Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Protsessorlarning asosiy parametrlari



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Protsessorlarning asosiy parametrlari

 
Tezlik 
— bu protsessorning hususiyatlaridan biri bo‘lib, uni ko‘p hollarda 
turlicha talqin qilinadi. Ushbu bo‘limda, umuman, protsessorlarning tezligi va,
hususan, Intel protsessorlari xaqida ma’lumot olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning 
tezligi, odatda, megagerslarda o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 
U uncha katta bo‘lmagan qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan, kvars 
kristali bo‘lgan, kvars rezonatorining parametrlari orqali aniqlanadi. Elektr 
kuchlanishi natijasida kvars kristalida, kristalning shakli va o‘lchami orqali 
aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi 
tokning chastotasini 
takt chastotasi
deb ataladi. 


Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir nechta million gerslar chastotasida 
ishlayd (Gers, bu-sekundiga bir tebranish). Tezlik megagerslarda, ya’ni sekundiga 
million siklda o‘lchanadi. 1-rasmda sinusoydali signalning grafigi ko‘rsatilgan
 
1-rasm.Takt chastotasi tushunchasining grafik tasviri 
Mantiqiy qurilma sifatida protsessor uchun vaqt o‘lchamining eng kichik 
birligi 
takt chastotasining davri
yoki oddiygina 
takt
bo‘ladi. Har bir operatsiyaga 
minimum bitta takt sarf qilinadi. Masalan, Pentium II protsessori xotira bilan 
ma’lumot almashishi uchun uch takt va bir nechta kutish sikli kerak bo‘ladi (
Kutish 
sikli
, bu hech narsa sodir bo‘lmaydigan takt; u protsessor tezligi quyi bo‘lgan 
kompyuterning boshqa tugunlaridan oldin “yugurib ketmasligi uchun ” zarurdir).
Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham o‘zgaruvchandir. 8086 va 
8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt chamasida ketadi. 286 
va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida, 
486 da esa 2 taktgacha kamayadi. 
Pentium protsessorida ikkita parallel konveyer va boshqa turli usullardan 
qo‘llanish, o‘rta statistik buyruqning bajarilish vaqtini 1 taktgacha qisqartirish 
umkonini tug‘dirdi. Pentium Pro, Pentium II/III, Celeron va Xeon, shuningdek 
Athlon/Duron protsessorlarida bir taktda eng kami bilan uchta buyruq bajariladi. 
Buyruqlarning 
bajarilishi 
zarur 
bo‘lgan, 
taktlarning 
turli 
miqdori, 
kompyuterlarning samaradorligini ularning takt chastotasiga ( ya’ni sekundiga 
taktlarning soni) asoslanib taqqoslashni mushkullashtiradi. Nima uchun bir xil takt 
chastotasida protsessorlardan bittasi boshqasidan tezroq ishlaydi? Sababi, uning 
unumdorligi 486 protsessori bilan taqqoslaganda yo‘qori tezlikka ega, chunki 
buyruqni bajarish uchun unga 386 ga qaraganda o‘rtacha ikki marta kam takt talab 
qilinadi. Pentium protsessori uchun esa 486 ga qaraganda ikki marta kam bo‘lgan 
takt zarur bo‘ladi .Shunday qilib, 133 MGts (AMD 5x86-133 tipdagi) takt 
chastotali 486 protsessori, 75 MGts takt chastotali Pentiumga qaraganda sekinroq 
ishlaydi! Pentium bir turdagi chastotada 486ga qaraganda ikki marta ko‘p 
buyruqni bajaradi. Pentium II va Pentium III lar Pentium protsessoridan ular 


ishlayotgan chastotada taxminan 50% tezroq ishlaydi, chunki aynan shu 
miqdordagi sikl davomida ular ko‘proq buyruqlarni bajaradi. 
Protsessorlarning nisbiy samaradorligini taqqoslay turib, 1 000 MGts takt 
chastotasida ishlovchi Pentium III protsessorining unumdorligi, nazariy, 1 500 
MGts chastotada ishlovchi Pentium protsessorining unumdorligiga teng, u esa o‘z 
navbatida 3 000 MGts takt chastotasida ishlovchi 486 protsessorining 
unumdorligiga, u esa 6 000 MGts chastotada ishlovchi 386 yoki 286 
protsessorlarining, yoki 12000 MGts takt chastotasida ishlovchi 8088 
protsessorining unumdorligiga teng ekanligiga ishonch hosil qilamiz.Agar 8088 
protsessorli dastlabki PC 4,77 MGts ga teng bo‘lgan takt chastotasida 
ishlaganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, hozirgi kompyuterlar ular bilan 
taqqoslaganda 1,5 mingdan tezroq ishlaydi. Shuning uchun, kompyuterlarning 
samaradorligini takt chastotasiga asoslanib taqqoslash mumkin emas; tizimning 
unumdorligiga boshqa faktorlar ham ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olish zarurdir.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin