386 (3.26-rasm) protsessori real rejimda, 8086 va 8088 protsessorlarining
buyruqlarini taktning kam miqdorida bajara olar edi.Taktlarning o‘rtacha miqdori
286 niki singari 4,5 ga teng. Shunday qilib, 386 va 286
protsessorli
kompyuterlarning takt chastotalari teng bo‘lganda, “toza ” unumdorligi ham teng
bo‘ladi. Kompyuterlarni 286 protsessorning bazasida ishlab chiqaruvchi ko‘p
firmalar ularning takt chastotasi 16 va 20 MGts ga teng bo‘lgan tizimlarining
tezligi, 386 protsessorli, huddi shunday kompyuterlarning tezligiga tengligini
tasdiqlar edilar.Va ular xaq edilar! 386 protsessorning
real unumdorligi,
qo‘shimcha dasturiy imkoniyatlarni kiritish va MMU (MemoryManagement Unit)
xotira dispetcherini mukammallashtirish hisobiga erishildi.
386 protsessori himoyalangan rejimga va real rejimga kompyuterni oldindan
qayta yuklamasdan o‘ta oladi. Bundan tashqari,real rejimda bir-biridan
himoyalangan birdaniga bir nechta rejimlar bajariladigan virtuyal rejimlar (
virtual
real mode
) bajarilishi ko‘zda tutilgan.
386 protsessorining himoyalangan rejimi 286 protsessorining
himoyalangan rejimi bilan to‘la moslashuvchan. Uni ko‘p hollarda tabiy (
native
mode
)
deb ataladi,chunki ikki protsessor ham OS/2 va Windows NT operatsion
tizimlar uchun ishlab chiqilgan. Yangi MMU xotira dispetcherining ishlab
chiqilishi, himoyalangan
rejimda
xotirani
manzillashning
qo‘shimcha
imkoniyatlarini tug‘dirdi.Chunki, yangi MMU 286 protsessorining huddi shunday
tuguni bazasida ishlab chiqilgan, 386 protsessorining buyruqlar tizimi 286 bilan
to‘liq moslashuvchan edi. 386
protsessoridagi yangicha usul, 8086 protsessorining
ishiga taqlid qiladigan, virtual rejim o‘rnatilishidir.
Biroq bunda DOS va boshqa operatsion tizimlarning bir nechta
shinalari,o‘zining himoyalangan xotira qismlaridan foydalanib, bir vaqtda ishlay
oladi. .
Bir qismdagi dasturning ishlamay qolishi yoki
osilib qolishi tizimning
alohida bo‘limlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishdan chiqqan nusxani qayta yuklash
mumkin .386 protsessorning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular samaradorligi
bilan, iste’mol qiladigan quvvati va boshqa parametrlari bilan bir-biridan farq
qiladi.
Dostları ilə paylaş: