Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


-MAVZU: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Bolaning sotsiumda rivojlanishi



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə31/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
xorijmajmua 22-23

8-MAVZU: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Bolaning sotsiumda rivojlanishi
REJA:



  1. Ijtimoiylashuv tushunchasi va ijtimoiylashuv jarayoni.

  2. Ijtimoiylashuv vositalari, agentlari, mexanizmlari.

  3. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar.

  4. Mikro, mezo va makro omillar.

  5. SHaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.

  6. Ijtimoiylashuv tushunchasi va ijtimoiylashuv jarayoni.

  7. Ijtimoiylashuv vositalari, agentlari, mexanizmlari.

  8. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar.

  9. Mikro, mezo va makro omillar.

  10. SHaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.

  11. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri.

  12. Sotsium (yaqin muhit) tushunchasi, ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari.

  13. Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta’lim-tarbiya muassasalari, madaniyat, din, mahallaning o‘rni.

  14. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni

Fuqarolar o‘z konstitustiyaviy xuquqlariga, konkret tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy–tarixiy, milliy ma’naviy–madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga tula rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya tizimidan utgan har bir odam–shaxs sifatida shakllanadi.Ijtimoiy vazifalarni bajarish layokatiga ega bo‘lgan, o‘z ining kizikishi, qobiliyatini ijodiy namoish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavkega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir–biriga juda yakin, bu yakinlik vazifasiga kura, mazmuniga kura va ish metodiga ko‘ra yuz beradi, ular xech qachon biri ikkinchisini kesib o‘tmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Milliy istiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobining kirish kismida ta’kidlaganidek, milliy davlatchilikka doimo xavf bo‘lgan, bor va bo‘ladi. Bu xavf–xatarini bartaraf etish uchun ma’naviy–ma’rifiy faoliyatni yangi boskichga kutarish, milliy istiklol g‘oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish: differenstiastiyalashgan psixologik–pedagogik dasturni, yangi darslik va qo‘llanmalarni yaratish zarur. Jamiyat
dunyo hamjamiyatining dinamik o‘zgarishi munosabati bilan o‘kitish, tarbiyalash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini o‘zviy ravishda ko‘shish, ya’ni ma’naviy–mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yulga kuyishda xaqikiy jushkinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ijtimoiy pedagoglar pedagogika universitstlarida etishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan biri-soha ob’ekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan-bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga kaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining ob’ekti ijtimoiylashtirishga maqsad bo‘lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy,psixik tomondan bo‘z ilishga yul kuyiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga maqsaddir. Ijtimoiy pedagog -fakat o‘qituvchi emas, bola qanday ukiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.shuning uchun xaqikiy pedagog fakat o‘z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bulishi muhim ahamiyatga ega. SHaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi
hisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob’ekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga–bo‘yinning o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mO‘shak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruhiy o‘zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi–bu muhim jarayon hisoblanadi. SHaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. SHaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim. Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o‘laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. YAngi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, halqningt ravnaqi yo‘lida og‘ishsmay, e’tiqod bilan xizmat ilish, imonli bo‘lishi, insonni shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Fan faoliyatinipg bir sohasi u yangi ob’ektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. Inson rivojlanishi juda qiyin protsess. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashki va ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi. Tashki faktorlarga: Insoni urab turgan tabbiiy va ijtimoiy muhit kiradi. Bolalarda ma’lum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga karatilgan maqsadli yunaltirilgan faoliyat kiradi. Ichki faktorlar:biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga tasir qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi protsessida turli faoliyatlarga duch keladi: o’yin o’qish, mexnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan mulokotda bo‘ladi ota-onasi, aka ukasi, karindoshlari dustlari va boshqalar bilan. Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan mulokotga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko‘nikmalar xosil bula boshlaydi.Bolaning normal rivojlanishi uchun mulokotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global, ekologik faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib kur, sakov ya’ni nuksonli bolalarning Ko‘payishi kuzatilmoqda .Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat bo‘z ilishini, shizofreniya kon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmokda. Lekin bolani ijtimoiylashtirishda protssssida bularni hammasini hisobga olish kerak ijtimoiyy faktorlarga: Mikro faktorlar makro faktorlar,mezon faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir Bolaga eng yakin bo‘lgan sotsiumlar bular -oila turli xil guruhlar turli xil tugaraklardir. Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga utib yurishi mumkin.U fakatgina bu sotsiumdan o‘ziga mos keladigan kulay sharoitni kidiradi va shu kidirish natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka etishtirib boradi,bu orttirgan malaka salbiy yoki ijobiy bulishi mumkin. Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi.Ijtimoiy maqom tugma,orttirilgan bo‘ladi. Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy xodisa bo‘lib, keyin xulkni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy kismlar-axloqiy ong axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yigindisidir. Tarbiya-shaxsni maqsadga muvofik; takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bulishi bilan vujudga keldi, tarakkiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘z garib bordi. A.Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan shunday degan edi: tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo sadokat, yo falokat masalasidir. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram salloloxu alayxu vasallam afandimiz: «Insonlarning karami dinidadir, muruvvati aklidandir, nasabi axloqdandir, -demishlar». Ma’lumki inson butun umri mobaynida o‘zgarib. rivojlanib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va uspirinlik davridagi usish nixoyatda kuchish kechadi. Bola mana shu ylllar mobaynida ham jismoniy ham ruxiy jihatdan usishi va o‘z garishi tufayli shaxs sifatida kamolga etadi, bunda ular harakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofik ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. SHuning uchun ham L .I.Bojovich odam shaxs bulishi uchun u psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb xis qilmogi o‘z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan fark qilmogi kerak degan edi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam boshqasidan o‘z ini mijozi fe’l- atvori. qobiliyati, aqliy rivojlashga darajasi, ehtiyoj va ko‘rsatishlari bilan fark, qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruxiy xususiyatlari bo‘lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi talim-tarbiya chukkisiga erishtandan sung. inson shaxs sifatida o‘z ini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqtda odam atrof muhitda run berayotgan vokea va xodisalarga nisbatan o‘z nuktai nazarga ham ega bulmogi kerak. Bu ham shaxsni birini ikkinchisidan farklantiradigan belgilardir. SHaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aniqrogi har bir xodamning mexnatga. kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. SHaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni boshklardan ajratib turadi. SHaxs xaqida gapirilganda tabiiy xolatda shunday savol tugiladi. Har qanday odam shaxs bula oladimi SHaxs bulishi uchun nimalar qilish kerakq Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning Sotsial mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun eng avvalo. ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi. Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning Ko‘p yillik izlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga kuyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan murakkabga, kuyidan yuqoriga, eski sifatlardan yaxshi xolatga utish, yangilanish yangining paydo bulishi va eskining ulib borishi, mikdor o‘z garishning sifat o‘z garishga olib keluvchi murakkab harakat jarayoni deb karaydilar. Zero, hayot krnunlarining ko‘rsatishicha ham rivojlanishning asosiy manbai karama-karshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Insonning munosabatlar doirasiga nafakat o‘z ga kishilar bilan alokasi, balki tabiatga, jamiyatga , hayotga, mexnatta bo‘lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining qobiliyatlarini, aklini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u o‘z xaqidagi Vataniga, umuman butun borlikdagi munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar fakat tarbiyaning maxsuli bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiyaning natijasi deb qarash mumkin. SHaxsini rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun avvalo uning xalqiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi urganmok lozim. Buninguchun turli munosabatlar doirasiga kuyib ko‘z atish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulki ma’naviy kiyofasi, insoniy fazilatlar ruyobga chikadi. «Har bir inson, degan edi Farobiy; o‘z tabiati bilan shunday to‘z ilganki. u yashash va yuksak etuklikka erishmok, uchun Ko‘p narsalarga maqsad bo‘ladi, u bir o‘z i bunday narsalarni kulga kirita olmaydi va ularga ega bulish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugiladi. Xu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga etkazib beruvchi va o‘z aro yordamlashuvchi Ko‘p insonlarning birlashuvi orkaligina o‘z tabiati bo‘yicha intilgan etuklikka erishuv mumkin. Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning usish va rivojlanish konuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir. Bolalarga shaxsiy farkni ularning ruxiy xolatining turlicha namoyon bulishini, xulki va qarashlaridagi farkni kaysi omil belgilaydi degan tabiiy savol tutiladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi kaysi, biri etakchi rol o’ynaydi degan savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu; savolga turli tarixiy lavrlarda turlicha yondoshib, javoblar berilgan. Hozirgi kunda ham bu masalaga turli nuktai nazarlar bildirilmokda. Ochikrogi, fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va Sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasiga munozara Ko‘p asrlardan beri davom etib kelmokda. Ko‘p asirlik mazkur munozara zamirila ikki bir-biriga karama qarshi nuktai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy vokealar tarbiyaning muhim omil ekanligini takidlaylilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha odam bolasining rivojlanishi tugma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa usish va tabiiy tugma xususiyatlarning mikdoriy o‘z garishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona adjida avlod-ajdodlaridan tugma utgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chikadi. Bu nuk;tai nazar namoyonlalari tarbiyaning rolini cheklab rivojlanishning inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yo‘nalish deb atatadi. Bu Gtunalishning dastlabki namoyondalari kadimgi yunon olim va faylasuflari Aristotsl, Platon, Sukrot va Demokratlarning pedagogik qarashlarida o‘z aksini topib. ular odamlar azaldan biri ikkinchisi ustidan xukmron bulishga. biri kambakal, biri boy bo‘lib yashashga va bunda itoat etib. bu olloxning irodasi deb sabr-tokat qilishga da’vat etilgan. Takdir. tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan. Rizk-ro‘z ini. umrini ulchab bsrgan. SHu jumladan insonning kelajakda qanday inson bulishi ham ularning nasliy sifatlariga Ko‘p jihatdan boklik, deb kursatganlar. Aytish joizki, xuddi shunga yakin nuktai-nazarni XVI asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» okimi namoendatarining fikrlarida x;am uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar utgan bulsa, fakat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini chegaralab kuyishadi. Inson shaxsi va uning. xulk-atvorning rivojlanishrxa naslning rolini yuksak baholagan yana bir okdm «bixeviorizm» bo‘lib, u XX asr’ning boshlarida keng tarkaldi. Bu okimning ko‘z ga ko‘ringan yirik namoyondalari Eduard Trondayk bixeviorizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulk-atvori mexanik stimullari organizmda bevosita tugdiradigan Ko‘plab kulinadigan mexaniq mashklar bilan mustahkamlanadigan sof tashki reaktsiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari. shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi, guyo odamning «ko‘z i, tishlari va barmoklari kabi aqliy qobiliyati tabiatan berilgandir Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tutma utib boradi va shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pelagogikasining atokdi vaqili D.Dyui va uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb izoxlaydilar. Ular rivojlanishni fakat mikdoriy o‘z garishdan iborat deb kursatadilar. Odam nima bilan tugilgan bulsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashkaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi» - deydi D.Dyui. Darxaqikat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib. tarakkiy etib borishini uta murakkab va karama-qarshi jarayon deb bilali. Uning shaxs sifatida shakllanishida nasl ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham o‘z xoli va o‘z o‘rni bilan muhim rol o’ynaydi. Bu har uchala omilning kaysi biri etakchi ekanligini pedagogika fani asrlar mobaynila avlod-ajdodlarimiz tuplagan tajribalarga suyangan holda ilmiy nuktai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi. SHaxs ma’lum ijimoiy to‘z ilgana maxsuli. Uning mohiyatini ijimoiy muosabatlarning tashil etadi u yashayotgan jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit belgilaydi. shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy ham salbiy ko‘rsatishi mumkin. Zero, odam ota-bobolar tajribasini urganadi, shaxe sifatida rivojlanib boradi, urgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida qo‘llaydilar.. Ana shu yashayotgan sharoit va mexnat qilayotgan sharoit unga bulayotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi aktivlik tufayli shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi, Demak, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘z i o‘rtasidagi murakkab alokd ta’siri ostida ruy beradi, inson ularga aktiv ta’sir etadi va shu yul bilan hayotini o‘z tabatini o‘z gartiradi. Pedagogik va psixologik okimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish bilan birga muhit va tarbiyaning roliga ham yuksak baho berishadi.Zotan shaxsning kamolga etishida irsiyat va biologik omillarning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bolalarga o‘z garmas xususiyatlargina o‘tadi deb tushunmaslik o‘zgaruvchan xususiyatlar ham unutmaslik kerak. Tarixiy tarakkiyot jarayonida odamning anatomik belgilari. o‘z garishlari avloddan-avlodga mustahkamlanib borishi nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Ayni vaqtda, odam bolasiga xos xususiyatlar ham irsiyat bilan o‘tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular insonlar orasida yashashi, aloka qilishi muhim rol uynashini unutmaslik lozim. Agar bolada tugma layokatlar bulsayu, lekin, uni ustirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti bulmas ekan inson bo‘lib tugilishning xojati ham yukdir. Madomiki shunday ekan, demak, bola o‘z layokatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shugullansa, layokat erga ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha, zarur sharoig bulmasa bor qobiliyat ham yuk bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday nuktai nazar inson layokatining namoyon bulishi va koobiliyat sifatida rivojlanishi tula-tukis hayot sharoitiga bog‘liq ekanligini ko’rsatadi. Odam bolasidagi krbiliyat ko‘rtaklarining rivojlanishi. avvalo ijtimoiy muhitga bog‘liq ekan. YAna shu narsani ham aytib utish kerakki. sharoit kulay va nokulay bulishi ham mumkin. Butun jaxonga ma’lum va mashxur o‘rta osiyoning buyuk allomalari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri xandasa, biri muxandis, biri faylasuf bo‘lib tugilmagan, balki, ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti kolaversa oila muhiti ularning mana shunday insonlar bo‘lib etishishlarida asosiy turtki bo‘lgan, ular yashab turgan hayotning ma’nosi, ideal va vokelik, axloqiy xaqikat burch va borlik, axloqiy hayotda ob’ektivlik va sub’ektivlikning o‘z aro munosabati, bilish va kadr qimmat singari axloqiy sifatlarning uta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni etishib chikishida asosiy turtki bo‘ladi. O‘sha davrda insonparvarlik g‘oyalari kadr-qimmati. insoniylik yangi va yuksak boskichga kutarilgan edi. SHuning uchun ham Mirzo Bedil Xaqdi ravishda tarbiyada inson kadr-qimmatining buyukligi xaqida gapirib shunday deydi; - «Xazrati insonnnng xurmat-extiromga sazovor ekanligini tan olmagan har knm mal’undir». Darxaqikat bunday insonlar kadriyatlarimiz daxrsi bulishi inom Buxoriy, Farobiy, Axmad YAssaviy, YUsuf Xos xojib, Sufi Olloyor, Abu Rayxon Beruniy, Abu ali ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy Sxeroziy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur. Mirzo Ulugbek, Mirzo Bedil, Axmad Donish va boshqa Ko‘pgina mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat xaqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish va ularning didaktik qarashlarini pedagogika fanining rivolanishida metodik asos qilib olish bugungi kun talabidagi yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Individning sotsiumga kirishii murakkab jarayon hisoblanadi.. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan kardiyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘z ini faol karor toptirishini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuvning samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga tula – tukis kushilganligini) bildiruvchi eng muhim kursatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik–shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda katnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjuldigidir. Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir kursata olmas, ularni o‘z gartirish yulida ijtimoiy faollik kursata olmas edi. Bu xol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intelektual qobiliyatlariga bog‘liq bulmasliligiga bog‘liq bulmasliligiga olib borar edi. Binobarin, shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o‘z gartirish imkoniyatlari xaqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Individning sotsiumga kirishishi iborat murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan kardiyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o‘z lashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, - shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘z ini faol karor toptirishini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga tula–tukis kushilganligini) bildiruvchi eng muhim kursatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik–shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda katnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjuldigidir. Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir kursata olmas, ularni o‘z gartirish yulida ijtimoiy faollik kursata olmas edi. Bu xol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoni Ko‘pincha uning real istaklari va intelektual qobiliyatlariga bog‘liq bulmasliligiga bog‘liq bulmasliligiga olib borar edi. Binobarin, shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy jarayonlar hamda u larni o‘zgartirish imkoniyatlari xaqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Jamiyat hayoti markazlashtirilgan bir sharoitda shaxsning ijtimoiy harakatchanligi ham, ya’ni jamiyatdagi o‘z mavkeini istaklari va qobiliyatlariga muvofik o‘z gartirish imkoniyati juda kam edi. Odamning hayotdagi o‘z o‘rni xaqidagi tasavvuri bilan real mavkei o‘rtasida fark bo‘lgan bir sharoitda ijtimoiy maqomni shaxsiy talablar, qobiliyatlar va kadriyat yunalishlariga muvofik o‘z gartirish mumkin emas edi.O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.Ijtimoiy pedagogika faning tarak,kiyot boskichlari.Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin x,am mavjud bo‘lgan.Fakat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya faning ilk ko‘rtaklari Evropa va Osiyoda yozilgan .Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan,al-batta fan bo‘lib emas. Hozirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiri-tilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya faning integrastiyun tarmogi sifatida. Har bir fan anq bir xaqiqatdan “o‘sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan o‘z ilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ldai. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat- bu ijtimoiy pedago‘gikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir. Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati argibot va tashqilot ishlarining kulamini kengaytiradi, usayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish ehtiyojini kondirish, ularning faoliyatida uchraydigan xodisalarni, mexnatini, turmushini, bush vaqtini chukur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani-bu umum ta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega- fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar markaziy osiyo xududida jaxon dinlari orasida eng qadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta tasir qildi, yani insonni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Zardushtilar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga sig‘inish) o‘z erasining o‘ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushti dinda axloqiy meyorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da-inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va sabli ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulq atvor)1.“Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ YAsna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq–odob mezoni anashu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) –yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon shavkat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson firi, so‘zlari va ishlariga ikki qaramaqarshi kuch: Voxu Mana (“Ezgu fijr”) va Apo Mana (“YOvo‘z fikr”) tasr ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovo‘z lik yotadi. YAxshi fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mehribon bo‘lish, maqsadlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuinilgan. Inson o‘z fikri xayolida boshqalarga xasad qilmasligi lozim. YAxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jihatlarga berilmaydi. CHunki bunday xolatda inson yaxshi niyatni yo’qotadi, burch va adolat xaqida unitadi va nojo‘ya haraktalar qiladi.Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. qadimgi zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. SHarq uy g‘onish davri (9 –11asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873 –1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik chog‘idanoq tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga tabiat atrof muhitningtasiri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida etibor bilan qarab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), Xusayn Boiz Koshifiy (1440 –1505) o‘z asarlarida inson aqli tafakkuri, uning qobilyati, insonning alohida axloqiy xislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. SHu jumladan, o‘zbek tilini asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudod deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz, marifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati etakchilari, 20 asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxo‘ja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar qori Abdurashidov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir SHakuriy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi 20 asr 20-30 yillari alohida o‘rin to‘tadi. Bu davrda A.Avloniy, A.SHakuriy, M.+ori Abdurashidov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensov, N.P.Arxongeliskiy, O,SHarofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, YAni bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashqil etgan maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi X.G.CHernishevskiy nomodagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar. Biroq O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalgi yangi ittifoq sovet pedagogikasi va osha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida O‘zbek marifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior tarqalagandi “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan qo‘poramiz”.
Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan pedagogika sohasidagi oktyabr to‘ntarilishigacha bo‘lgan asarlarni unitish talab etildi. 30 yillar oxirida sotsializm g‘alaba qilganligi e’lon qilindi. SHu vaqtdan boshlab ijtimoiy muammolar xaqida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida engil hal etiladigan, “esqilik sarqiti”deb baholandi. Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi. 1991-yil O‘zbekiston Respublikasi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. 1997-yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida qonun” 91997yil) qabul qilinishi bilan manabiy-axloqiy tarbiyaning samarali yo‘llarini topish, manaviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqoro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo’llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalari qo‘yildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmoqda. Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: “Ma’naviyat va marifat markazi”, “Oila” markazi, nodavlat xukumatga qarashli bo‘lmagan xayriya jamg‘armasi “Sog‘lom avlod uchun” O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi qoshidagi TDPU (mavkura) g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar Respub-likamizning har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlashi anana tusiga kirgan. Masalan: 2001 yil–“Onalar va bolalar” yili deb e’lon qilingandi. SHu munosabati bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan Respublika metogik seminari o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom avlod tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shaqillantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi.O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘shlash an’anaga aylandi. Masalan; 1998 “oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 “onalar va bolalar yili”m, 2002 “qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla”, 2004 Mexr va Muruvat yili deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo’llari izlanmoqda. Bugungu kunda ko‘plab empirik nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikani kelgusi rivojlanishi etarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarni yangi nuqtai nazardan turib o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo‘llash lozim. CHet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmoqda, hozirgi vaqtda bu soxoda juda ko‘p ilmiy saloxiyatli bilimlar jamlangan. SHu sababali ham O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi pivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarni tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyos.2.CHet el ijtimoiy pedagogikasining rivojlanish tarixidan. Ijtimoiy pedagogika Pedagogika fanidan ajralib chiqqaniga deyarli ko‘p vaqt bo‘lgan emas. Biroq pedagogika faning o‘zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina 17 asrdan boshlab shaqillangan. Bu buyuk chex pedagogi (1592-1670) YAn Amos Komenskiy nami va uning “Buyuk didaktika” asari bilan bog‘liq. Bu asrda pedagogikaning tadqiqot predmetiva prinsiplari belgilab berilgan. SHu bilan birga pedagogika tarixning ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Ilgari ta’kidlab o‘tganimizdek, pedagogika o‘z oq asrlardan buyon falsafa fani doirasida rivojlanib keldi. SHu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida u bilan rivojlangan. SHu sababli ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z tadqiqot ishlarini pedagogik tarixi, falsafa va barcha davrlar va halqlar o‘tmish allomalarining pedagogik qarashlari bilan bog‘lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish davrlariga va shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni bir qator bosqichlarga bo‘lish mumkin deb o‘ylaymiz: Ijtimoiy pedagogikani rivojlanishini quyidagi 3 bosqichga bulish mumkin.Birinchisi–boshlangich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya amaliyotini tushunib etish. Pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakkurning shakllanishi bilan bog‘liq. Bu davrda tarbiya ijtimoiy vokelik sifatida tiklana boradi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan anglangan faoliyatga aylandi, tarbiyaning turli nazariyalari vujudga keldi. Antik davrlardayok ijtimoiy – pedagogik g‘oyaning tamal toshi kuyilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi. Tarbiyani yoshlikdan boshlash, bunda bolaning tabiatni, atrof – muhit ta’sirini hisobga olish, kattalar, eng avvalo, ota – onalar nufo‘ziga suyanish lozim.Ikkinchi bosqich, XVII – XIX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogikaning g‘oyalari va ilmiy konsepsiyalarini rivojlantirish, fan sifatida tiklanish davri bo‘lgan edi.
G’arbda uyg‘onish davrida esa bola tarbiyasida insoniylik g‘oyalarini ilgari surish rivojlana bordi. Bu davrda italyan pedagogi, insonparvari Vitarrino Da-Feltre (1378 –1446) “quvonch uyi” deb nomlangan birinchi maktab-internati tashqil etgan olimning fikrlarini kiritish mumkin. 2– 7–19 –asrlar. Ijtimoiy pedagogika fanini fan sifatida vujudga kelishi va fan rivojidagi ilg‘or g‘oyalar bilan harakterlanadi. 18 va 19 – asrlar jaxon madaniyati tarixidan burjuademok-ratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan. Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixologlar) ijtimoiy pedagogik muammolar echimini izladilar. Ular jamiyat va davlat bilan hamkorlikda bu muammolar echilishini izladilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashqil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi. Bu davrlar ijtimiy-pedagogik g‘oyalarda barcha insonlar teng xuquqli, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi xaqidagi fikrlar ko‘tarilgan. Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy-ijtimoiy pedagogika bilan o‘z viy aloqada rivojlanadi. O‘sh davr etuk pedagogiklari bolalarni turli muammoga bag‘ishlab, etim qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog‘chalar, maktab va boshqa muassasalar tashqil eftdilar. Bugun 19 asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzoq davom etadi. SHu bilan birga uning rivojlanishiga falsafa va pedagogikadan tashqari psixologiya, Sotsiologiyam, antropotologiya (insonni kelib chiqishi va rivojlanishi xaqidagi fan), tibbiyot va boshqa fanlar katta tasir ko‘rsatdi. Lekin ijtimoiy pedagogikadan ajralib chiqishi jarayoni bilan birga boshqa jarayon ham uning integratsiya jarayoni (lotincha inteeger-yaxlit) yani boshqa fanlar bilan birlashishi davom etadi. 19 asr oxirida ijtimoiy pedagogika-pedagogik fanining mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chiqdi. Bu xodisa A.Distervarg, Ravul Notoro va boshqalarning nomalari bila bog‘liq. Uchinchi bosqich-20 asrning boshidagi ijtinoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni tekis yoki oson davr deb aytib bo‘lmaydi. Hozirgi kungacha turli davr olimlari ijtimoiy pedagogika boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday o‘rin tutishi xaqida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va boshqalar. Ko‘pchilik davlatlarda “pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” umuman ishlatilmay-di. Masalan: A+SHdagi o‘quv yurtlarida pedagogika o‘rniga talabalar “ta’lim falsafasi”ni o‘rganadilar, odamlarga amaliy yo’naltirish sohasi ijtimoiy ishga taluqli, biroq, ijtimoiy xizmatlar orasida aynan turli muammolari mavjud boshqalarga yotdam ko‘rsatishga xizmat qiladigan mutaxasislar bo‘lsa ham. Belgiyada “ortopedagogika” terminidan foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va ijtimoi pedagogika tushunchalariga yaqin. Rossiyada ijtimoiy [pedagogika rivojlanishi-fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham va o‘quv fani sifatida-o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fanga ajralib chiqishida shart-shoroitlarni 19 asrning K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy kabi mashxur pedagoglari va boshqalar asarlarida topish mumkin. 19 asrning 20-30 yillarida A.S.Makarenko, S.T.SHatskiy kabi pedagogiklar faoliyatlarida etuk bo‘lib qolgan bolalalrga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishga qaratilgan edi. Lekin 30-yillardan keyin Sotsializim g‘alaba qozongani e’lon qilingandan keyin hamma ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Ularni o‘timish qoldiqlari deb atab ular xaqida gapirmaslikka harakat qilindi. 20 asrning 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishining yangi davri boshlandi. Ular bu yillarda “YUqoridan” imperativ (lotincha imperativus) farmon, yani etirozlarni qabul qilmaydigan, tanqidga yo’l qo‘yilmaydigani qo‘yildi. Bu ijtimoiy psixolagiyaning ilmiy va amaliy sohalari bilan bir vaqtda bir-biridan ajralgan holda rivojlanishiga olib keldi. Amaliyot fanga tayana olmadi, chunki fan ham amalda yo’q edi, fan xaqida xech narsani bilib bo‘lmas edi, chunki amaliy faoliyat endigina shaqillanar edi. Bu ijtimoiy pedagogikaning oquv fani sifatida tashqil topishida ham tasirini ko‘rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ldi. Faning va amaliyotning tashkil topganligi “ijtimoiy pedagogika” fanida bugungi kunda hamko‘plab hal qilinmagan, tortishuvlar masalalari bor. Bu obektiv xolatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar shug‘ullana boshladilar. Rossiya ta’lim akademiyasi ijtimoiy pedagogika markazi, ijtimoiy ta’lim Akademiyasi Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Ekaterinaburg va boshqa shaharlar pedagogik Univerisitetlarda “ijtimoiy pedagogika” fakultetlari tashqil etildi. V.G.Bocharova, M.A.Galagizova, A.V.Mudrik kabi va boshqa olilar ijtimoiy pedagogika bo‘yicha nazariy tadqiqotlar boradilar. Ijtimoiy pedagogika bilan bir vaqtda 20 asr 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy ishlar instituti kritildi. Ijtimoiy ishlarning vazifasi aholining ijtimoiy himoyalangan qismiga yordam ko‘rsatish bo‘ldi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir biriga juda yaqin. Birnchi navbatda ularning madaniy tarixiy ananalari, alohida g‘omxo‘rlik va etiborini talab qiluvchi odamlarga munosabatlari ularning birlashtiradi. “Mehribonlik”, “Xayriya”, “YOrdam ko‘rsatish” va boshqa tushunchalar ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda keng foydalanish bejiz emas. Ammo ular yaqqol ifoda etuvchi o‘ziga xo sligi va farqlarga ega. Ularning umumiyliklari va o‘ziga xosliklari nimalardan iborat Birinchi navbatda bu ularning obektiv yoki adresatiga taalluqlidur. Ijtimoiy ishchi ko‘z oldida inson bo‘ladi, lekin har qanday emas faqatgina insonga muvofaqqityatligi bo‘lishi, farovonligi jamiyatnining xaqiqiy azosi, tekis hayot kechirishida muammolari bo‘lgan inson bo‘ldi. Insoning hayoti davomida yuziga keladigan muammolar har bir odamda uchraydi. Ular psixologik, tibbiy, xuquqiy, moddiy va boshqa xususiyatli bo‘lishi mumkin. Ular insonga bogliq bo‘lmagan tashqi omillar (ekologik, ijtimoiy texnogen, millatlararo va boshqa katalizatorlar) yoki ichki shaxslar aro (jismoniy yoki psixik rivojlanishida sog‘ligi yaxshi emasligi) bilan bo‘g‘liq mumkin. SHunday qilib ijtimoiy ishlar obekti ichtimoiy hayot davomida yordamga maqsad bo‘lgan inson hisoblanadi deb aytishimiz mumkin, yani inson yoshidan qatiy nazar ijtimoiy obektivdir. Ijtimoiy pedagogika esa uning ijtimoiylashishi – individning ijtimoiy subektiga aylanishi jarayonida yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan bola bilan shug‘ullanadi, yani bola shakllanayotgan, rivojlanayotgan shaxs. Bu obektivlarni taqqoslash ana shuv ikki fanni nimalar yaqinlashtirishini (ijtimoiy hayot davomida yordam ko‘rsatish) va obektni farq qilishini (katta odam va bola) yaqqol ko‘rsatadi. Bu nuqtaiy nazardan ijtimoiy ishlarda yordam ko‘rsatilayotgan odamni odatda ssssssa deb atashlari ijtimoiy pedagogika esa odatda bola so‘zi ishlatilishi ham tasdiqlashi mumkin. SHunday qilib, turli mamlakatlarda tarixiy va madaniy ananalari jamiyatning rivojlanish darajasiga, pedagogika va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga qarab terminalogiyalarida birlashtiruvchi narsalar ham bor. Umumiyligi shundan iboratki, har qanday jamiyat ham “doimiy muammolarni” bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi va ta’limim, ayniqsa ruxiy kamchiliklari va defekti bo‘lgan bolalarning muammolarini har doim hal etib kelgan, hal etmoqda va hal etadi. Ijtimoiy pedagogika va 1-navbatda nemis fani pedagogikasi rivojlanishi tarixi katta xissa qo‘shgan, shining uchun Germaniyada ijtimoiy pedegokikaning rivojlanish tarixini ko‘rib chiqamiz, uning 100 yildan oshiqroqdir. Ijtmoiy pedagogika” termini 1844-yili K. Mager tomonidan tarbiya xaqidagi ochiq ilmiy munozaragaa kiritilgan va keyinchalik A.Disterverk tomonidan tarqatilgan. Ana shu tushuncha paydo bo‘lgan patdan to hozirgi kungacha nemis adabiyotlarida uni 2 turlicha talqini mavjuddir.Birinchi talqin (K. Mager) – Ijtimoiy pedagogika tarbiyasining ijtimoiy tomoni bilan bir umumiylikka ega. Ikkinchi talqini (A. Disterverg) – Ijtimoiy pedagogika ma’lum ijtimoiy sharoit , vaziatlarda pedagogiki yordam sifatida ishtirok etadi. Birinchi yo‘nalish vaqillari. K. Mager , XX asrda P. Natorn (20-yillar) , E. Borneshann, F. SHliper (60-yillar), D. Legeler (80-yillar) va boshqalar bo‘lgan. Paol Natorn (1854- 1924) ijtimoiy pedagogikani umumiy pedagogikaning bir qismi, aspekti sifatida qaraydi. P.Natorn ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifasini ko‘rsatadi:
Birinchi bolaning jinsiy hayoti bilan bog‘liq, uning hayotida, davrasida va atrofidagi yaqin odamlari bilan aloqada rivojlanadi.
Ikkinchi idorasi bilan bog‘liq, u maktabda shaqillanadi va bilim berishni amalga oshirilishi bilan bog‘liq, shu bilan birga bolada imotsional ijtimoiy va matorli (harakatlanishi) qobilyatlari rivojlanadi. Uchinchi-aqil-umumiylikda ochib beriladi. P.Natorn ijtimoiy pedagogikaning hamma yoshdagi odamlar uchun pedagogika deb hisoblasak, uning vazifasi-yoshlarda birdamlik va jamoatchilik asoslarni tarbiyalash hisoblanadi. P.Natorn fikrini davom ettirib, bu yo‘nalishning vakillari ijtimoiy pedagogikani integrativ (birlashtiruvchi) fan sifatida qaraydilar. SHu mazmunda E.Borneshanning talqin qilishi etiborga loyiq. U ijtimoiy pedagogikani davomi pedagogikasini iqtisodiy pedagogikani va boshqalarni birlashtiruvchi fan sifatida qaraydi. Uning vazifalari ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy jamiyatda indigdual mustaqillikka yordam ko‘rsatish. Jamiyatning madaniyati va insonparvarlik rivojlanishi xaqida qayg‘urishdan iborat. Ozining qo‘shiluvchanligi sababli ijtimoiy pedagogika tarbiyaning hamma sohalariga kirib boradi, yani u pedagogikaning prinsiplaridan biri sifatida ishtirok etadi. SHunday qilib, anna shu talqinga binoan ijtimoiy pedagogika tarbiyaning prinsipi sifatida ishtirok etadi.
Ikkinchi yondoshish A.Distervarg (40-50 yillar, 19 asr), G.Nol, G.Boymer (XX asr, 20-30 yillar), K.Molengauer (50 yillar) va boshqalar asarlarida aks ettirilgan. A.Disterverg boshlab bu yo’nalish vaqillari ishchi sinfning ijtimoiy himoyalanmaganligi, xalq ta’limi kabi o‘z davrining ijtimoiy masalalariga javob topishga harakat qildilar. Geman Nol (1879-1960) ijtimoiy pedagogikaning vazifasi agarda oila va maktab biror bir sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda zarur bo‘ldigan shoshilinch tez yordam ko‘rsatishdan iborat deb hisoblaydi. G.Nolinning fikricha, P.Natorinnikidan ancha ishonchli aniq va amliy ko‘rinadi. Uning g‘oyalari 1992 yil qabul qilingan yoshlarning 24 xayriya ko‘rsatish faoliyatlari xaqidagi qonunda o‘z aksini topdi-bu yoshlarni maktabdan tashqari boshqaradigan Germaniyadagi birinchi davlat xujjati edi. SHu davrdan boshlab ijtimoiy pedagogika amalda «shoshilinch ijtimoiy pedagogikasi» bo‘lib qoldi, u yoshlarni tarbiyalashda oilada va maktabda mavjud bo‘lgan kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan. Gertruda Boymer birinchi yo‘nalish tarafdorlaridan farqli ravishda ijtimoiy pedagogika pedagogikaning prinsipi emas, balki tashqiliy qismi deb hisoblagan. Oilada va maktabda tarbiyaga taalluqli bo‘lmagan hamma narsa ijtimoiy perdagogikaning muammosidemaktir deb hisoblaydi u. K. Mo-lengauer boshpanasizlik xaqidagi tushunchani rivojlantiradi. Agarda alohida ijtimoiy institutlar bolaning bu muammosini hal etib berolmas ekan, deb hisoblaydi u, unda tarbiyaning yangi yo’nalishini yaratish zarurligi yuzaga keladi-yani davlat yordami deydi u. SHu builan birga ijtimoiy pedagogika madaniy mazmunni etkazish bilan emas, balki o‘sib kelayotgan avlodning rivojlanishi va jamiyatga qo‘shilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etish bilan shug‘ullanishimiz kerak deb hisoblaydi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari to‘la ishab chiqilgan bo‘lsa ham ammo bu hali hamma muammolar o‘rganib bo‘lmagan deb hisoblaydilar. Ijtimoiy nazariyasining umumiy ko‘rinishi hali ham noaniqcha qolib kelmoqda deb hisoblaydilar hozirga davr nemis olimlari. Ular bundan keyin ham shundayligicha qoladi, chunki aralash fanlarning (psixolag‘oya, Sotsiologoia, ijtimoiy ishlar va boshqalar) ijtimoiy pedagogika nazariyasini to‘la tasvirlab berish imkonini bermay kelyapti. Bu xolat har qanday fanning rivojlanish jarayoni uchun tabiiydir. Boshqa tomondan esa u ijtimoiy pedagogika nazariy munozaralar maydoni XXI asrda ancha kengaydi deganini bildiradi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bilan birga Germaniyada ijtimoiy pedagogika fani sohasida mutaxasislik professional faoliyat sohasi ham faol rivojlandi (yani ijtimoiy pedagogika). 1908 yildan boshlab maxsus pedagogalrni tayyorlash boshlandi, XX asrning 70-yillari boshlariga kelib Germaniya univerisitetlarida oliy malumotli pedagogikalarni tayyorlash boshlandi. SHuni aytish kerakki Germaniyada ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda XX asr davomoda bilim va amliy faoliyat mustaqil sohasi sifatida ijtimoiy ishlar ham faol rivojlanib keldi. Ammo ijtimoiy pedagogikal va ijtimoiy ishlarda professional faoliyatda umumiylik mavjud. SHuning uchun Germaniyada ular yagona standar bilan boshqariladi. Bu stndartda bu mutaxasislarni nomlari sinonimlar orqali defiz orqali yoziladi: ijtimoiy ishchi-ijtimoiy pedagogik. Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu xolatda biz oilaviy pedagogika ob’ekti bo‘lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida muloxoza yuritamiz. Tarbiyalash diniy idoralar orkali amalga oshadi. Bunda konfessional pedagogika tadkik bo‘lgan diniy konfessional tarbiyaga duch kelamiz. Taryaiblash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadida etilgan tashqilotlar orkali yuzaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot ob’ekti bo‘lgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni xususida fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy jarayonning tarkibiy kismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan borlsh: alohida urganadi ya’ni, planeta, mamlakat maktablarpdg, inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta’sir tarbiyasida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan mulokot o‘rnini kurib chikadi. Pedagogika ushbu tarbiya muassasalarida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uslubiyati va nazariyasi sifatida yuzaga keldi va rivojlandi. XIIIasr oxirlarida o‘smir va yigitlarni tarbiyalash ham pedagogika ob’ektiga aylandi. XIX asrning ikkinchi yarmida pedagogika tizimida ijtimoiy tarbiya doirasi kengaya bordi. Birinchidan uning tarkibiga yoshlarning va katta yosh tarkibi guruhlari tarbiya kira boshlaydi, ikkinchidan tizimga kirmagan yoki normalarini bo‘z ib namoyon qiluvchi yosh kategoriyalari kayta tarbiyalash va addaptatsiya qilish jarayonini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaga harakterli bo‘lgan muammoga izlanish bizda, xuddi chet el kabi yillarda yuzaga keldi. Bu ta’lim tizimini to‘tishiga bog‘liq. holda namoyon buldi. Bizda bu kizikish muammoga bog‘liq, metodik tavsiyalarni yuzaga kelishida ko‘z atiladi. CHet elda ijtimoiy pedagogikani nazariy muammolarini ishlab chikish. 50—60 yillarda Germaniyada yuzaga keldi, lekin Evropa, Germaniya va AKSHda XIX asrdan boshlab Davlat institutlari tomonidan tashqil etilgan, ijtimoiy faoliyat termini ostidagi faoliyat tarkala bordi. Uning mazmuni oila xalqning tubi guruhlariga yordam, maktab ukuv-tarbiya muassasalarining tarbiyaviy kuchi integratsiyasidan iborat. SHuningdek ijtimoiy tarbiya amalga oshadigan sharoiti, uning mazmuni, metodikasi mohiyati yoritiladi. Bu o‘quv kursi insonlarni ijtimoiy tarbiyalash ijtimoiylashtirish muammosini tavsifi bilan tugatiladi.
1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari.Fan bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar-mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shaqillaridan biri. Har qanday fan rivojlanish jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va kayta xosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundadektad «asliy» deb atalmish tushunchalarni birlashtiradi. Bu tushunchalar dan mazkur fanda ishlatiladigan karatilgan tushunchalar xosil bo‘ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada farklanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohadar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kirdi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topali. Ijtimoiy pedagogika mezonlarini kurib chikishda avvallambor biz pedagogika mezonlarini ajiratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘z lashtirganini, kaysi mezonlar asil o‘ziniki ekanligini kurib chikamiz. Sung u boshqa fanlardan nimani o‘z lashtirganini na qaysi tushunchalar o‘z iniqiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyhalashtiramiz. Malumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘z lashtiradi va ulardan keng foydalaniladi, masalan «shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sattsializattsiya» (ijtimoilashuv), «jamiyat». Uning asil mezonlari «ta’lim», «tarbiya» va «o’qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek umum kabul kdlingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogika asd mezonlariga «ijtimoiy pedagogik faoliyat», «ijtimoiy ta’lim» va «ijtimoiy tarbiya» kiradi. 2 Ijtimoiy pedagogika prinsplari.«Prinsip» so‘z i lotincha «rshklrgit» so‘zidan xosil bo‘lgan «asos», «boshlanish» ni bildirali. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan kridalardan kelib chikaligan o‘z Prinsiplari mavjud. FanlarPrinsip va kridalar bizga bog‘liq bo’lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chikish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat be fonda balki ham zararli bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajiralib chikdi, tabiiyki o‘z asosida shu fan Prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi Prinsiplar shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yunalishini bsradi va aniq pedagogik vazifalar hal etish uchu nasos bo‘lib xizmat qiladi. Birok, shu fan rivojlanishining har birdavri uchun pedagogika Prinsiplari xaqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundam mustasno emas. Har kim olimlar u yoki bu Prinsiplarni olga suradi yoki yangicha ma’lumotlarni izoxlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada Ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmokda,ammo uning dunyoviy balogat yoshiga (100 yteldan ortik) karamay O‘z bekistonda bu fan endi o‘z ining birinchi kadamlarini kuymokda. Biz 3 ta Prinsipni Ko‘plab chikamiz tarbiyaning tabiyatga uygun bulishi to‘g‘risidagi Prinsip, tarbiyaning madaniy uygun bulishi Prinsipi va gumanizim Prinsipi. SHu Prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘z ining talkiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega.A). Tarbiyaning tabiyatga uygun bulishi Prinsipi.Tarbiyaning tabiyagga uygun bulishi- ijtimoiy pedagogika Prinsipi, shunga kura ijtimoiy pedagok o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabbiy holda rivojtanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan pedagogi YAn Amos Kamenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida tariflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir kismi va u tabiyatning bir kismi sifatida uning eng asosiy, umumiy krnunlariga buy sunadi, deb hisoblanadi. Kamenskiyning fikricha, tabiatning bu konunlari usimliklar va xayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nnsbatan ham o‘z tasirini ukazib turadi. Kamenskiy nafakat tabiyatning uslubiy konunlariga. Bola shaxsi psihalogiyasiga ham tayanadi. U bollar uspirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va kuradi. Kamenskindan ancha ilgari shark; uygonish davri buyuk olimi entsiklopediyachisi va mutafakkiri Abu Ali Ibin Sino (980-1037) o‘z asarlarila tarbiyaning tabiyatta uytun bulish xaqida gapirgan edi. Masalan «uy ro‘z gor tutish» xaqidagi asarida Ibin Sino yozgan ediki, inson aqilli mavjudod shuning uchun tabiyatda alohida o‘rin to‘tadi va uning konunlariga kura rivojlanadi. «YOlgon xislatlarni kayta tarbiyalash» asarida esa Ibin sino yozadiki, kimki axloqsiz insonni tarbiyalomogchi bulsa unda u uni har tamonlama krganishi insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiyat bilan uigun bulishi Prinsipi Ko‘pkina buyuk pedagoklar tomonidan o‘z pedgogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari kurish asosi sifatida olingan edi. Masatan, Fransua falsafachisi Jan Jak Russo xisoplagan Ediki, bola tarbiyasi tabiyat bilan uygun ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozadiki, «bolalar kata bulishidan ilgari bola bulishi kerak». Sxettsar pedagogi Iyagon Genrix Pestalotstsi etim va karovso‘z bolalar uchun muassasalar va bolalar o’yini yaratgan, u hisobladiki, tabiyat maqsadi-inson tabii kuchlari va ko biliyatlarini rifojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uygun bulishi lozim. Nemis olimi pedagogi Adolf Distervich ham I.G.Pestalotti ketidan bu niniipni eng muhim tarbiya printsiii leb hisoblagan. O‘z ishlarida yozgan Ediki, talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozim. Tarbiya bilan uygun bulishi Rus klassik pedagogiklari ishlarila ham o‘z aksini topgan. Ushinskiy o‘z ining asosiy «inson tarbiyastshing mavzusi sifatida» degan psihalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiy Prinsiplari va kryidalarini bilish, balki inson tabiyati asosiy konunlarini bilishi ularni har bir aniq bola uchun har bir aniq. holda tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fizyalogiya gigiena va psigalogiya (dikkat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini urganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so‘z lash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani urganishga ugish mumknn. SHark, uygonish davri mugafakir -entsiklapetchnsi Lbu Nasir Farobiy (873-950) 1) pedagogikaning mustaqil fap sifatida ajiralib chikishiga kadar o‘z asarida tagaxlagan ediki. inson tabiyatning eng oliy atrof muhitning har tamonlama idrok qilishish mumkin. Abdulla Avloniy (1878-1934) «Turkiy Guliston yoxud axlog» degan asarida turli shaxs axloqiy xislatlarini tarbiyalashga kata etibor beradi. Uning asarini o‘z bek tilida ezilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik dsb hisoblash mumkin. 1)Pedagogika mustaqil fan sifatida YA.A.Kamenskiynshgg «Buyuk dedaktika»(XU11 asr) degan asaridan sung ajiralib chikli, unda didaktika Prinsiplari va pedagogik jarayon konuniyatlari aniq tariflangan. Farobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratgan siyosiy (fukoro) fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy axloqiy xislatlarini tarbiyalashda atrof muhit katta o‘rin to‘tadi. U bola shaxsining tabiy kamolatiga ishonardi, bola tabiyatdan go‘z allik va mexr okibat bilan kuygan ravishda tugiladi. Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiyat bilan uygun bulishi Prinsipiga amal qilib, kuyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
- bolalar yoshi xususiyatlarini etiborga olish;
- bolalar xususiyatlarini etiborga olish;
- meyoridan chitta chikish bilan bog‘liq. bo‘lgan bolalarning individual
xususiyatlarini etiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlari tayanish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.
B) Madaniyat bilan uygun bulish Prinsipi.
Bu Prinsip tarbiyaning tabiyat bilan uygun bulishi Prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiyati bilan shartlangan. Inson bialogik mavxudod sifatida tugiladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘z ini tutish ijtimoiy tajribani o‘z lashtirib etishadi. Antik jamiyatdagi falsafachilar va pedagoklar shaxs shaqilanishi va madaniyat o‘rtasidagi chukur bog‘liqlikni tahlil kdlganlar. SHu narsaga SHark Uygonish davri mutafakirlari va intsiklapedchilari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o‘z asarlarida ham tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyati orkali shaqillanadi, har qanday madaniyat asosan boyligi esa insondir. Utmishi falsafachi va pedagoklarn hisoblardiki, madaniyat yukrri axloqiy insonni shaqillantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uygun bulish Prinsipi pedagogikada A.Distervich (XIX asir) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vakl1 shart sharoitlarini yani inson tugilgan vakl: va joyini. bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni etiborga olishga zarur. Butun insoniyat har bir xalq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining malum bir porokasida turadi bu ajdodlar.



Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin