Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Celeron rusumli protsessor



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Celeron rusumli protsessor
 
0.25 mkm-texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan "eng oddiy" kompyuterlar 
uchun protsessorning Celeron deb nom berilgan soddalashtirilgan varianti ishlab 
chiqarildi. Ilk Celeron protsessorlar yadrosining chastotasi 266 va 300 MGs (shina 
chastotasi - 66 MGs) bo‘lgan. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu 
esa, o‘z navbatida, ish unumdorligida o‘z aksini topdi (tizim platalarida ikkilamchi 
kesh-xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), tabiiyki, bo‘lmagan). Tizim 
platalarining narxi tushishi va Celeron ning o‘zi arzon bo‘lishi barobarida 
havaskorlar uchun mo‘ljallangan mashina chindan ham arzon bo‘lgan.
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGs li Celeron 300A 
modelidan boshlab, yadro kristalli ustida o‘rnatilgan va yadroning chastotasida 
to‘liq ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga 
ega. Bunday protsessorlar Mendocino nomi bilan ham ataladi. 
Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron 
protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va 
samarali ishlashini ta’minlaydi. Bunday protsessorlarga, asosida Pentium II 
protsessori yaratilgan P6 mikroarxitekturasiga oid barcha afzalliklar berilgan. Takt 
chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGs li Intel Celeron protsessorlar ichiga hajmi 
128 Kb li 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi o‘rnatilgan. Takt 
chastotasi 300 MGs li Intel Celeron protsessorlarning yadrosi o‘z ichiga 7,5 
million tranzistorni mujassam etgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGs 
li protsessorlarning yadrolari esa 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh- xotira 
qurilmasi o‘rnatilganligi bois 19 million tranzistorga ega. Barcha Intel Celeron 
protsessorlar 0.25 mikronli KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi. Barcha 
Intel Celeron protsessorlar (P.P.G.A.) tilchali chiqish joylarining matritsasiga ega 
plastik korpus ichida solinib chiqariladi. P.P.G.A. formfaktori protsessorning 370 
kontaktli uyasiga mos keladi. Bu esa, o‘z navbatida, kompyuter ishlab 
chiqaruvchilar uchun tizimlar narxini tushirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib
joiz konstruktiv loyihalar uchun keng yo‘l ochib beradi. 
Bundan tashqari, takt chastotasi 433, 400, 366, 333 va 300A MGs li Intel 
Celeron protsessorlar korpus ichida o‘rnatish qulayligi va tejamkorlikni 
ta’minlovchi S.E.P.P. rusumli kontaktlar bir tomonga joylashtirilgan holda 


yetkaziladi. Qo‘llanilgan korpus turidan qat’iy nazar Intel Celeron protsessorlar 
yuqori sifatli, ishonchli va boshqa qurilmalarga mos keladi deb e’tirof etilmoqda. 
Ushbu protsessorlar idoraga oid keng ommalashgan zamonaviy ilovalar va Internet 
tarmog‘iga kirishni ta’minlovchi dasturlar bilan ishlash uchun kuchli protsessorlar 
sanaladi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin