Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish
virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning
asosiy sababi ularning hajmidadir. Masalan: aholisi 50000 kishidan iborat bo‘lgan
shahardan barcha 13- chi uylarni topish, aholisi 5000000 kishidan iborat
shahardagi barcha 13- chi uylarni topishga nisbatan ancha oson. Shu sababli tashqi
xotiradagi real manzilni topish uchun turli usullardan foydalaniladi. Manzil
bevosita varaq koeffitsiyenti qo‘shilishi bilan aniqlanadi va real adresdagi
berilganlar tanlanadi.
Berilganlarning saqlanishi:Ketma-ket, agar foydalaniladigan berilganlar
xotirada ketma-ket joylashgan bo‘lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan
berilganlarni olish uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli
berilganlar ketma-ket tanlab olinadi.
Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so‘ng o‘zinig
davomi qayerdan joylashganligi hakidagi ma’lumot bevosita berilganladan keyin
joylashgan bo‘ladi va bu malumot taxlil qilinib berilganlarning davomi
ko‘rsatilgan joydan boshlab talqin qilinadi.
Indeksli-ketma-ket , indeksli boshqarishdan farqi, berilganlar davomi
ko‘rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketma-
ketlik ko‘rinishida beriladi.
Himoya . OS da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo‘lishi kerak.
Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va
foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo‘ladi. Har qanday OS o‘z tarkibiga
kirgan dasturlarni himoyalashi ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Biroq bu himoyalanish
buzilishi mumkin, buzilish odatda tashqi aralashuv natijasida amalga oshiriladi.
Shu sababli OS tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman taqiqlab qo‘yiladi.
Albatta bunday taqiqni malakali foydalanuvchi "aylanib" o‘tishi mumkin, biroq
bunday usul tafsiya qilinmaydi.