Dasturchilarning fikriga qaraganda, Intel korporatsiyasining
afisha qilingan
MMX texnologiyasi so‘nggi 10 yil davomida yaratilgan Intel arxitekturasining
sezilarli yaxshilanganligini anglatadi. Ushbu texnologiyani ishlab chiqish tadbirlari
u afisha qilingan sanadan bir necha yil oldin, axborotning
har-xil turlariga ishlov
beruvchi hisoblash tizimlarining jadal rivojlanishiga javoban boshlandi.
Jumladan, yuqori sifatli grafika, video tasvir va tovush bilan bog‘liq ishlar
o‘ta yuqori unumdorlikka ega protsessorlarni yaratish zaruriyatini tug‘dirdi.
Bunday ehtiyojning oshishiga, shuningdek, Internet (Internet) tarmog‘ining ravnaq
topishi va shunga muvofiq axborotning har-xil turlarini mavjud aloqa yo‘llari
orqali uzatish (yetkazish) zaruriyati yuzaga chiqqanligi ham sabab bo‘ldi.
Intel
korporatsiyasi muhandislari 57 ta yangi yo‘riqnoma ishlab chiqdilar.
Ushbu yo‘riqnomalar jadal hisoblash amallari bajarilishini talab etib,
protsessorlarning muayyan turi ilovalariga xos bo‘lgan odatiy sikllar bajarilishi
mobaynida ish unumdorligini oshirish imkonini yaratdi.
Ushbu yangi protsessorlar Intel firmasida yaratilgan 0,35
mikronli yanada
yaxshilangan KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqildi. Mazkur texnologiya
quvvat kam sarf etilib, unumdorlikni oshirish imkoniyatini beradi. MMX
texnologiyasiga ega Pentium protsessor o‘z ichiga 4,5
million tranzistorni
mujassam etgan bo‘lib, unga MMX yo‘riqnomalari kiritilganidan tashqari
arxitekturasi ham sezilarli yaxshilangan. Jumladan, kristallga joylashtirilgan kesh-
xotira qurilmasining hajmi ikki barobar oshirilgan (ya’ni endi u 32 Kb ga teng) va
shartli o‘tishlarni oldindan samarali aytish mumkin. Bu esa protsessorning standart
etalonli sinovlarida unumdorlikning 10-20% ga oshirish imkonini berdi.
MMX texnologiyasi Intel arxitekturasi bilan to‘liq moslashishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, ushbu texnologiya keng qo‘llanilib kelayotgan operatsion tizimlar
va amaliy dasturiy ta’minot bilan to‘liq moslashadi. Ushbu texnologiya bo‘lg‘usi
protsessorlarda joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: