Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
 
MIKROPROTSESSORLAR TIZIMI NEGIZINING TUZILIShI 
3-rasm. 
Tizimni boshqarish vazifasi
 xotira
(X) va
 kiritish-chiqarish tizimi
(KChT) 
bilan xotira kanali va kiritish-chiqarish kanali orqali tegishincha ulangan
MzP
ga 
(MzP) yuklanadi. MzP xotira ichidan muayyan dasturni shakllantiruvchi 
komandalarni solishtirib chiqarib, ularning kodini ochadi. Komandalar kodi 
ochilishining natijasigamuvofiq MzP xotira va kiritish portlaridan ma’lumotlarni 
tanlab olib, ularga ishlov beradi va xotiraga yoki chiqarish portlariga qaytarib 
yuboradi. Shu bilan birga ma’lumotlarni MzP ishtirokisiz ham xotiradan tashqi 
qurilmalarga va aks yo‘nalishda kiritish-chiqarish imkoniyati mavjud. Bunday 
mexanizm
 xotiraga to‘g‘ridan- to‘g‘ri kirish
(XTTK) deb ataladi. MP tizimining 
har bir tarkibiy qismi yetarlicha murakkab ichki tuzilishga ega. 
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraganda MP tanlash fursatida 
mikroprotsessor imkoniyatlarining ma’lum darajada umumlashtirilgan kompleks 
tavsiflariga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqaruvchi mutaxassis 


MPning faqat dasturlarda ochiq aks etadigan hamda tizim ishining chizmalari va 
dasturlarini tayyorlash mobaynida inobatga olinishi lozim bo‘lgan komponentlarini 
anglab olib, o‘zi uchun tushuncha hosil qilib olishga ehtiyoj sezadi xolos. Bunday 
tavsiflar mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi orqali belgilanadi. 
 
MIKROPROTSESSOR ARXITEKTURASI HAQIDA TUShUNChA 
 
Mikroprotsessor arxitekturasi
- foydalanuvchi nuqtai nazaridan 
qaraladigan mantiqiy tuzilish bo‘lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo‘ladigan 
funksiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko‘ra 
mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. Mikroprotsessor 
arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi: 
mikroprotsessor tuzilishini, ya’ni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy 
qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi 
uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir); 
ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini; 
tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan barcha 
elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar 
uyalariga, tashqi qurilmalarga ma’lum manzil bo‘yicha murojaat qilish); 
mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar to‘plamini; 
mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan 
kirib keladigan boshqaruvchi so‘zlar va signallar tavsifini; 
tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish 
tizimi va shu kabilar). 
Mikroprotsessor tizimining xotira bo‘shlig‘ini shakllantirish usuliga ko‘ra 
MP arxitekturalari ikkita asosiy turga bo‘linadi. 
Dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun bitta xotira bo‘shlig‘i qo‘llanilgan 
tuzilish

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin