchalik temperamentning badandagi "suvlarning" miqdoriga bog'liqligi xaqidagi fikr rad qilinadi, biroq Gippokratning kishilarni (to'rt guruhga, temperamentning to'rt tipologiyasi xaqidagi fikri ming yillarcha davrni boshidan kechirdi. Bu nomlar hozirgi kunlarimizga qadar saqlanib keldi.

Yüklə 83,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin