Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
Intel korporatsiyasi 
 
Intel - INTegrated ELectronics korporatsiyasi 1968 yili Robert Noys (Robert 
Noyce) va Gordon Mur (Gordon Moore) tomonidan yaratilgan bo‘lib, ularga, 
keyinchalik Intel korporatsiyasining Direktorlar kengashi raisi lavozimigacha 


ko‘tarilgan Endryu Grouv (Andrew Grove) ham o‘sha yili qo‘shildi. 1974 yili 
korporatsiyaga uning bo‘lajak prezidenti va bosh boshqaruvchisi Kreyg Barrett 
(Craig Barrett) keldi. 
Biroq, bungacha mikroprotsessorni yaratish borasidagi dastlabki tajribalar 
dastlab Shockley Semiconductor Laboratory firmasi so‘ngra Fairchild 
Semiconductor firmasida (yarim o‘tkazgichlar laboratoriyalari) o‘tkazilgan edi. 
Noys va Gordon ikkala firma xodimlari bo‘lishib, ular yaratishgan Intel, ushbu 
firmalarda to‘plangan tajribalarni tabiiy ravishda o‘ziga mujassam etgan qandaydir 
alkimyo tarkibga o‘xshash korxona bo‘ldi. 
Noys miyasiga sxema yig‘ish mobaynida simlardan foydalanmasdan 
elementlarni bitta kremniyli plastina ustida yig‘ib, o‘zaro ulab ko‘rish g‘oyasi 
kelgan. 
1959 yili Noys diffuzion integral yoki metall changi purkalgan rezistorlar 
haqida, teskari yo‘nalishga qo‘zg‘atilgan pn-o‘tishlar yordamida asboblarni bir-
biridan izolyatsiya qilish xususida hamda yuzaga metall changini purkash yo‘li 
bilan hosil qilingan oksidlarda ochilgan teshiklar orqali elementlarni bir-biri bilan 
ulash to‘g‘risida o‘zining birinchi batafsil ma’lumotnomasini havola etdi. 
Yana bir oy o‘tgach, Noys bir nechta elementlarni bitta kristall ustiga 
joylashtirish g‘oyasi bilan o‘rtoqlashdi. Ayni shu fursatdan integral sxema haqidagi 
g‘oya real voqelikka aylandi. Fairchild Semiconductor uvaffaqiyat cho‘qqisiga 
chiqqan paytda Robert Noys va Gordon Mur Intel firmasini yaratish maqsadida o‘z 
firmalarini tark etishdi. 
O‘sha davrdan e’tiboran Intel firmasi, unda ishlaydigan xodimlar soni 64 
mingdan oshib ketgan, har yili (1997 yil oxirida olingan ma’lumotlarga ko‘ra) 25 
milliard dollardan ortiq yillik daromad ko‘radigan, mikroprotsessor ishlab 
chiqarish bo‘yicha dunyoda eng yirik korxonaga aylanib qoldi. 
Hisoblash mashinasining "miyasi" deb nom olgan mikroprotsessor shaxsiy 
kompyuter va boshqa ko‘plab elektron qurilmalarni boshqaradigan bosh organ 
vazifasini bajaradi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin