qurilmalar (klavishlar majmui, printer, soprotsessor va shu kabi qurilmalar) o‘ziga
muntazam biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga ega.
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini
boshqarish sxemasi quyidagi
vazifalarni bajaradi:
port manzilini va ushbu manzil uchun boshqaruvchi (portni qabul yoki
uzatish rejimiga ulash va shu kabi) axborotni shakllantirish;
portdan
boshqaruvchi axborotni, portning ishga shayligi va holati
to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish;
kiritish-chiqarish qurulmasining porti bilan MP o‘rtasidagi ma’lumotlar
uchun tizim interfeysining boshidan oxirigacha ketgan kanalni tashkillashtirish.
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi portlar bilan
aloqa bog‘lash uchun yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh), manzillar va tizim
shinasidagi ma’lumotlardan
foydalanadi, ya’ni: MP portiga kirish mobaynida
YKSh orqali signal uzatadi. Ushbu signal barcha kiritish-chiqarish qurilmalariga
manzillarning kodli shinasidagi (MnzlKSh) manzil port
manzili ekanligi haqida
xabar beradi, so‘ngra xususan port manzilini uzatadi. Bunday signalni qabul qilib,
port manzili mos tushgan qurilma ishga shay ekanligi haqida javob qaytaradi va
shundan so‘nggina MKSh orqali ma’lumotlar almashinuvi ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: