Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
Pentium protsessorlari. 
1992 yilning oktyabrida Intel beshinchi avlodning moslashuvchan 
kompyuterlari ko‘pchilik o‘ylaganiday 586 emas, balki Pentium deb atalishini 


e’lon qildi. 586 deb nomlanishi tabiy edi, biroq raqamli belgilashlar savdo markasi 
sifatida ro‘yxatga olinmaganligi uchun, ularning raqobatchilari ko‘payib ketar edi 
va ular ,,patentlanmaydigan“ nom bilan shunday mikrosxemalarni ishlab chiqishni 
boshlab yuborar edi. 1993 yil martda birinchi Pentium protsessorlari,bir necha 
oydan so‘ng ular asosida birinchi kompyuterlar chiqarila boshladi. Pentium Intel 
firmasining oldingi protsessorlari bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan birga, 
ulardan ko‘zga ko‘rinarli farq qiladi. Undagi bir hususuiyatni inqilobiy den 
hisoblash mumkin. Pentium protsessorida ikkita konveyer bo‘lib, uning bir vaqtda 
ukkita buyruqni bajarishiga imkon yaratadi (Barcha oldingi protsessorlar vaqtning 
har bir momentida faqat bitta buyruqni bajara oladi).
Intel bu imkoniyatni superskalyar texnologiya deb atadi. Shu texnologiyaga 
asosan Pentiumning samaradorligi protsessor bilan taqqoslaganda ko‘zga- 
ko‘rinarli oshdi . 
486 standart mikrosxema bir buyruqni o‘rtacha ikki ichki taktda bajaradi, 
DХ2 va DХ4 protsessorlarida esa chastotasini ikki marta oshirish natijasida bir 
taktda bajaradi. Pentium protsessorida superskalyar texnologiyadan foydalanish 
natijasida bir taktda ikkita buyruqni bajarish mumkin. Superskalyar arxitektura 
tushunchasi odatda yuqori samaradorligi RISС-protsessorlari bilan bog‘liq. 
Pentium— superskalyar deb ataluvchi, birinchi CISC (Complex Instruction Set 
Computer) protsessorlaridir.U bitta korpusga biriktirilgan 486 ikki protserssoriga 
ekvivalent.
1-jadval. 
Pentium protsessorlarining xarakteristikalari.
Vujudga kelish sanasi 
1993 yil, 22-mart (1-avlod), 1994 yil, 7 -
mart(2-avlod) 
Maksimal takt chastotasi 
60,66 MGts (1-avlod), 75, 90, 100, 120, 133, 
150, 166, 200 MGts (2-avlod) 
Chastotaning ko‘payish 
karraligi 
1x (1-avlod), 1,5x-3x (2-avlod) 
Registrlarning razryadliligi 
32 
Malumotlarning tashqi 
shinasining razryadliligi 
64 
Manzil shinasining razryadliligi 
32 
Manzillanayotgan xotira 
4 Gbayt 
Ichki kesh xotiraning o‘lchami 8 Kbayt (kodlar uchun), 8 bayt ( ma’lumotlar 
uchun) 
Ichki kesh xotiraning tipi 
Ikki betli, ikki yo‘nalishli ( ma’lumotlar 
uchun) 
Xotiraning qisqartirilgan 
sikllari 
Bor 
Tranzistorlar miqdori 
3,1mln va undan yuqori 
Kristaldagi elementlar miqdori 
0,8 mkm (60/66 MGts), 0,6mkm (75-
100MGts), 0,35 mkm (120 MGts va undan 
yuqori) 
Korpus 
273-kontaktli RGA, 196-kontaktli SPGA, 


qatlamli korpus 
Soprotsessor 
O‘rnatilgan 
Energiya ta’minotining 
pasayishi 
CMM tizim, 2-avlodda yaxshilangan 
Ta’minot kuchlanishi 
5 V(1-avlod), 3,465; 3,3; 3,1; va 2,9 V (2-
avlod) 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin