Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə27/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
xorijmajmua 22-23

Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi.

  • Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish.

  • Ijtimoiylashuv – ijtimoiy pedagogik jarayon.

  • Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari.

    Ijtimоiy pеdagоgika ilmiy bilim sоhasi sifatida. Ijtimоiy pеdagоgika insоn haqidagi fanlar tizimida. Ijtimоiy pеdagоgikani pеdagоgika va sоtsiоlоgiya bilan alоqasi. Bоla va uning ijtimоiylashuvi qоnuniyatlari – ijtimоiy pеdagоgikaning tadqiqоt оb’еkti va prеdmеti. Оila, ta’lim, din va madaniyat – bоlani ijtimоiylashuvining asоsiy institutlari.
    Asosiy tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), sotsium, ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom.
    Ijtimоiy pеdagоgika ilmiy bilim sоhasi sifatida
    Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.
    Ijtimоiy pеdagоgika insоn haqidagi fanlar tizimida “Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
    Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
    Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi.
    Оila, ta’lim, din va madaniyat – bоlani ijtimоiylashuvining asоsiy institutlari Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
    Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
    Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
    Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
    Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
    Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani o‘rganishini aniq obyekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pedagogikani o‘rganish obyekti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogika obyekti bo‘lib ham bola, uni o‘rganish mavzui esa bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.
    Ijtimоiy pеdagоgikaning tadqiqоt оb’еkti va ijtimоiy pеdagоgika rivоjlanishi tariхidan. Ijtimоiy pеdagоgika va ijtimоiy ish. Ijtimоiylashuv – ijtimоiy-pеdagоgik jarayon.
    Asosiy tushunchalar: Ijtimoiy ish, mehribonlik, hayriya.
    Ijtimоiy pеdagоgikaning tadqiqоt оb’еkti va ijtimоiy pеdagоgika rivоjlanishi tariхidan Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatdan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikani fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq.
    Amaliy faoliyat – bu ijtimoiy pedagogning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
    Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani – bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan predmetdir.
    O‘zbekistonda fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi - o‘ziga xos xususiyatga ega.
    Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarini oldinga surganlar.
    Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir etdi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga sig‘inish) o‘z erasining o‘ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda ahloqiy me’yorlar asosi (ahloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto” da “Inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar so‘zlashi va savobli ishlar qilishi lozim” deb yozilgan (xulq-atvor)1[2].
    “Avesto” ning katta qismi bo‘lgan “yasna” larda inson kamolini ko‘rsatuvchi ahloq-odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr, hukta (gukta)-yaxshi so‘z va hvarta (gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman” (“Yasna”, 14), deyiladi.2[3]
    “Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Manna (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda ilohiy qonun ruhidagi yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikr-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi
    Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan ahloqiy me’yorlar (jadval).

    Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy xislatlar qadrlangan. Inson bilimlarga ega bo‘lishi (ya’ni, kasb-hunarga ega bo‘lishi)adolatli bo‘lishi (ya’ni, insoniy bo‘lishi), shunday ahloqiy xislatlarga ega bo‘lishi lozim ediki, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqqa ega, vatanparvar kuchli iroda va boshqalar sohibi bo‘lishi zarur edi


    Quyidagi jadvalda qadimda qadrlangan insoniy xislatlar ifodalangan:

    Pedagogika tarixining ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. Qadim zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning ahloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati, barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar.


    Sharq uyg‘onish davri (IX-XI asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1050), Abu Ali Ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani Ayni go‘daklik chog‘idanoq tarbiyalashni boshlashning zarurati, shuningdek bolaning tarbiyasiga tabiat va atrof-muhitning ta’siri, bolaga kattalar, ayniqsa ota-onaning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Jaloliddin Davoniy (1427-1502), Alisher Navoiy (1441-1501), Xusayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘z traktatlarida inson aqli-tafakkuri, uning qobiliyati, insonning yuqori ahloqiy xislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi ulug‘ alloma, musiqachi, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari yuksak darajada insonparvarliligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda ham yagona eng oliy mavjudod deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas in’om sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi.
    Inson o‘z farzandinigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart – deb yozadi shoir.
    Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning o‘zbek olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919), Munavvar Qori Abdurashidov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abduqodir shakuriy (1875-1943), Xamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin.
    Ijtimоiy pеdagоgika va ijtimоiy ish.
    Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishida XX asr 20-30-yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shokuriy, M.Qori Abdurashidov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensova, N.P.Arxangelskiy, A.Sharafuddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo,ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar aynan ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar, shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar (Almoiy nomidagi, N.G.Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshka muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar).
    Biroq O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalo, yangi ittifoq sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o‘zbek ma’rifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior keng tarqalgandi: “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan quporamiz”.
    Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan barcha pedagogika sohasidagi oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30-yillar oxirida sotsializm g‘alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran ijtimoy muammolar haqida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida, yengil hal etiladigan, “eskilik sarqiti” deb baholandi. Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi.
    1991 yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan, ijtimoiy pedagogikaning ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.
    1997 yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘isida” Qonun (1997 yil) qabul qilinishi bilan ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning samarali yo‘llarini topish, ma’naviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsning fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalar quyildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmoqda. “Ijtimoiy pedagogika” predmeti ham endigina shakllanmoqda.
    Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishini yuritish shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: Ma’naviyat va ma’rifat Markazi, “Oila” markazi, nodavlat hukumatga qarashli bo‘lmagan hayriya jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun”, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi qoshidagi respublika o‘quv-metodik ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi TDPU (mafkura) g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar. Respublikamizda har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlash an’ana tusiga kirgan. Masalan, 2001 yil “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilingandi. Shu munosabat bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan respublika metodik seminarii o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom turmush tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi.
    O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga aylandi. Masalan, 1998 yil “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 “Onalar va bolalar yili”, 2002 yil “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla yili”, 2004 yilni “Mehr va muruvvat yili” deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmoqda. Bugungi kunda ko‘plab empirik va nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning kelgusi rivojlanishi yetarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarini yangi nuqtai nazardan turib, o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo‘llash lozim.
    Chet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmoqda, hozirgi vaqtda esa bu sohada juda ko‘p muhim ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. Shu sababli ham O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi rivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarning tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyos.
    Ijtimоiylashuv – ijtimоiy-pеdagоgik jarayon.
    Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‘p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik va o‘smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qo‘yiladi va quriladi. Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.
    Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladi.
    Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros “katta”), mezo – (mesos “o‘rta”) va mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar.
    Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
    Mezoomillar – etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi (xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
    Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni bola o‘sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.

    Yüklə 240,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin