Shaxslararo konfliktlar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari. Anotatsiya



Yüklə 30 Kb.
səhifə2/2
tarix06.06.2023
ölçüsü30 Kb.
#125653
1   2
04 05 4 Shaxslararo konfliktlar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR:

Shaxslararo nizolar hayotning barcha jabhalarida (jamoa, jamiyat, oila) namoyon bo'ladi va boshqarilishi mumkin, bu sabab va omillarni o'rganish, nizo munosabatlari sohasiga ta'sir qilish, strategiya va xulq-atvorni tanlash bilan bog'liq.Nizolarni yanada ishonchli hal qilish yoki oldini olish, ularning intensivligi va davomiyligini qisqartirish nizolarni boshqarish samaradorligining mezoni hisoblanadi.


Shaxslararo nizolar keng tarqalgan, ammo ularni turli usullar yordamida samarali hal qilish mumkin. Mojarolarning sabablarini tushunish va ularni hal qilish uchun tegishli usullardan foydalanish juda muhimdir.Quyida konliktlarni samarali hal qilish borasida bir qancha takliflarimizni keltirib o'tamiz.

  • Konflikt borligini ya'ni qarama - qarshilik borligini tan olish bu eng muhim va asosiy qadam hisoblanadi.

  • Konfliktni hal qilish tartibini kelishib olish.Agar konflikt tan olingan va aniq bo'lsa, u holda u hissiyotlar orqali hal etilmaydi uni hal qilishni birgalikda muhokama qilib olish muhim sanaladi.

  • Mumkin yechimlarni o'rganish va iloji boricha ko'proq yechimlarni ishlab chiqish.

Bundan tashqari faol tinglash, samarali muloqot, nizolarni hal qilish texnikasi, taranglik ostida bo'lgan har bir kishi bilan aloqada va muloqotda bo'lish va vositachilik izlash nizolarni konstruktiv tarzda hal qilishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, sog'lom munosabatlarni saqlab qolish uchun samarali muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish va nizolarni hal qilishning tegishli usullaridan foydalanish juda muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. M.T.Axmedova. Pedagogik konfiktologiya. Toshkent -2020.

  2. Jumayev R.Z. "Konfliktologiya asoslari, asosiy tushuncha va tamoyillari". O‘quv qo‘llanma-T. 2015.

Yüklə 30 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin