Shaxs yo‘nalganligini aniqlash metodikasi



Yüklə 209,14 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü209,14 Kb.
#194333
  1   2   3   4   5   6   7
10 11 амалий машғулот Шахс йўналганлик


SHAXS YO‘NALGANLIGINI ANIQLASH METODIKASI
(V.SMEKAL VA M.KUCHERA)
Shaxs psixologiyasida xarakter va yo‘nalganlik muammosi markaziy o‘rinni egallaydi. N.D.Levitov xarakterni “inson shaxsining yo‘nalganligi (ehtiyojlari, motivlari, intilishlari) hamda irodaviy xislatlarida mujassamlashgan psixik tuzilma” sifatida tavsiflaydi. Demak, yo‘nalganlik - xarakterning muhim jihatlaridan biri bo‘lib, odamning o‘ziga va tashqi olamning barcha tomonlariga bo‘lgan tanlovchan munosabatini aks ettiradi va shaxsning faoliyatida yo‘naltiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi (Levitov N.D., 1952).
V.Smekal va M.Kuchera tomonidan ilgari surilgan yondashuvga binoan barcha faoliyat motivlarini uch asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin: o‘ziga, odamlarga, faoliyatga.
1. O‘ziga yo‘nalganlik, ya’ni Oliy nufuzga ega bo‘lish motivlarining ustunlik qilishi, o‘z shaxsining hislatlarini to‘liq idora qilish va tahlil qila olishga intilish. O‘ziga yo‘nalgan kishi ko‘proq o‘z hissiy kechinmalari, fikru xayollari bilan band bo‘lib, atrofdagilar bilan kam qiziqadi, xatti-harakatlarining boshqalar tomonidan tan olinishiga, qadrlanishiga, qo‘llab-quvvatlanishiga ehtiyoj sezadi, tanqidni uzoq eslab yuradi, tanqiddan, odamlarning nazaridan yiroqda yurishni yoqtiradi. Barcha xatti-harakatlarining jamoatchilik tomonidan baholanishiga juda sezgir, hato xatti- harakat qilishdan qo‘rqadi. Kasbiy faoliyatiga kelsak, jamiyatda yuqori baholanadigan kasb sohasini tanlashga va shu sohada o‘z mehnati, kasbga sodiqligi bilan obro‘-e’tibor qozonishga intiladi.
O‘ziga yo‘nalgan kishi agar keng ma’naviyatli, fahm-farosati baland inson bo‘lsa, undan xudbinlik kayfiyatidagi xulq-atvorni kutish qiyin. Bunday kishilar, ko‘pincha, chuqur mulohazalari, o‘tkir zehnli insonlar bo‘lishadi. Obrazli qilib aytganda, “pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa-birovga” degan maqolga qat’iy amal qiladigan, bir oz kamgap ko‘rinsalarda, ichki dunyolarida o‘zlari bilan tinimsiz “gaplashib”, o‘zlarini “tergab” turadigan, sermulohaza kishilardir. Shu jihatdan, bunday xulq-atvor ularni boshqalar, ayniqsa, odamlarga yo‘nalgan kishilar uchun ko‘rimsiz, yopiq yoki “sovuq” basharali qilib ko‘rsatishi mumkin.

Yüklə 209,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin