Shaxs yo‘nalganligini aniqlash metodikasi



Yüklə 209,14 Kb.
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü209,14 Kb.
#194333
1   2   3   4   5   6   7
10 11 амалий машғулот Шахс йўналганлик

2. Odamlarga yo‘nalganlik - har qanday sharoitda ham odamlar bilan yaqin va iliq muomalada bo‘lishga intilish xususiyati. Bunday kishilar shaxslararo munosabatlarning barcha tomonlariga katta ahamiyat beradilar. Ko‘pincha, ular uchun hayotda eng qadrli narsa - boshqalar bilan munosabatda, hamkorlikda bo‘lish imkoniyatidir. Kuchli darajada odamlarga yo‘nalganlik - doim xushchaqchaq, odamlar nazarida bo‘lish, har tomonlama muloqotda bo‘lish, cheksiz sohalarda aloqada, yaqin munosabatda bo‘lishdir. Bunday kishilar uchun odamlarsiz dunyo mazmunsiz bo‘lib, kundalik hayotda o‘z mehnat yoki o‘qish jamoalari bilan bog‘liq bo‘lishga, iliq hissiy munosabatlarni davom ettirishga kuchli ehtiyoj sezadilar. Kasbiy faoliyatda o‘z kasbdoshlari bilan qalin munosabatda, hamjihat bo‘lishga intilishlarida bu yo‘nalganlik o‘z aksini topadi. Mehnat jamoalarida o‘zaro yordam va ishonch hislariga katta e’tibor berishadi. Bu yo‘nalishdan yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan kishilar ko‘proq odamlar bilan ishlaydigan sohalarni tanlaydilar va shu sohadagi kasblarni yengil o‘zlashtiradilar.
3. Faoliyatga yo‘nalganlik - mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishga qiziqish, topshirilgan vazifani imkon qadar puxta qilib bajarishga intilish xususiyati. Bunday kishi mehnatni tashkil etishning odatdagi usulidan tezda zerikib qoladi va shu sababli, doimiy ravishda ish jarayonini o‘zgartirib, mukammallashtirib borish orzusi bilan yuradi. Vazifani to‘liq va mukammal bajarishga moyillik, javobgarlik hissi, shu bilan birga ishdan, mehnat faoliyatidan zavq olish, mehnatni qadrlash, unga vujudi bilan kirishib ketish, mehnatga e’tiqod va shu sababli o‘z sohasini chuqur va mukammal o‘rganishga moyillik bu yo‘nalishdagi kishilarga xos xislatlardandir. Bunday kishilar ish yuzasidan asosli va chuqur hamkorlik qilishga intiladilar. Odamlar uchun foydali bo‘lgan umumiy maqsadga erishish yo‘lida o‘z fikrlarini ilgari surishga qodir bo‘lib, qat’iy va ma’lum bir kasb doirasida mustaqil va ijodiy fikrlari bilan ajralib turadilar.
Inson motivlari majmuasini, ta’kidlanganidek, uch guruhga taqsimlash nisbatan sodda talqin bo‘lib, o‘zbek milliy muhitida yuqori sinf o‘quvchilarini kasbiy psixologik tashxis etishda dastlabki yondashuvlardan deb qabul qilinishi mumkin. Aynan shu yo‘nalishda ishlab chiqilgan metodikalardan biri bizning diqqatimizni o‘ziga tortdi va ushbu tadqiqot maqsadlariga mos kelganligi sababli, 27 savoldan iborat bo‘lgan shaxs yo‘nalganligini aniqlash psixologik testi rus tilidan o‘zbek tiliga ijodiy tarjima qilindi. Ushbu metodika dastlab chexiyalik mutaxassislar V.Smekal va M.Kuchera tomonidan taklif etilgan bo‘lib, keyinchalik 1967 yilda B.Bass tomonidan rus tilida chop etilgan. Biz esa uning A.F.Kudryashov tahriri ostida 1992 yil nashr etilgan to‘plamda qayta chop etilgan nushasidan foydalandik va milliy muhitga moslashtirdik. Ma’lum tadqiqiy izlanishlardan so‘ng ushbu metodika ko‘p nushada chop etildi.1
Metodika g‘oyasiga binoan, har bir savol uchun 3 tadan javob variantlari (A, B, C tarzida) berilgan bo‘lib, tarjima qilinishda ularning psixologik mazmuniga alohida e’tibor berildi. Savollar shunday tuzilganki, ularning mazmuniga qarab, uchala javob variantlaridan bittasi shaxsning o‘ziga, ya’ni o‘z shaxsiy xislatlariga yo‘nalganligini bildirsa, yana biri jamoatchilikka, odamlar bilan yaqin munosabatlarda bo‘lishga yo‘nalganlikni bildiradi. Uchinchi javob esa, shaxsning faoliyatga, ishga bo‘lgan munosabatini aniqlashga qaratilgan.

Yüklə 209,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin