ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunday arxitektura ham bo‘lishi joizki,
ayni bir registrlar ma’lumotlarni ham, manzillarga oid axborotni ham saqlash
uchun qo‘llaniladi. Bunday registrlar
umummaqsadli registrlar
(UMR) deb
ataladi. Registrlarning u yoki bu turidan foydalanish usullari MP rxitekturasining
muayyan xususiyatlarini belgilab beradi.
Ma’lumotlar registrlari orasida A (ingl. Accumulator)
akkumulyator
deb
ataladigan registr ajralib turadi. Ayni shu registr ma’lumotlarga arifmetik va
mantiqiy ishlov berish jarayoniga qo‘shiladi. Bu esa, o‘z
navbatida,
akkumulyatorning ichidagi narsalar arifmetik va mantiqiy komandalar tomonidan
operandlardan biri sifatida qo‘llanilishi va amalga oshirilgan operatsiya natijasi
ushbu registr ichida saqlanishini anglatadi. Unga ishora operatsiya kodi yordamida
amalga oshadi. Bunda, komanda kodi ichida operand
manzillari va natija uchun
maxsus soha ajratilishiga zarurat bo‘lmaydi. MP arxitekturasining bunday turi
akkumulyatorli arxitektura
deb ataladi. Ushbu
arxitekturada kuzatiladigan
kamchiliklar jumlasiga amalga oshadigan ishning nisbatan sust kechishini kiritish
mumkin. Bunday sustlik akkumulyatorning "tor joy" deb e’tirof etilishi va har
safar,
operatsiyani bajarishdan oldin, akkumulyator ichiga operandlar kiritilishi
zarurligi bilan izohlanadi. Ushbu arxitekturaga misol tariqasida Intel firmasi
tomonidan tayyorlangan MCS-51 oilasiga mansub mikrokontollerlarni
keltirish
mumkin.
Ma’lumotlar registrlarining boshqacha tuzilishi R0, R1 va h. k. rusumli
"ishchi registrlar" deb nomlanadigan registrlar sanaladi.
Registrlarning bunday tuzilishida operandlar hamda arifmetik va mantiqiy
operatsiyalar natijalari bir emas bir nechta registrda saqlanishi mumkin. Bu esa, o‘z
navbatida, ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qilish imkonini yanada kengaytiradi.
Yuqorida mulohaza yuritilgan
akkumulyatordan farqliroq, ishchi registrlar
komanda kodida manzil topadi. MP arxitekturasining bunday turi
Dostları ilə paylaş: