Qo‘zgalmas vergulli ikkilik sonlarini modifikatsiyalangan
tezkor xotirada
ishlatib qo‘shishda, quyidagi algoritmdan foydalaniladi:
1) agar operand ishorasi musbat bo‘lsa, u qo‘shish amalda
modifikatsiyalangan to‘g‘ri kodda ishtirok etadi, operand ishorasi manfiy bo‘lsa, u
qo‘shish amalida
modifikatsiyalangan teskari kodda ishtirok etadi;
2) operandlarning ikkilik kodi hamma xonalari (raqam va ishora xonalari)
bo‘yicha qo‘shiladi, bunda birga teng bo‘lgan ko‘chirish
qiymati signali katta
ishora xonasidan yig‘indining kichik xonasiga uzatiladi;
3) yig‘indi ishora xonalarining qiymati «00» ga teng bo‘lsa, yig‘indi musbat
qiymatga ega va to‘g‘ri kodda ifodalangan bo‘ladi;
4) yig‘indi ishora xonalarining qiymati «11» ga teng bo‘lsa, yig‘indi manfiy
qiymatga ega va teskari kodda ifodalangan, yig‘indining to‘g‘ri kodini olish uchun
yig‘indining raqam xonalaridagi qiymatlarni invertorlash lozim bo‘ladi;
5) yig‘indi ishora xonalarining qiymati «01» yoki «10» ga teng bo‘lsa natija
mashina xona to‘rining to‘lib – toshishiga olib keladi.
Qo‘shish amalining bajarishga mo‘ljallangan qurilma
operatsion qismining
struktura sxemasi 9 - rasmda keltirilgan bo‘lib, unda n=2 xonali to‘plovchi
jamlagich ishlatiladi.
9-rasm.
Jamlagich siklik uzatish zanjiri bilan qamrab olingan bo‘lib, bu zanjir orqali
ko‘chirish qiymati signali jamlagichning katta ishora xonasidan kichik xonasiga
uzatiladi. Birinchi qo‘shiluvchi jamlagichda to‘g‘ri kodda saqlanadi,
deb faraz
qilinadi. Ikkinchi qo‘shiluvchi registrda saqlanadi. Natija esa chiqish yo‘li
shinasida parallel kodda ifodalanadi.
Yuqoridagi algoritmga muvofiq qurilmaning operatsion qismida quyidagi
mikroamallar bajariladi:
U1:SM:=(RG)tesk;
Y2:SM:=RG;
Dostları ilə paylaş: