O pK 1 OMM 2 OMM … N OMM bunda, OpK - operatsiya kodi;
1OMM - birinchi operand manzilining maydoni;
2OMM - ikkinchi operand manzilining maydoni;
NMM - natija manzilining maydoni;
OpKdan tashqari boshqa mustaqil maydonlarning mavjud bo‘lishi muayyan
komanda tomonidan va MP turi bilan belgilanadi. Operandlar manzillari
maydonlari hamda natija manzilining maydonidagi axborot muayyan komanda
ichida qo‘llaniladigan manzil belgilashning ma’lum usuli bilan belgilanadi.
MPlarning bugungi modellarida qo‘llaniladigan manzil belgilashning keng
tarqalgan usullari jumlasiga quyidagi usullar kiradi:
registrli manzil belgilash . Bunda operand registr ichida bo‘ladi. Registr
manzili esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni
bo‘lmaydi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri manzil belgilash . Bunda operandning jismoniy manzili
tegishli manzil maydonida joylashadi;
bevosita manzil belgilash . Bunda operandning bevosita qiymati tegishli
manzil maydonida joylashadi;
bilvosita manzil belgilash . Bunda operandning jismoniy manzili DP (Data
Pointer) bilvosita manzil registri ichida joylashadi. Registr manzili esa operatsiya
kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni yo‘q. DP sifatida
umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin;
bilvosita avtoinkrement/avtodekrement manzil belgilash .
Bunda operandning DP jismoniy manzili bilvosita manzil registri ichida
joylashadi. Ushbu registr manzili esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda
ichida manzil maydoni yo‘q. Operatsiya ijrosidan so‘ng (yoki operatsiya
bajarilgunga qadar) DP ichidagi ma’lumotlar, jadvalning navbatdagi elementiga
ishora qilinishi uchun inkrementatsiyaG’dekrementatsiya bo‘ladi;