Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Arifmetik mantiqiy qurilmaning qo‘shish va ko‘paytirish amallari



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Arifmetik mantiqiy qurilmaning qo‘shish va ko‘paytirish amallari 
algoritmi 
Mikrodasturning sxematik ko‘rinishi rasmda keltirilgan. Ushbu algoritm 
quyidagilardan tashkil topgan: 
1. Birinchi qo‘shiluvchi Rg1 da joylashadi, uning ishorasi tahlildan o‘tadi, 
agar ishora manfiy bo‘lsa, operand Rg3 ga yuboriladi, agar musbat bo‘lsa, 
inversiya Rg2 va Rg3 ga uzatiladi. 
2. Ikkinchi qo‘shiluvchi ham Rg1 ga keladi va uning ishorasi tekshiriladi
agar ishora manfiy bo‘lsa operand inversiyadan o‘tadi aks holda Rg2 dagi 
operandlar yig‘indisi hisoblanadi (summator). 
3. qo‘shilgandan keyin natija ishorasi tekshiriladi, agar natija manfiy bo‘lsa, 
u inversiyadan o‘tkaziladi agar musbat bo‘lsa +1 qo‘shiladi. 
4. mashina razryad setkasi to‘lishi yuz bersa 

to‘lib toshish holati 
bajariladi, aks holda qo‘shish mikrodasturining oxiriga boriladi.
Endi ko‘paytirish algoritmini ko‘rib o‘tamiz. Fiksirlangan vergulli ikkilik 
sonlarni ko‘paytirishni surilish va qo‘shishlar ketma – ketligini ko‘rinishida 
ifodalash mumukin. 
Quyidagi algoritm eng qulay va ixchamroq hisoblanadi. Ko‘paytirish 
ko‘paytmaning kichik razryadlaridan boshlanadi, ular o‘ngga suriladi, qisman 
yig‘indilar summasi ham o‘ngga suriladi, ko‘paytuvchi joyida qoladi (5-rasm). 
1) Boshida barcha registrlar 0 holatiga keltiriladi. 
2) Ko‘payuvchi va ko‘paytuvchi tegishli registrlarda joylashadi, shuningdek 
qisman yig‘indilar alohida regiterlarga ajratiladi.
3) ko‘paytuvining kichik razryadi tekshiriladi, agar u 1 bo‘lsa u holda 
qisman yig‘indiga ko‘payuvchi qo‘shiladi. 
4) qisman yig‘ilgan summa va ko‘paytma bir razryad o‘ngga siljiydi. 
5) 3 va 4 amallar n marta takrorlanadi. 
Ko‘paytirish mikrodasturining strukturali sxemasi 6-rasmda. Endi Arifmetik 
mantiqiy qurilmani o‘zini ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Misol sifatida raqamli signalli 
protsessorli arifmetik mantiqiy qurilmani ko‘rib o‘tamiz. Signalli protsessor 
qo‘llanmaydigan texnika sohasini topish qiyin. Bu raqamli filtrlash, kodlash, 
dekodrlash, tovushni qayta ishlash va nutqni aniqlash, tasvirni qayta ishlash
boshqarish sistemalari shunga kiradi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin