Xeon oilasiga mansub protsessorlar Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qo‘llaniladi. Ushbu protsessorlar
uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan
birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli
simmetrik tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100
MGs, yadrosining chastotasi esa 400 MGs va bundan ham yuqori, ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari yadro chastotasida ishlaydi.
Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha
keshlashtirilganida 1 yoki 3 Mbayt (36 bitli manzil belgilanishida jamiki manzil
makoni). Xeon protsessorlari nafaqat katta quvvati, balki katta, xususan: 5,2 x 12,7
x 1,9 sm o‘lchamlari bilan ham ajralib turadi.
Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mo‘ljallangan yangi
vositalarga ega. Protsessordagi faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan protsessorga oid
axborotni saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Processor Information ROM)
yadro protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar
diapazoni va iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), S- tasniflarni va
protsessorning 64 bitli seriya raqamini saqlaydi.
CPUID identifikatsiyalash yo‘riqnomasiga ko‘ra bunday axborotga kirib
bo‘lmaydi. Energiya jihatidan muxtor sanalgan Scratch EEPROM xotira qurilmasi
protsessorni (yoki ushbu protsessor o‘rnatilgan kompyuterni) yetkazuvchi
tomonidan tizimga oid axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bundan
boshqa navbatdagi axborotni kiritishdan himoya qilingan bo‘lishi mumkin.
Protsessor, haroratni nazorat qilib borish uchun dasturlanadigan qurilma bilan
birgalikdagi harorat datchigi (yadro kristali ustiga joylashtirilgan termodiod) bilan
jihozlangan. Ushbu qurilma kartridj sinovdan o‘tkazilayotgan bosqichda muayyan
protsessordagi termodiod bo‘yicha tekshirib to‘g‘rilanadigan analog-raqamli
o‘zgartirgichga ega. Termometr sozlanishining doimiy soni (konstantasi) PIROM
ga kiritiladi. Haroratni nazorat qilish qurilmasi dasturlanadi, ya’ni unga
o‘zgartirishlar chastotasi hamda harorat chegaralari kiritiladi. Harorat ushbu
chegaralarga yetganida tizim ishida uzilish ro‘y bergan signal shakllanadi. PIROM,
Scratch EEPROM va haroratni nazora
t qilish qurilmasi bilan hamkorlik qilish
uchun protsessor I C interfeysiga asoslangan ketma-ket ulangan qo‘shimcha
SMBus (System Management Bus) shinasiga ega.