siljigan tayanch bo‘yicha manzil belgilash. Bunda operandning tayanch
manzili BP (Base Pointer) tayanch registri ichida joylashadi. Ushbu registr manzili
esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Operand manzilining tayanch registriga
nisbatan siljish holati manzilning tegishli maydonida ro‘y beradi. BP sifatida
umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin;
indeksli manzil belgilash . Bunda operand manzili manzilning tegishli
maydonida joylashadi. Ushbu registr manzili esa operatsiya kodi tarkibiga
kiritilgan. Operand manzilining tayanch manziliga nisbatan siljish holati X (Index)
indeksli registr ichida ro‘y beradi. X sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus
manzil registri chiqishi mumkin;
indeksli tayanch bo‘yicha manzil belgilash. Bunda operandning tayanch
manzili BP tayanch registri ichida joylashadi. Operand manzilining tayanch
manziliga nisbatan siljish holati X indeksli registr ichida ro‘y beradi. Registrlar
manzillari operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni
yo‘q. X va BP sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registrlari
chiqishi mumkin;
segmantli manzil belgilash. Bunda jamiki xotira muayyan hajmga ega
segmentlarga bo‘lib chiqilgan. Segment manzili SR (Segment Register) segment
registri ichida saqlanadi, manzilning segment boshiga nisbatan siljish holati
manzilning tegishli maydonida yoki X indeksli registr ichida ro‘y beradi. X sifatida
umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin;
Muayyan protsessor, manzil belgilashning qaysi usullari unda joriy
etilganligiga bog‘liq holda, u yoki bu manzil registrlariga ega bo‘ladi. Manzil
belgilashning usullari qanchalik murakkab bo‘lsa, operand manzilining hisoblab
chiqarilishi uchun shuncha ko‘p vaqt talab qilinadi. Mikroprotsessorlar
arxitekturasi rivojining bugungi yo‘nalishlaridan biri - joiz komandalar sonining
qisqartirilishi orqali har qanday komandaning bitta mashina sikli davomida
bajarilishiga erishishga asoslanadi. Bunday protsessorlar RISC- protsessorlar
(Reduced Instruction Set Computer) deb ataladi. Bunday qurilmaga misol
tariqasida Motorola firmasining PowerPC mikroprotsessorini keltirish mumkin.
Kiritish-chiqarish tizimi tarkibida bir qator funksional jihatdan nihoyasiga
yetkazilgan qurilmalarni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bunday qurilmalar
tizimning
yagona
magistraliga
bevosita
ulanadigan
modullar
sifatida
tashkillashtiriladi. Oddiy holatda ushbu modullar MzPga ulanadigan bufer
registrlar -