Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Iroda psixologiyasi Reja


Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari



Yüklə 20,92 Kb.
səhifə7/7
tarix16.12.2023
ölçüsü20,92 Kb.
#180859
1   2   3   4   5   6   7
Hissiy irodaviy

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.
Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.
  • Bevosita irodaviy harakatga undaydigan sabablar, ehtiyojlar, uning motivlari va maqsadlari, ishtiyoqlari, istaklari va hokozolari kiradi.
  • Bo`lar aniq bo`lsa, bunday intilish istak deyiladi. Anglanmagan intilishlar havaslar deb ataladi. Havas istakka qaraganda kishining irodaviy yordamini kamroq oladi va shu sababli havasning maqsadi ko`pincha real amalga oshmaydi.
  • His-tuyg`ular irodaviy harakatlarga undaydigan muhim sababdir. Ular qiyinchiliklarni engishga, o`z oldiga qo`yilgan maqsadga sabot bilan erishishga undaydi.
  • Irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda mehnatning ahamiyati katta.
  • Kishining qaror topgan qarashlari, dunyoqarashi, irodaviy xulq -atvorning muhim sababidir.

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.
  • Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy - kishi hech ikkilanmasdan ko`zlagan maqsad sari boradi, u nimaga va qanday yo`l bilan erishajagini aniq biladi. Murakkab - maqsadni tanlashga ikkilanish, harakatni tanlashga qiynalish. Bunday hollarda irodaviy harakat murakkab xarakterga ega bo`ladi va ikki bosqichga ajratiladi: 1) tayyorgarlik; 2) bajarilish; 1- Niyatni, maqsadni, anglashni ba`zan motivlar kurashi bilan qarorga kelishini, ish olib boriladigan metodlarni tanlashni o`z ichiga oladi. Masalan, oliy o`quv yurtiga kirish bosqichlari. 2- Qarorning bajarilishi. Kishi faoliyati davomida o`zini xarakterlab beradigan irodaviy sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarim sharlar po`stlog`idagi qo`zg`alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan bog`langan bo`ladi, boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda, ularni to`xtatib qolishda, yo`q qilishda nomoyon bo`ladi.

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.
  • Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o`z ichiga oladi. 1.Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo`lmagan qiyinchilikni, vaqt o`tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda chiniqtiradi. Har bir qarshilikni "buysundirilmagan qal`a" sifatida baholash lozim va uni, bu "qal`ani olish" uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 2. Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma`lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni hech qachon unutmasligi, faoliyatning so`nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi kerak. 3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo`yadi. Ammo qaror qabul qilayotib, uning ham maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak . 4. Agar kishi uzoqqa mo`ljallangan maqsadni oldiga qo`ygan takdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko`rishi, yaqin kelajakka mo`ljallangan istiqbolni ko`ra olishi juda muhimdir. Pirovardida pirovard maqsadga erishish uchun sharoitlar yaratiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 20,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin