Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
 
Protsessorning takt chastotasi va takt chastotasini markorlash 
 
Tizimli plataning chastotalari 
486DX2dan boshlab deyarli barcha zamonaviy protsessorlar, tizimli 
plataning takt chastotasining biror ko‘paytuvchisi bilan yig‘indisiga teng. Masalan, 
Celeron 600 protsessori tizimli plataning takt chastotasidan(66 MGts) to‘qqiz 
marta katta bo‘lgan takt chastotasida ishlaydi, Pentium III 1000 tizimli plataning 
takt chastotasidan etti yarim baravar katta bo‘lgan chastotada ishlaydi (133 MGts). 
Tizimli platalarning ko‘pchiligi 66 MGts takt chastotasida ishlaydi; aynan shunday 
chastotani 1998 yilgacha Intelning barcha protsessorlari qo‘llar edi va yaqinda shu 
firma 100 MGtsga mo‘ljallangan tizimli mantiq mikrosxemalar majmuyini va 
protsessorlarini ishlab chiqdi. 
Cyrix firmasining ba’zi protsessorlari 75 MGts da ishlash uchun nazarda 
tutilgan va Pentium uchun mo‘ljallangan ko‘plab tizimli platalar ham shu 
chastotada ishlay oladi Odatda tizimli plataning takt chastotasini va 
ko‘paytuvchsini ulovchi yordamida yoki boshqa tizimli platani konfiguratsiyalash
protseduralari orqali aniqlash mumkin (masalan, BIOS parametrlarini o‘natish 
dasturidagi mos qiymatlarni tanlash yordamida ).
1999 yil oxirlarida 133 MGtsga mo‘ljallangan tizimli platalar paydo bo‘la 
boshladi. Bu platalar Pentium III protsessorining barcha zamonaviy rusumlarini 
qo‘llar edi. 
Shu davrda AMD firmasi Athlon protsesorini, shuningdek protsessor va 
North Bridge mikrosxemalari majmuining bir qismi bilan ma’lumot uzatishning 
ikkilangan koeffitsientiga ega bo‘lgan (ya’ni 200 MGts chastotali), 100 MGtsni 
qo‘llaydigan tizimli platalarni chiqardi.
Zamonaviy 
kompyuterlarda, 
odatda 
tizimli 
platada 
joylashuvchi, 
o‘zgaruvchan chastota generatoridan foydalaniladi; u tizimli plata va protsesor 
uchun tayanch chastotasini vujudga keltiradi. Pentium protsessori tizimli 
platalarining aksariyatida takt chastotasining, uch yoki to‘rt qiymatidan bittasini 


o‘rnatish mumkin. Bugunga kelib, berilgan tizimli plataning takt chastotasiga 
bog‘liq holda, turli chastotalarda ishlovchi protsessorlarning ko‘plab talqinlari 
chiqarilmoqda. Masalan, aksariyat Pentium protsessorlarining tezligi tizimli 
plataning tezligidan bir necha marta oshib ketadi.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin