Magistralda, ishlash tezligi MzPning ishlash tezligidan past bo‘lgan
qurilmalar ishlab turgan ayrim holatlarda RD, WR va shu kabi boshqa stroblar
davomiyligi chetdagi modul tomonidan almashinish operatsiyasi to‘g‘ri bajarilishi
uchun yetarli bo‘lmay qolishi mumkin. Magistral operatsiya muvaffaqiyatli kun
topishini tashkillashtirish uchungina CB tarkibiga maxsus READY signali
kiritiladi. Kanalga murojaatlarning har bir siklida RD yoki WR strobasi yakuniga
yetishdan oldin MzP READY signalining holatini tekshiradi. Agar READY ushbu
fursatda hali uloqtirib yuborilmagan bo‘lsa, MzP tegishli stroba muddatini unga
WS (ingl. Wait State) deb nomlanadigan kutish taktlarini o‘rnatib, uzaytiradi.
Mikroprotsessorning ma’lum modeli va ish rejimiga bog‘liq holda WS ning
maksimal miqdori cheklangan yoki cheklanmagan bo‘lishi mumkin.
9-rasm.
Magistralda amalga oshadigan ishning oddiy rejimida faqat bitta faol
qurilma ishlaydi, u ham bo‘lsa, MzP bo‘lib, magistralda kechadigan ma’lumotlar
almashinuvining barcha sikllarini qo‘zg‘atadi.
Biroq, shunday holatlar ham joizki, bunda ayni bitta magistralda bir nechta
faol qurilma bo‘lib, ular ayni bir xotira va kiritish- chiqarish bloklari bilan ishlashi
darkor bo‘ladi. Boshqa faol qurilma ma’lumotlarni magistral bo‘ylab uzata olishi
uchun MzPni vaqtincha dezaktivatsiya qilish zarur bo‘ladi. Bu maqsadda aksariyat
zamonaviy mikroprotsessorlar "
Dostları ilə paylaş: