Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

8008 rusumli mikroprotsessor 
1972 yili Intel kompaniyasi o‘zining navbatdagi mikroprotsessorini ishlab 
chiqardi. Ushbu mikroprotsessorning quvvati o‘tmishdoshining quvvatidan ikki 
hissa ortiq eti. Hisoblash texnologiyalarining jonbozi Don Lankaster (Don 
Lancaster) shaxsiy kompyuter prototipini ishlab chiqishda kiritish-chiqarish 
terminali sifatida 8008 rusumli protsessorni qo‘lladi. 
8080 rusumli mikroprotsessor 
1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor korporatsiyaga 
chinakam muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira "
stek
"ining (rus. "stek") paydo 
bo‘lishi ayni shu mikroprotsessor bilan bog‘liq bo‘lib, kiritilgan har qanday 
dasturdan foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu protsessor "Altair" rusumli birinchi 
shaxsiy kompyuterning "miya"si sifatida qo‘llandi. 
8086-8088 rusumli mikroprotsessor 
1978 yili Intel firmasi birinchi bo‘lib 16 bitli 8086 rusumli 
mikroprotsessorni ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessor 80x86 deb nom olgan 
butun boshli mikroprotsessorlar oilasining ajdodi bo‘ldi. Sal o‘tgach, uning o‘rniga 
8088 rusumli mikroprotsessor kelib, u 16 bitli ichki registrlarga ega va 8086 
mikroprotsessorining arxitekturasini takrorlagan bo‘lsa ham, tashqi ma’lumotlar 
shinasi 8 bitni tashkil etgan. IBM korporatsiyasining endigina tashkil topgan 
bo‘linmasi shaxsiy kompyuter yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 
ushbu bo‘linma tomonidan xarid qilingan mazkur qurilmalarning yirik partiyasi 
8088 rusumli protsessorni IBM PC ning miyasiga aylantirdi. 
286 rusumli mikroprotsessor 
1982 
yili 
286 
rusumli 
mikroprotsessorning 
yaratilishi 
hisoblash 
texnologiyalariga oid yangi g‘oyalar ishlab chiqilishida qo‘yilgan navbatdagi katta 
qadam bo‘ldi. Ushbu mikroprotsessorning 80286 degan nomi ham keng tarqalgan 
bo‘lib, uni ishlab chiqish jarayonida mikrokompyuterlar va katta kompyuterlar 
arxitekturalarida erishilgan yutuqlar inobatga olindi. 80286 mikroprotsessori ikki 
rejimda ishlay oladi, jumladan: real manzil rejimida u 8086 mikroprotsessori ishini 
bajaradi, virtual manzilning himoyalangan rejimida (Protected Virtual Address 
Mode) yoki P-rejimda esa dastur tuzadigan mutaxassisga ko‘p imkoniyat va 


vositalarni havola etadi. 286 rusumli mikroprotsessor Intel firmasining oldin 
yaratilgan mikroprotsessorlari uchun tuzilgan har qanday dasturni bajarish 
qobiliyatiga ega birinchi mikroprotsessor bo‘ldi. Shu davrdan e’tiboran dasturiy 
moslik Intel firmasi mikroprotsessorlar oilasini boshqa oilalardan ajratib turuvchi 
alomati bo‘lganicha qolmoqda. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin