Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


PEDAGOGIK VA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING QIYOSIY JADVALI



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə30/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
xorijmajmua 22-23

PEDAGOGIK VA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING QIYOSIY JADVALI



Kasbiy
faoliyat turi

Faoliyat maqsadi

Faoliyat xususiyati

Faoliyat obyekti

Faoliyat amalga oshiriladigan faoliyat

Pedagogik faoliyat

Ijtimoiy madaniy tajribani olish

Dasturli me’yorlangan, uzluksiz

Barcha bolalar

Ta’lim muassasalari

Ijtimoiy pedagogik faoliyat

Bola ijtimoiylashuvida yordam

Manzilli, chegaralangan, vaqtda cheklangan

Ijtimoiylashuv
muammolariga ega bola

Ta’lim muassasalari, ijtimoiy pedagogik muassasalar, ijtimoiy xizmat

Ijtimоiy ta’lim mоhiyati. Ijtimоiy bilim va ko’nikmalar bоla ijtimоiylashuvining asоsi. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o‘rinlar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko‘pgina bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko‘nikmalarni egallaydi.


Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog‘lom) tug‘ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bola avval jismoniy makonni o‘zlashtiradi, unda yo‘lini topishga o‘rganadi: emaklash, o‘tirish, yurish, yugurish va h.k. So‘ng u ko‘chani o‘zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-ukalarini), o‘z ismiga egaligiga o‘rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush ko‘rishlar, his-tuyg‘ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta ahamiyatga ega. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o‘tadi. Tilda xalq tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o‘zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o‘zlashtiradi.
Eng muhim bo‘lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o‘yinlarda sodir bo‘ladi. O‘yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o‘ynaydi.
Agar bola jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug‘ilsa, unda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug‘ilsa, unda bolaning ijtimoiy tiklanishi ko‘p holda bunga tayyor bo‘lmagan ota-onalar zimmasiga tushadi. Bola o‘zi uchun zarur bo‘lgan muhitdan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so‘ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy yo‘l bilan o‘zlashtirish bo‘lmaydi; ota, ona, aka-uka, boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarni shakllantirishga imkon beradigan, ular bilan ijtimoiy tajribani o‘zlashtirilishiga va jamiyatda ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodika va texnologiyalar mavjud bo‘lishi kerak.
Maktabda o‘qitish jarayonida bola avvalambor akademik bilimlarni oladi. Biroq shu bilan birga uni ijtimoiy me’yorlarni, ko‘rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan ma’lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashi lozim.
Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o‘qitish deb ataladi.
Tarbiya va ijtimоiy tarbi
Pedagogikaning asosiy mezoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy vv umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi.Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham yetarli darajada samarali bo‘lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga g‘amxo‘r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Agar qandaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak – shuni o‘zi ijtimoiy tarbiyaning vazifasidir.
YA’ni, ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi
Ijtimоiy pеdagоgikaning ilmiy tamоyillari. “Tamоyil” va “qоida” tushunchalarining fandagi mоhiyati. Ijtimоiy pеdagоgikada tamоyillarning bеlgilanishi. Tabiiy qоbiliyatlilik tamоyili, uning bеlgilanishi, amalga оshirish qоidasi. Madaniyatlilik tamоyili, uning bеlgilanishi, amalga оshirish qоidasi. Insоnparvarlik tamоyili, uning bеlgilanishi, mеhr-muruvvatlilik bilan insоnparvarlik munоsabati. Insоnparvarlik tamоyilini amalga оshirish qоidasi.
Asosiy tushunchalar: mezon va prinsiplar, ijtimoiy pedagogik faoliyat, ijtimoiy ta’lim va tarbiya, tabiatlashuv, madaniyatlashuv, gumanizm
Ijtimоiy pеdagоgikaning ilmiy tamоyillari. “Tamоyil” va “qоida” tushunchalarining fandagi mоhiyati. Ijtimоiy pеdagоgikada tamоyillarning bеlgilanishi.
“Prinsip” so‘zi lotincha principium so‘zidan hosil bo‘lgan va “asos”, “boshlanish”ni bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilishi, muayyan qoidalardan kelib chiqadigan o‘z prinsiplari mavjud. Fanda prinsip va qoidalar, bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat nafaqat befoyda, balki ham zararli bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi va tabiiyki, o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim-tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalarni hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xil olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangidan ma’lumlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay O‘zbekistonda bu fan endi o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda.
Biz uchta prinsipni ko‘rib chiqamiz – tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip, tarbiyaning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi va gumanizm prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega.
Tabiiy qоbiliyatlilik tamоyili, uning bеlgilanishi, amalga оshirish qоidasi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Y.A.Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayanga holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi.
Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk qomusiy olimi va mutafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi.
Masalan, “Uy-ro‘zg‘or tutish” haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. “Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash” asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kerak.
Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozardiki, “Bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak”.
Shveytsar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827) yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar o’yini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim.
Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Pestalotssi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. O‘z ishlarida yozgan ediki, ta’lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni e’tiborga olish lozim.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy “Inson tarbiyaning mazusi sifatida” degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so‘zlash qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin.
Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobiy (873-950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida tarbiya, inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.
Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarida turli shaxs ahloqiy xislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin.
1) Pedagogika mustaqil fan sifatida Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” (XVII asr) degan asaridan so‘ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan.
Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga kiritgan.
Uning fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim:

  • Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;

  • Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish;

  • me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;

  • bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;

  • bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.

  • Madaniyatlilik tamоyili, uning bеlgilanishi, amalga оshirish qоidasi.

Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib, yetishadi.
Antik jamiyatdagi faysuflar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari va qomusiy olimlari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, XII asr insonparvari Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi esa insondir. O‘tmish faylasufi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyat yuqori ahloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir.
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqti va joyini, bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros. Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni bildiradi. Distervegga ko‘ra tashqi madaniyat – bu ahloq turmush, iste’mol qilish me’yorlari ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniyat.
Rossiya pedagogikasida madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida berilgan edi. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo‘lsak, yozish, o‘qish, sanash, malakasidan, o‘z dini, o‘z vatani, uning tabiati, georafiya, tarix, madaniyatni bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g‘oya xalqchilik g‘oyasi sifatida aks ettiriladi. Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o‘ziga xosligini uning tarixiy rivojlanishi, geografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan.
Madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g‘oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi.
“Inson tug‘ilgan va o‘sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o‘z quyoshli o‘lkamizni sevganimizdek, arablar ham o‘z Arabistonini, uning issiq qumli cho‘llarini, eskimoslar o‘z Shimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq yerlarini sevadi”3[1].
Madaniy uyg’un bo’lish printsipi umuminsоniy madaniyat qadriyatlari salоhiyatini umuminsоniy va milliy madaniyati qadriyatlari va mе’yorlarini tarbiyalashda hisоbga оlishni ko’zda tutadi.
Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo‘lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - yerdagi tinchlik, inson faoliyati asosi - bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi.
Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalq san’ati, milliy madaniyat, urf-odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ediki ona tilida (o‘zbek tili) yozish xalq ishidir.
Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb etish: turmush, jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy, ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning (maktab, bolalar bog‘chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu yerlarda bo‘ladi. Agar bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o‘zlashtiradi va tabiiy yo‘l bilan jamiyatga kiradi.
Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ega bo‘lsa, unda uning xalq madaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. Shuning uchun shunday bolalar uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb etish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipini tatbiq etish bir qator qoidalarning bajarilishini talab etadi:
bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini e’tiborga olish;
rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish.
Insоnparvarlik tamоyili, uning bеlgilanishi, mеhr-muruvvatlilik bilan insоnparvarlik munоsabati.
“Gumanizm” va “insoniylik” so‘zlari lotincha “humanus” so‘zidan kelib chiqib, “insoniy” degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo‘lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.
Gumanistik tarbiya g‘oyalari antik faylasuflar (Sokrat, Platon, Aristotel va b) fikrlarida ham kuzatiladi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi Sharq Uyg‘onish davri va o‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga yetdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs hisоblanadi. Farоbiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi. Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni yerdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Buyuk Sharq allomalari va pedagogika va ijtimoiy pedagogika namoyondalarining barcha asarlari bolalarga bo‘lgan muhabbat bilan singdirilgan.
Ijtimoiy pedagogikadagi gumanistik g‘oyalar rivojlanishda nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarga alohida e’tiborni talab qiladi. Gumanizm tushunchalari bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogikada rahmdillik va xayr-sahovat tushunchalari mavjud. Rahmdillik – achinish, insonparvarlik jihatdan kimgadir yordam ko‘rsatish yoki kimnidir kechirishga tayyorlikdir.
Hayr-sahovat - muhtoj insonga beg‘araz yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat.
Respublikamizda an’ana borki, har bir yil qandaydir muammoga bag‘ishlanadi. 2004 yil O‘zbekistonda mehr va muruvvat yili deb e’lon qilingan.
Gumanizm prinsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning erkinlikka, baxtga, hayoti, sog‘lig‘ini himoya qilishga va qo‘riqlashga bo‘lgan huquqlarini tan olishni, bola, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni, hayotda o‘z o‘rnini topishda, jamiyatga “kirishi”da , shu jamiyatda o‘zini to‘la ko‘rsata olishida yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Insоnparvarlik tamоyilini amalga оshirish qоidasi.
Gumanizm prinsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:
bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bo‘lishiga qaramay ularga hurmatli munosabatda bo‘lish;
har bir bolaning o‘zicha bo‘lishi, ularga hurmatli munosabatda bo‘lish huquqini tan olish; hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bo‘lish emas, balki o‘zicha bo‘lish huquqini tan olish;
bolaga o‘ziga va atrofdagilarga hurmatni shakllantirishda, “Men o‘zim” tutgan o‘rnini, o‘z muammolarini o‘zi hal etish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda yordam ko‘rsatish;
shavqat qilish va achinishga emas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bo‘lgan rahmdillikni tushunish;
muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog‘lom kishilar orasida yashashga tayyorlashni istasak, shunday bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotda bo‘lishi tizimi o‘ylab chiqilishi lozim.
Diniy, ijtimоiy, aхlоqiy mе’yorlarning uchlashgan asоslari. Zardushtiylik (“Avеstо”). SHarq uyg’оnish davri allоmalarining ijtimоiy pеdagоgik g’оyalari (Хоrazmiy, Bеruniy, Ibn Sinо). Tеmuriylar davri ijtimоiy pеdagоgik g’оyalari (Ulug’bеk, Jоmiy, Dеvоniy, Navоiy, Хusain Vоiz Kоshifiy).
Asosiy tushunchalar: Ijtimoiy ish, mehribonlik, hayriya.
Diniy, ijtimоiy, aхlоqiy mе’yorlarning uchlashgan asоslari. Zardushtiylik (“Avеstо”). SHarq uyg’оnish davri allоmalarining ijtimоiy pеdagоgik g’оyalari (Хоrazmiy, Bеruniy, Ibn Sinо). Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatdan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikani fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq.
Amaliy faoliyat – bu ijtimoiy pedagogning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani – bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan predmetdir.O‘zbekistonda fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi - o‘ziga xos xususiyatga ega. Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarini oldinga surganlar.Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir etdi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga sig‘inish) o‘z erasining o‘ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda ahloqiy me’yorlar asosi (ahloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto” da “Inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar so‘zlashi va savobli ishlar qilishi lozim” deb yozilgan (xulq-atvor)“Avesto” ning katta qismi bo‘lgan “yasna” larda inson kamolini ko‘rsatuvchi ahloq-odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr, hukta (gukta)-yaxshi so‘z va hvarta (gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman” (“Yasna”, 14), deyiladi.“Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Manna (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda ilohiy qonun ruhidagi yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikr-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi.
Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan ahloqiy me’yorlar (jadval).

Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy xislatlar qadrlangan. Inson bilimlarga ega bo‘lishi (ya’ni, kasb-hunarga ega bo‘lishi)adolatli bo‘lishi (ya’ni, insoniy bo‘lishi), shunday ahloqiy xislatlarga ega bo‘lishi lozim ediki, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqqa ega, vatanparvar kuchli iroda va boshqalar sohibi bo‘lishi zarur edi 4[5].


Quyidagi jadvalda qadimda qadrlangan insoniy xislatlar ifodalangan:

Pedagogika tarixining ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. Qadim zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning ahloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati, barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar.


Sharq uyg‘onish davri (IX-XI asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1050), Abu Ali Ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani Ayni go‘daklik chog‘idanoq tarbiyalashni boshlashning zarurati, shuningdek bolaning tarbiyasiga tabiat va atrof-muhitning ta’siri, bolaga kattalar, ayniqsa ota-onaning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Jaloliddin Davoniy (1427-1502), Alisher Navoiy (1441-1501), Xusayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘z traktatlarida inson aqli-tafakkuri, uning qobiliyati, insonning yuqori ahloqiy xislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi ulug‘ alloma, musiqachi, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari yuksak darajada insonparvarliligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda ham yagona eng oliy mavjudod deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas in’om sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi.
Inson o‘z farzandinigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart – deb yozadi shoir.
Tеmuriylar davri ijtimоiy pеdagоgik g’оyalari (Ulug’bеk, Jоmiy, Dеvоniy, Navоiy, Хusain Vоiz Kоshifiy).
Xalq pedagogikasi - xalqning umumiy ma’naviy madaniyatini tashkil qiluvchi va ajralmas qismidir. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiyning “rus xalqida tarbiya xalqning o‘zi qancha vaqtdan beri mavjud bo‘lsa shuncha paytdan beri mavjuddir” deb aytgan gapi to‘laligicha boshqa xalqlarga ham tegishlidir. Shu bilan birga ular xalq pedagogikasi uzoq qadim zamonda yuzaga kelgan, ular tarixiy ilmiy pedagogikadan ilgari bo‘lgan va uning ertangi shakllariga ta’sir ko‘rsatgan deb hisoblaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik ilmlari rivojlanishi tarixini tahlil qilib o‘rganib chiqish pedagogikaning birinchi rasmiy belgilari xalq hayoti, xalq pedagogik madaniyatining bevosita ta’siri ostida paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Xalq pedagogikasi umuman xalqning orzu-umidlari, uning o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o‘qitish haqida tasavvurlarini ifoda etadi.
Al Forobiy, Ibn Sino (Avitsenna), Beruniy, Jomiy, Umar Xayyom, Sa’diy, Navoiy, Avloniy va boshqa ma’rifatparvarlarning meroslarini tahlil qilish, ularning tarbiya haqidagi umuman g‘oyalari, xususan oilaviy tarbiya haqidagi g‘oyalari. Xalq pedagogikasi tarixidagi ifoda etilgan g‘oyalar va fikrlar bilan uzviy bog‘lanib ketganligini ko‘rsatadi: maqollar, matallar, ertaklar, rivoyatlarda.
Ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan Abu Nasr al-Forobiyning psixologiya bo‘yicha, etika va estetika bo‘yicha asarlari katta qiziqishga ega. Insonni ijtimoiy mavjudod sifatida qarab Forobiy shaxsning ma’naviylik sifatlari ijtimoiy muhit va tarbiya ta’siri ostida yuzaga keladi, deb hisoblaydi. “Inson – deb yozadi u – eng boshidan boshlab tabiatdan yaxshi yoki yomon bo‘lib xuddi shunday u tug‘ma to‘quvchi yoki yozuvchi bo‘lib tug‘ilmaydi”.
Farobiy Ibn Sinoning va Beruniyning ijtimoiy-pedagogik qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ibn Sinoning pedagogik dunyoqarashlari uning ko‘plab asarlarida o‘z aksini topgan. Ma’naviy tarbiya haqida gapirar ekan Ibn Sino insonda haqgo‘ylik, adolatlilik, halollik kabi sifatlarni yuksak baholaydi va “Xalqning ma’naviylik xususiyatlari va adolatlilikka chorlaydigan uning necha asrlik an’analarini hisobga olish kerak. Chunki adolatlilik – insonning ishlari eng yaxshi bezagidir” deb maslahat beradi.
Buyuk xorazmshunos Beruniy asarlarida tarbiya haqida ko‘plab ajoyib fikrlar aytilgan. “O‘tgan ajdodlar xotiralari” (“Xronologiya”) tekshirishlarida qomusiy olimturli xalqlar va davrlar kalendar sistemalarini ta’riflash bilan bir qatorda haqiqat va yolg‘on, yaxshi va yomon, kamtarlik va kekkayish, bilimlilik va nodonlik, ya’ni ma’naviylik muammolarini o‘rganadi.
O‘rta asr boshlari yorqin mutafakkirlaridan biri Rudakiy bo‘lgan. Uning maqol va rivoyatlar ko‘rinishidangi ko‘plab poetik satrlari xalq pedagogikasini boyitib xalq og‘zaki ijodiyoti durdonalari qatoriga kirdi. U “inson aqlining guli – bu bilimdir” va “dunyoda bilim kabi muhim meva yo‘qdir” deb aytadi. O‘rta asr boshlari ijtimoiy-pedagogik meroslari haqida gapirganda Nosir Xisravni (1004-1088), “Ma’rifat kitobi” va “Baxt haqidagi kitobining” muallifi, shoir, yozuvchi va faylasuf haqida gapirib o‘tilmasa bo‘lmaydi.
“Ma’rifat kitobi” da “o‘z-o‘zini anglash”, “yaxshi va yomon sifatlari” boblari bor, ular o‘ziga xos o‘zini tarbiyalash dasturi hisoblanadi. Muallif insonni to‘g‘ri tarbiyalashga xalaqit qiladigan yettita (yomonlik) to‘siqlarni aytadi: takabburlik, ayyorlik, befaxmlik, ochko‘zlik, g‘azab, g‘araz, shaxvoniylik. U o‘zining yettita “yaramas do‘stlarini esdan chiqarishni” maslahat beradi, ularning o‘rniga esa boshqalarini – yuksak, oliyjanob ular uchun kamtarlik, halollik, sabr-toqat, oddiylik, shukronalik, sahiylik va mehribonlik asosiy hisoblanganlarini topish kerak deydi. U nasihatlarini shunday yakunlaydi: “Bundan keyin ishonchli do‘stlar bilan bo‘lgin, ochko‘z dushmanlardan bir umrga ajralgin”.
XI-XII asrlarda xususan, pedagogik talqinlar ham paydo bo‘ladi, ular Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlari pedagogik madaniyati rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Burxoniddin Zarnudji “O‘quvchiga bilim olishi yo‘lidagi nasihatlari” o‘ziga xos pedagogika darsligida o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi. “Bilimga intilish, - deb yozadi olim - har bir musulmon uchun zarur majburiyati hisoblanadi”.
O‘zbek adabiyoti asoschisi hisoblangan mutafakkir - taraqqiyparvar arbob Alisher Navoiyning (1441-1501) pedagogik g‘oyalari ahamiyati juda katta bo‘ldi. O‘z xalqini chuqur sevgan demokratik va insonparvar g‘oyalari insonga muhabbat, halollik, adolatlilik, yorqin kelajakka ishonchi haqidagi xalq hikmatli so‘zlari, rivoyatlari bilan bog‘lanib ketadi. Xalq hatto o‘zining buyuk olimi haqida ertak va afsonalar yaratib xalq poetik ijodiyotini shakllantiruvchisi sifatida uning obrazini abadiylashtiradilar. Mutafakkir olimlarning, shoirlarning ko‘plab nasihatlari xalqning turmush, hayot tajribalari asosida ishlab chiqilgan hikmatli so‘zlari bilan juda ham aniq mos keladi. “Kiyimsiz o‘tirganda ham to‘g‘ri gapirish kerak”, “Yolg‘on gapirib yashagandan ko‘ra to‘g‘ri gapirib o‘lgan afzal”, “Agarda sen har doim to‘g‘ri gapirib kelgan bo‘lsang keyin ham senga ishonadilar”, “Birinchi bor yolg‘on gapirishdan o‘zingni saqla, shunda keyingi yolg‘onlarda seni fosh etishlaridan qo‘rqmaysan” va shu kabilar. Do‘stlik haqidagi olim va shoirlarning fikrlari xalq hikmatli so‘zlari bilan mos keladi. Rudakiy dunyodagi eng kuchli xafa bo‘lish bu yaxshi do‘stidan ajralish, deb hisoblaydi: “Agarda do‘stlaring mingta bo‘lsa b ukam deb hisobla”, (xalq hikmatli so‘zlari), “Yigit uchun migta do‘st ham kam”. Tusiy shunday deydi: “Do‘st deb bilishdan oldin sen uni sinab ko‘r” (xalqda shunday deydilar: “Do‘st boshiga tashvish tushganda, mard esa jangda sinaladi, burch esa - halollik bilan”). Xisrav “Do‘st bo‘lish – yaxshi ish, do‘stlikka sodiq bo‘lish esa – buyuk ishdir” deb hisoblaydi. (Xalqda “Xazina izlagandan ko‘ra do‘stlikni saqlagan yaxshiroq” deyiladi). SHeroziy “Yaxshi do‘st aybingni yuzingga aytadi, yomon do‘st ularni boshqalarga aytadi” deb eslatadi (xalqda “tanbeh berish - do‘stlaring sovg‘asi” “do‘sting aytgan hamma gaplar yaxshilikdir”). Xisrav “Munofiq, kekkaygan do‘stdan ko‘ra sen sodiq itni afzal ko‘r”, deb maslahat beradi. (Do‘stning ikkiyuzlamachiligi – davolab bo‘lmas kasallikdir”, “Sen oxirgi burda noningni bo‘lashib yeganingni esidan chiqargan do‘st o‘lsin”) va shu kabilar. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xalqlarining pedagogik nuqtai nazarlari boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi uzoq o‘tmishda yuzaga kelgan. Tarbiya haqidagi xalq donishmandligi ham xalqning oilaviy tarbiya ko‘p asrlik pedagogik madaniyati va tajribalari ifodasi hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning o‘zbek olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919), Munavvar Qori Abdurashidov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abduqodir shakuriy (1875-1943), Xamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishida XX asr 20-30-yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shokuriy, M.Qori Abdurashidov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensova, N.P.Arxangelskiy, A.Sharafuddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo,ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar aynan ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar, shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar (Almoiy nomidagi, N.G.Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshka muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar).
Biroq O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalo, yangi ittifoq sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o‘zbek ma’rifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior keng tarqalgandi: “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan quporamiz”.
Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan barcha pedagogika sohasidagi oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30-yillar oxirida sotsializm g‘alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran ijtimoy muammolar haqida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida, yengil hal etiladigan, “eskilik sarqiti” deb baholandi. Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi.
O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimоvning chiqishlari va asarlarida pеdagоgik g’оyalar. O’zbеkistоnda ijtimоiy pеdagоgikaning vujudga kеlishining madaniy-tariхiy asоslari.
1991 yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan, ijtimoiy pedagogikaning ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.
1997 yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘isida” Qonun (1997 yil) qabul qilinishi bilan ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning samarali yo‘llarini topish, ma’naviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsning fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalar quyildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmoqda. “Ijtimoiy pedagogika” predmeti ham endigina shakllanmoqda.
Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishini yuritish shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: Ma’naviyat va ma’rifat Markazi, “Oila” markazi, nodavlat hukumatga qarashli bo‘lmagan hayriya jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun”, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi qoshidagi respublika o‘quv-metodik ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi TDPU (mafkura) g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar. Respublikamizda har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlash an’ana tusiga kirgan. Masalan, 2001 yil “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilingandi. Shu munosabat bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan respublika metodik seminarii o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom turmush tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga aylandi. Masalan, 1998 yil “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 “Onalar va bolalar yili”, 2002 yil “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla yili”, 2004 yilni “Mehr va muruvvat yili” deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmoqda. Bugungi kunda ko‘plab empirik va nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning kelgusi rivojlanishi yetarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarini yangi nuqtai nazardan turib, o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo‘llash lozim.

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin