Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


O‘QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING BOSQICHLARI



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə17/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
xorijmajmua 22-23

O‘QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING BOSQICHLARI
1.Tayyorgarlik bosqichi:- loyihaga kirishish, loyiha faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish – auditoriya ishi
2. Loyihani bajarish bosqichi- auditoriyadan tashqari
3. YAkunlovchi bosqich- loyiha taqdimoti, talabalar mahsuloti va loyiha faoliyatining baholanishi, loyiha faoliyati refleksiyasi – auditoriya ishi.
PEDAGOGIK ANNOTATSIYANING TUZILISHI

  • O‘quv predmeti

  • O‘quv mavzusi

  • Qatnashchilar

  • Ta’limning maqsadi

  • Rejalashtiriladigan o‘quv natijalari

  • Talabalar loyihani muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim bo‘lgan oldingi bilim va ko‘nikmalar ro‘yxati

  • Loyihaning turlanish belgilariga ko‘ra tavsifnomasi

  • Loyihani bajarish tartibi

  • Loyihaning baholanishi

  • Loyihaviy ta’limni tashkil etish bosqichlari

  • Ta’lim modelining qisqacha tavsifnomasi

Loyiha topshirig‘i – loyihali ta’limning asosiy vositasi, loyiha haqida axborot manbai, o‘quv loyihaviy faoliyatni tashkil etishga yordam beradi.


Asosiy komponentlari:

Kirish: muammoli maydon shakllantiriladi
Muammo va muammo osti muammolar. Agar loyiha loyihaviy ta’limning birinchi davrida bajarilsa, unda loyiha doirasida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo va muammo osti muammolar ko‘rsatiladi
Loyiha topshirig‘ida yana quyidagilar bayon qilinadi:

  • loyiha maqsadi va pirovard natijasi, taxminiy

foydalanuvchilar;

  • loyiha doiralari (bajarish muddati, qatnashchilar soni);

  • loyiha vazifalari va mazmuni(yoki bajarish algoritmi);

  • loyihaviy faoliyat mahsulotini bayoni;

  • loyihani bajarish grafigi.

O‘QUV JARAYONINI LOYIHALASH VA UNING BOSQICHLARI


Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uning iz chilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish ma salalari etuk mutafakkirlar hamda ilg‘or pedagoglar ning diqqat e’tiborlarini jalb etib kelgan. YOsh av lod ta’lim tarbiyasini tashkil etishning ushbu jihat lari o‘z davrida Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, YAn Amos Komenskiy, Dmitriy Konstantinovich Ushinskiy, Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Abduqodir SHakuriy va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shu ningdek, ilm fan, texnika va ishlab chiqarish soha larida ro‘y berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat jihatidan keskin o‘sib borishi o‘z o‘zidan
o‘quvchilarga ular borasida tezkor sur’atda va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga qo‘ymovda. Ushbu talabning ijobiy ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy nazariy hamda amaliy bilimlarni o‘zlashti rishning qulay, maqbul shakli bo‘lgan ta’lim jarayo nida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi o‘quv manbalari (o‘quv dasturi, rejasi, darslik, qo‘llanmalar) saviyasi, shuningdek, pedagogning bilim darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog‘liqdir.
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda o‘quv dasturi mazmunining mukammallygi, darslik hamda qo‘llanmalarning zamonaviy talablar asosida yaratilganligi, o‘quv rejasi mohiyatining na zariy va amaliy xususiyatlariga ko‘ra yagona maqsadga erishish uchun xizmat qilishi, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart sharoitlarning mavjudligi, o‘qituvchi xamda o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy, samimiy munosabatlarning qaror topishi kabi masalalar inobatga olinadi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni mu vaffaqiyatli qo‘llashning yana bir omili bu muayyan, yaxlit ta’limiy jarayonni oldindan loyihalash, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko‘nikma va malakalar darajasini tashhislash hamda ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan ibo . ratdir. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari oldida o‘quv ja rayonini loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o‘quv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat’iy nazar tashkil etiladigan ta’lim jarayoni uchun birdek xizmat qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo‘lga kiritil
gan, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi, B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin, M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshqaLar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali xabardor bo‘lishimiz mumkin. Quyida biz yuqorida nomlari keltirilgan pedagog olimlarning nazariy qarashlariga tayangan holda ta’lim jarayonini loyihalash borasidagi shaxsiy mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz.
Muayyan o‘quv mashg‘uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning da stlabki bosqichi o‘quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manba larni o‘rganish, chunonchi, materiallarni yig‘ish va <■ ularning g‘oyasi (mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, turkumlash tirish hamda yaxlitlashdan iborat.
O‘quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini o‘rganib chiqish o‘qituvchi uchun o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal ma’lumotlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayo nini tasavvur etish imkonini beradi.
2 bosqich. Ikkinchi bosqich o‘quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo‘lim (band)lar bo‘yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yo‘lda ijobiy hal etib borilishi lozim bo‘lgan vazi falarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.
Ta’lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o‘qituvchi, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini muayyan yo‘nalishga solish, ta’lim maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish,
ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan di daktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi. Ikkinchi bosqich natijasi o‘quv predmeti (faoliyat mazmuni)ning mavzusi bo‘yicha yagona, umumiy hamda xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifa larni qayd etish bilan tavsiflanadi.
3 bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim maqsadi va vazifalariga taya nilgan holda, o‘quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ta’lim jarayoni o‘quv materiali mazmunini yori tishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha, ko‘nikma hamda malakalarning hajmi ham o‘z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta’lim mazmuni ning g‘oyaviy jihatdan mukammalligi o‘quvchilar tomo nidan muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘z lashtirilish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchi bosqich samarasi o‘quvchilar tomonidan ma’lum tushun chalarning o‘zlashtirilishi, ko‘nikma va malakalar shakllanishini ta’minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon bo‘ladi.
4 bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muxim bosqichi sanalgan to‘rtinchi bosqichda mashg‘ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi.
Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg‘ulot shakli, metod va vositalari ta’lim jarayo nining muvaffaqiyatini ta’minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o‘quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi nazariy bilimlar o‘quvchilarga uzatiladi, o‘quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilib olinadi. Muayyan mashg‘ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyib 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. YAngi, zamrnaviy peda gogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. O‘quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo‘naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi mashg‘ulotlarning qiziqarli, baxs munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turki beradi. Mana shu holatdagana o‘quvchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa ular ning faoliyatini ma’lum yo‘nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo‘l yo‘riq ko‘rsatish, maslaxatlar berish hamda ular faoliyatini baxolash kabi vazifalar qoladi.
5 bosqich. Navbatdagi (beshinchi) bosqichda o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishi uchun etarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya’ni, o‘quvchilarda muayyan mavzu (faoliyat maz muni) yuzasidan ma’lum tushuncha, ko‘nikma va malaka larning qancha vaqt oralig‘ida o‘zlashtirilishi mum kinligi aniqlanadi.
6 bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriq)lar tizymi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriq)lar tizimining sa maradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi.
Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashu^ar tizi mining quyidagi guruhlarga bo‘lish maqsadga muvo fiqdir:
a) mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar tomonidan echi lishi (hal etilishi) lozim bo‘lgan mashqlar;
b) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko‘zda tutilgan mashqlar (uy vazifalari).
O‘quvchilar e’tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir birini to‘ldirishi, o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va eng muximi evolyusion xususiyat kasb eta olishi lo zim.
7 bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning ettinchi bosqichida o‘quvchilarning umumiy faoliyatla rini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan test ti • zimining ishlab chiqilishi o‘quvchilarning mavzu (fao liyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni o‘zlash tirish, shuningdek, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir biri bilan uyg‘un bo‘lishlariga ahamiyat berish maqsadga mu vofiqdir.
8 bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning so‘nggi bosqichi yaratilgan loyiha (andoza)ning ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi, ta’lim jarayonining yaku niy darajasi (samaradorligi)ni o‘rganish bilan ni hoyalanadi.
Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ah voli, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, na vbatdagi mashg‘ulotlar jarayonida sodir bo‘lgan kamchi liklarning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar belgilanadi
Bildirilgan fikrlardan anglanganidek, har bir bosqichda amalga oshirilayotgan vazifalar o‘rtasida muayyan izchillik mavjud bo‘lib, u ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Ta’lim ja rayonini loyihalashda har bir holatning puxta baja rilishiga erishish amaliy faoliyat (o‘quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta’minlashga olib keladi.



Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin