Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


 ShAXSIY KOMPYuTERDAGI BLOKLAR BAJARADIGAN



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

3. ShAXSIY KOMPYuTERDAGI BLOKLAR BAJARADIGAN 
IShLAR IZChILLIGI 
Dastur ShKning tashqi xotirasida saqlanadi. Dasturni ishga tushirayotgan 
foydalanuvchi kompyuterning diskdagi operatsion tizimiga (ingl. DOS - Disc 
Operation 
System) 
ushbu 
dasturning 
ijrosiga 
oid 
so‘roq 
yo‘llaydi. 
Foydalanuvchining so‘rog‘i - displey ekranidagi komanda berish satriga ishga 
tushiriladigan muayyan dasturning nomini kiritishdir. Bosh dastur (DOS-
Command.com) tashqi xotiradagi ayni fursatda bajarilayotgan dasturni uning 
boshlanish qismi (birinchi komanda) saqlanayotgan XTSQga mashina tomonidan 
qayta yozilishini ta’minlaydi. 
Shundan so‘ng avtomatik ravishda dastur komandalarining ketma- ket ijrosi 
boshlanadi. Har bir dastur o‘z ijrosi uchun mashina ishining bir nechta taktini talab 
qiladi (ushbu taktlar taktli impulslar generatoridan kelayotgan impulslar davri bilan 
belgilanadi). Har qanday komanda ijrosining birinchi taktida XTSQdagi 
hisoblagich-registrga o‘rnatilgan manzil bo‘yicha ushbu komanda kodi solishtirib 
chiqarilishi va bu kodning boshqaruv qurilmasidagi komandalar registrlari uchun 
mo‘ljallangan blok ichiga yozilishi ro‘y beradi. Ikkinchi va keyingi taktlar 
ijrosining mazmuni komandalar registrlari uchun mo‘ljallangan blok ichiga 
yozilgan komanda tahlilining natijalari bilan belgilanadi, ya’ni endi ma’lum bir 
komandaga bog‘liq bo‘ladi. 
Misol tariqasida keltirilayotgan komanda ijrosi davomidaquyidagi amallar 
bajariladi: 
SL 0103 5102
ikkinchi takt: XTSQning 0103 uyasidan birinchi qo‘shiluvchi solishtirib 
chiqariladi va u AMQga ko‘chirib o‘tkaziladi; 
uchinchi takt: XTSQning 5102 uyasidan ikkinchi qo‘shiluvchi solishtirib 


chiqariladi va u AMQga ko‘chirib o‘tkaziladi; 
to‘rtinchi takt: AMQda, ushbu qurilmaga uzatilgan sonlar qo‘shilishi va 
yig‘indining shakllanishi ro‘y beradi; 
beshinchi takt: AMQdan sonlar yig‘indisining solishtirib chiqarilishi va 
0103 uyasiga yozilishi ro‘y beradi; 
Eng so‘nggi (yuqorida keltirilgan misolda beshinchi) takt nihoyasida MPX 
komandalari manzilining hisoblagich-registri ichiga dasturning bajarilgan 
komandasiga taalluqli kod tomonidan band qilingan baytlar miqdoriga teng son 
yoziladi. Modomiki XTSQdagi bitta xotira uyasining hajmi 1 baytga teng va dastur 
komandalari XTSQda ketma-ket joylashgan ekan komandalar manzilining 
hisoblagich-registri ichida mashina dasturiga taalluqli navbatdagi komandaning 
manzili shakllanadi va mashina ushbu komanda ijrosiga kirishadi va h. k. Dastur 
ijrosi yakuniga yetmas ekan jamiki komandalar shu tariqa ketma-ket bajarilib 
boraveradi. Dastur ijrosi nihoyasiga yetgach, boshqaruv yana qaytadan 
Command.com operatsion tizimining dasturiga o‘tadi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin