Zamonaviy DSP "signallarga raqamli ishlov berish protsessorlari" CSEG va DSEG
uchun alohida manzil-ma’lumot shinalariga ega. Bu esa, o‘z navbatida, ularga bitta
komanda yordamida har-xil xotira qurilmalariga kirib borish va ma’lumotlar bilan
bir nechta operatsiyalar bajarish imkonini beradi. DSPlarning o‘ziga xos asosiy
xususiyati shundan iboratki, barcha protsessorlarda
mavjud oddiy AMQdan
tashqari ular yana bir nechta hisoblash qurilmalariga ega. Bunday qurilmalar
jumlasiga birinchi navbatda MAU (Multiple- Accumulator Unit) "ko‘paytiruvchi-
akkumulyator" kiradi. Ushbu qurilma bitta komanda yordamida ikkita ko‘p
razryadli sonni ko‘paytirish hamda razryadi ikki hissa oshgan natijani oldin
bajarilgan komanda natijasiga qo‘shish qobiliyatiga ega. Shunga o‘xshash
"ko‘paytirish-qo‘shish" operatsiyasi barcha rekurrent algoritmlarda qo‘llaniladi.
MAUning protsessor shinalari tuzilishiga oid yuqorida zikr etilgan xususiyatlar
bilan uyg‘un ravishda mavjudligi DSPga bitta
komanda davomida rekurrent
algoritmining bitta qadamini to‘liq bajarish va navbatdagi qadam ijrosi uchun
dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash imkonini beradi. Hisoblab chiqaruvchi
qo‘shimcha qurilmalardan yana biri S (Shifter) "ko‘p razryadli siljish registri"dir.
Ushbu qurilma razryadlik darajasi AMQning razryadlik darajasidan oshadigan
sonlar bilan siljish operatsiyalarini amalga oshirish qobiliyatiga ega.
Hisoblab
chiqaruvchi ushbu qurilmalarning birgalikda bajaradigan ishi hisoblab chiqarish
unumdorligi bo‘yicha har qanday boshqa protsessorlar bilan qiyoslab
bo‘lmaydigan rekurrent algoritmlar ijrosiga erishish imkonini beradi. Zamonaviy
DSPga misol tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
- Analog Devices firmasining ADSP-21XX oilasiga
mansub - belgilangan
nuqtali 16 razryadli DSP, unumdorligi 30 MIPS ga qadar;
- Texas Instruments firmasining TMS320C3X oilasiga mansub -nuqtasi
o‘zgaruvchan 32 razryadli DSP, unumdorligi 30 MIPS, 60 MFLOPS ga qadar;
- Texas Instruments firmasining TMS320C240 - belgilangan nuqtali 16
razryadli DSP, uzatmani boshqarish vazifasi uchun moslashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: