Intel 386 rusumli mikroprotsessor 1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi
4004 rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning
o‘zida bir nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan "ko‘p vazifali",
32 razryadli Intel 386 rusumli mikroprotsessor ishlab chiqildi. Mikroprotsessorlar
texnologiyasida erishilgan so‘nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386
o‘zining ajdodlari 8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot
bilan ob’ektli kod bo‘yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish
xossasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX
va MS-DOS singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar
ijrosiga o‘tish imkonini beradi. O‘zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386
rusumli mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli
dasturlarga (yoki dasturlarning ko‘p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi
bilan tavsiflanadigan "yirik" tizimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘ladigan
dasturiy resurslarni ta’minlaydi.
Intel 486 rusumli markaziy protsessor 1989 yili Intel korporatsiyasi tranzistorlar soni milliondan oshib ketgan
80x86 deb nomlanadigan mikroprotsessorlar oilasining birinchi vakilini havola
etdi. 486 protsessorlarining avlodi kompyuterda komandalar satri orqali amalga
oshiriladigan ishdan "ko‘rsatgin-u bir bor chert!" rejimiga o‘tilganligini nishonladi.
Intel 486 ichiga o‘rnatilgan matematik soprotsessorga ega birinchi mikroprotsessor
bo‘ldi.
U markaziy protsessor o‘rniga murakkab matematik amallarni bajarib,
ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini sezilarli darajada tezlatib yubordi.
486 protsessori komanda va ma’lumotlarning 8 Kbaytini saqlash uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, mikrosxema ichiga o‘rnatilgan ichki keshga ega.
Yaratiladigan yangi imkoniyatlar tizimlarning ko‘p vazifaligini yanada
kengaytiradi. Yangi operatsiyalar xotira qurilmasi ichidagi semaforlar bilan olib
boriladigan ishlar tezligini oshiradi. Mikrosxemalardagi jihozlar kesh-xotiraning
ziddiyatli bo‘lmasligini kafolatlab, ko‘p sathli keshlashtirish jarayonini amalga
oshirish uchun mo‘ljallangan vositalar ishini qo‘llab-quvvatlaydi.