Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Iroda psixologiyasi Reja



Yüklə 20,92 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü20,92 Kb.
#180859
1   2   3   4   5   6   7
Hissiy irodaviy

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.

Kayfiyat


Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.
Kayfiyat - odamning nisbatan zaif va o`rtacha kuchga ega bo`lgan, odatda uzoq vaqt davom etadigan ayrim ruxiy jarayonlarga umumiy hissiy tus berib turadigan holat kayfiyat deb ataladi. Pedagogik faoliyatda butun sinf jamoasida sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda jiddiyroq, vaqti kelganda quvnoqroq kayfiyat yaratish ta`lim ishi samaradorligining muhim shartidir

Yuksak hislar


Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda mavjud bo`lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o`z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari;
  • praksik (amaliy)
  • axloqiy
  • Intellektual
  • estetik hislarga ajratiladi.

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.

Praksik hislar


Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.
Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatga shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda odam biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo`llarini baholaydigan, ta`sir qilish usullari va qurollarini ma`qullaydigan va ma`qullamaydigan, ularning to`g`ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo`lib, insonning mehnatga bo`lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o`rinni egallaydi.

Axloqiy hislar


Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy xususiyatlariga hamda o`zining xatti - harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish korxonasi) manfaatlari nuqtai nazaridan turib harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi.

Yüklə 20,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin