protsessorlari asosida uaratildi). Bir nechta firmalar, AT sinfiga tegishli
kompyuterlarning analoglarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirib oladi.
AT kompyuteri uchun, asos sifatida 286 protsessorining
tanlanishi uning
8088 protsessori bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan bog‘liqdir, ya’ni IBM PC
va XTlar uchun ishlab chiqilgan dasturlar AT uchun ham to‘g‘ri kelar edi. 286
protsessorlari o‘zidan oldingilariga qaraganda yo‘qori tezlikka ega bo‘lib, shu
sababli, bu kompyuterlar keng qo‘llanila boshladi. 6 MGts takt chastotali AT
birinchi kompyuterining unumdorligi IBM PC (4,77 MGts) unumdorligidan besh
baravar ortadi. Buyruqlarning o‘rtacha 4,5 taktda bajarilishi, 286
protsessorli
kompyuterlarining unumdorligi yo‘qori bo‘lishining bosh sababidir. Undan
tashqari, 16-razryadli tashqi shina tufayli ma’lumotlar almashish tezligi ikki
marotaba oshdi.
AT kompyuterlarining yana bir sababi protsessorning takt chastotasining
ortishidadir. Quyidagi 6, 8, 10, 12, 16 va 20 MGts takt
chastotali protsessorlar
mavjud.
Oldingi protsessorlarda bu ko‘rsatgich 8 MGts dan oshmas edi. Takt
chastotalari bir hil bo‘lganda ham oxirgisining unumdorligi taxminan 3 marta
ko‘proqdir.
286 protsessori real va himoyalangan deb ataluvchi ikkita bir-biridan farq
qiluvchi rejimda ishlaydi. Real rejimda 8086 protsessoriga ekvivalent va obekt
kodi bo‘yicha 8086 va 8088 protsessorlari bilan moslashuvchan. Bu, ular uchun
mo‘ljallangan dasturlarni va buyruqlarni modifikatsiyasiz bajara olishini bildiradi .
286 protsessori himoyalangan rejimda butunlay boshqa rusumga aylanadi. Agar
bajaralayotgan dastur, uning yangi imkoniyatlarini e’tiborga olib yozilgan bo‘lsa,
protsessor 16 Мbayt Real xotiradan manzillay olishi mumkin bo‘lsa ham, u 1
Gbayt virtual xotiraga ega bo‘lishi mumkin. 286 ko‘zga ko‘rinarli
kamchiligi
oldindan apparatli sbros (tushirish ) ya’ni, kompyuterni issiq qayta yuklanishini
amalga oshirmasdan himoyalangan rejimdan real rejimga o‘ta olmaydi. Real
rejimdan himoyalangan rejimga sbrossiz o‘ta oladi. Shuning uchun, 386
protsessorining asosiy ustunligi uning real rejimdan himoyalangan rejimga va
aksincha, dasturiy ulanmasdan o‘ta olishidadir.
Dostları ilə paylaş: