3-rasm. Pentium II protsessorining platasi
Pentium II protsessorning yadrosi 7,5 mln tranzistorni o‘z ichiga oladi; uni
ishlab chiqarishda Intel firmasining P6 yaxshilangan arxitekturasidan
foydalanildi . Oldin Pentium II protsessorlari 0,35-mikronli
texnologiya asosida
tayorlanar edi . Pentium II 333 MGts ni yaratishda 0,25- mikronli texnologiyadan
foydalanilar edi. Bu esa kristallni kamaytirish, takt chastotasini orttirish va iste’mol
qilinadigan energiyani kamaytirish imkonini beradi. 333 MGts takt chastotasida
Pentium II protsessorining unumdorligi 75–150% ga Pentium MMX 233 MGtsga
qaraganda yo‘qori,etalon multimediya testlarini o‘tkazishda taxminan 50% ga
ortadi. Xozirgi vaqtda bu protsessorlar etarli darajada tez hisoblanadi.Shu Bobda
keltirilgan Pentium II 266 MGts protsessorining indeksi Pentium 200 MGts
original protsessordan ikki marta yo‘qori. Agar tezligini e’tiborga
olmaganda
Pentium II protsessorini Pentium Pro va MMX Texnologiyasining kombinatsiyasi
deb qarash mumkin.U ham ko‘pprotsessorli imkoniyatlarga va xuddi shunday,
Pentium Prodan olingan ikki bosqichli integrallashgan
keshga ega va MMX dan
esa 57 – yangi multimediya buyruqlari o‘zlashtirilgan.Bundan tashqari, Pentium II
da birinchi bosqichli kesh –xotiraning sig‘imi Pentium Pro nikiga qaraganda ikki
marta yo‘qori. 4.4-jadvalda
Pentium II
Dostları ilə paylaş: