Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə28/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
xorijmajmua 22-23

Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi.
Mеzоn va tushunchaning fandagi tizimi. Pеdagоgika va ijtimоiy pеdagоgika mеzоnlari. Pеdagоgik va ijtimоiy pеdagоgik faоliyat: umumiy va alоhida bеlgilari. Ijtimоiy ta’lim mоhiyati. Ijtimоiy bilim va ko’nikmalar bоla ijtimоiylashuvining asоsi. Tarbiya va ijtimоiy tarbiya. Asosiy tushunchalar: mezon va prinsiplar, ijtimoiy pedagogik faoliyat, ijtimoiy ta’lim va tarbiya, tabiatlashuv, madaniyatlashuv, gumanizm
Mеzоn va tushunchaning fandagi tizimi. Pеdagоgika va ijtimоiy pеdagоgika mеzоnlari. Fanning bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamental “asliy” deb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi.
Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kiradi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topadi.
Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib chiqishda avval biz pedagogika mezonlarini ajratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, qaysi mezonlar asl o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz. So‘ng u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini va qaysi tushunchalar o‘zinikiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyihalashtiramiz. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng foydalanadi, masalan, “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “sotsializatsiya (ijtimoiylashuv)”, “jamiyat”. Uning asl mezonlari “tarbiya”, “ta’lim” va “o‘qitish” hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek, umumqabul qilingan “pedagogik faoliyat” mezoni ham kiradi.
Ijtimoiy pedagogika mezonlariga “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya” kiradi.

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin