Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning kuchi


Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan tizimi



Yüklə 40,47 Kb.
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü40,47 Kb.
#145473
1   2   3   4
2-ma\'ruza

Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan tizimi
Odatda, maktab matematika, fizika, tarix kabi fanlardan umumiy bilimlar berishi lozim hisoblanadi. Bu XVII-XIX asrlarda vujudga kelgan ta’limning bilimga yo‘naltirilgan shakli bo‘lib, uning asosida bolalarga barcha fanlardan umumiy bilimlarni berish yotadi. Oliy ta’limda esa xuddi shu tizim tor soha mutaxassislarini tayyorlashda qo‘llanilgan.
Bu tizim o‘zini oqlay olmadi, XX asrda bunga ikki omil sabab bo‘ldi: ma’lumotlar, axborot bazasi, ilm-fandagi kashfiyotlar va ixtirolar aql bovar qilmas darajada ko‘payib ketdi, na maktab, na universitet bu o‘zgarishlarning izidan quvib yeta oldi. Bir paytning o‘zida, jamiyatdagi o‘zgarishlar tufayli zamonaviy yoshlar o‘zlashtirayotgan ko‘pchilik kasblar yaqin kelajakda yo‘q bo‘lib ketmoqda.
Butun XX asr va hozirgi asr bizdan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishni taqozo qilmoqda. Uning asosida esa ma’naviy, muloqot va kognitiv (yaratuvchan, tanqidiy, tizimli va nostandart fikrlash, keng dunyoqarash, hissiy idrok, katta va o‘zgaruvchan ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olish qobiliyati va hokazo) sifatlari doimiy o‘zgarib borayotgan muhitda shaxsning rivojlanishi yotadi.
Ko‘p hollarda fan tamoyili emas, balki fanlararo mezondan kelib chiqqan holda dars beriladi (STEAM, Liberal Arts), bu esa tor soha mutaxassislarining qo‘lidan kelmaydi. Bu yo‘nalishda ham biz rivojlanishimiz lozim.
Shu sababdan pedagogik oliy ta’lim muassasalarida (maktab bitiruvchilarining sifati nuqtayi nazaridan) kimlar o‘qitilishi, kim o‘qitishi, nimalar, nima maqsadda va qanday o‘qitilishi — bizning kelajagimiz, boringki, milliy xavfsizligimiz masalasidir. Men ular haqida oldin ham to‘xtalganman.
Pedagogik ta’limdagi yangi tizimning xususiyatlari
Oxir-oqibat, biz pedagogik ta’limning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi konsepsiyasini ishlab chiqishimiz lozim bo‘ladi:

  • Yangi dunyoda kelajak avlod murabbiylari sifatida ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan tizimida o‘z maqsadini aniq anglovchi bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning yangi tizimi (yuqorida aytib o‘tilganidek, bu yerda o‘z fanini bilish kifoya qilmaydi);

  • Yangi vazifalarga mos ravishda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yangi tizimi;

  • Barcha darajalarda kadrlarni tanlov asosida tanlash;

  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish, ularni o‘zlashtirish va joriy qilish. Ta’lim vazirliklari, malaka oshirish institutlari va pedagogika universitetlari qoshidagi muvofiq ilmiy markazlarda bunday texnologiyalarni joriy qilishga ixtisoslashgan institutni yaratish;

  • «Ilm-fan — ta’lim — amaliyot» oltin uchburchagini yaratish;

  • Pedagogik oliy ta’lim muassasalari, ta’lim vazirligi bo‘limlari, maktab rahbarlari va o‘qituvchilar tarkibi faoliyatini baholash va boshqarishning yangi tizimi;

  • Antikorrupsion mexanizm va rahbar hamda pedagoglar mas’uliyati mexanizmi;

  • Oliy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalarining sezilarli avtonomiyasi (metodik vaa moliyaviy jihatdan), maktablarga ijod va pedagogik metodikalarni tanlash erkinligini taqdim qilish;

  • Qo‘llab-quvvatlovchi tizim va pedagogik mehnat to‘lovini oshirish hamda asossiz tenglashtirishdan prinsipial chekinish;

  • Ta’lim muassasalari va qo‘llaniluvchi pedagogik texnologiya turlarini oshirish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash;

  • Ta’lim dasturlari maydonini kengaytirish, tanlov fanlarining mavjud bo‘lishi va fakultetlarning turli-tuman bo‘lishi;

  • Ilg‘or tajribalar, jumladan, xorij tajribasidan foydalanish;

  • Xorij o‘qituvchilari va metodistlarini faol taklif qilish.

Ta’kidlash joizki, 2030 yilgacha xalq ta’limini tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi yetarlicha batafsil ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘plab g‘oya va yondashuvlarni, jumladan, yuqorida aytib o‘tilganlarni o‘z ichiga oladi. Biroq pedagogik ta’lim masalasi alohida masaladir, shu tufayli pedagogik universitetlar haqida alohida qaror qabul qilish muhim ahamiyatga ega.
Muhimi, bizning shunchaki sifatli ta’lim tizimi yoki yangi pedagogik texnologiyalar, yangi kadrlar va darsliklarga emas, balki to‘la kelajakka qaratilgan yangi ta’lim tizimiga ehtiyojimiz bor.
Konsepsiyada nazarda tutilgan har qanday g‘oya va yangilik bizga kelajakda nima berishini aniq anglamog‘imiz lozim. Buning uchun esa ushbu kelajak bilan tanishish, unga boradigan yo‘llarni ko‘rish, bugungi kunning asosiy tamoyillarini anglab yetish va ularni yangi ta’lim loyihasiga kiritish lozim. Bugun kelajakning yangi ta’lim tizimini yaratuvchi mamlakatlar ertangi kunda dunyo iqtisodiyotining yetakchilariga aylanadilar.
Valeriy Xan — faylasuf, tarixchi va antropolog. Falsafa fanlari nomzodi (1986), dotsent (1992). Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti. O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Strategik rivojlanishni rejalashtirish markazi rektori va direktorining maslahatchisi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining o‘rinbosari, Yangi tarix markazi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgan. Janubiy Koreyaning Xoso (1998−2000), Xanyang va Sonkyungvan (2011) universitetlarida dars bergan. AQSH va Janubiy Koreyaning ilg‘or universtitetlarida ommaviy leksiyalar bilan chiqishlar qilgan.

4-mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mohiyati va tamoyillari


(2 soat amaliy)
Mashgʻulotning maqsadi: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mohiyatini tushuntirish, ularni amalda qoʻllashga oʻrgatish, muammoli ta’lim texnologiyalari va tashkil qilish jarayonini amaliy mashqlar orqali rivojlantirish.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – ta’lim jarayonining asosiy ob’ekti o‘quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi) bo‘lib, uning shaxsi, qadr- qimmatini yuqori o‘ringa qo‘yadigan, asosiy e’tiborni intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini boyitish, ma’naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratadigan pedagogik faoliyat turi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli ta’lim, modul ta’limi dasturiy ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, o‘yin texnologiyalari, interfaol ta’lim, hamkorlik ta’limi, tabaqalashtirilgan ta’lim, individual ta’lim, masaofaviy ta’lim, mustaqil ta’lim va innovatsiya ta’lim kabi turlari mavjud.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar esa faqatgina «ob’ekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish.
An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda esa o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu erda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;
har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;
yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi
o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;
xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;
o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi
pedagog va o‘quvchilar munosabati zayli:
taqiqlamaslik;
boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish;
buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi.
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:
ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;
o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;
o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;
jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.
Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat bo‘ladi;
o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur:
har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.
shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak.
bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik.
pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.
Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» yoritilgan. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi.
Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «SHirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq ta’qiqlanganligi haqida» batafsil yoritilib berilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan tenglashtirilgan.



Yüklə 40,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin