Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Aqliy (intellektual) hislar odamning haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali, tushunarli yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlarda ifodalanadi. Aqliy hislarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmaydigan hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib ketgan odam o`zining bilish ehtiyojlarini ondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g`oya hamda e`tiqodlarning hayotga tadbiq qilish uchun bo`lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo`ladi.
Estetik hislar
Axloqiy hislar ularning taraqqiyoti uchun yakin hisoblangan estetik hisga doimo tayanadi. Odamlar hayotning turli faktlarga va ularning san`atiga aks ettirishiga qandaydir go`zallik yoki xunuklik, fojiali yoki kulgili, olijanob yoki razil, nozik yoki dag`al hodisalar sifatida munosabatda bo`ladilar. Bu hislar tegishli baholarda, estetik didlarda namoyon bo`ladi va o`ziga xos, badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi.
Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.
Iroda haqida tushuncha
Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Kishining o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to`siqlarni harakat yordamida engish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayonni so`zning asl (tor) ma`nosida iroda deb atash qabul qilingan. Ichki to`siqlar - yalqovlik, charchovni, bajarilishi kerak bo`lgan vazifaga aloqasi bo`lmagan boshqa biror narsa bilan shug`ullanish istagini engishga majbur qilish qiyin bo`lgan vaqtning belgilangan narsani bajarishga xalaqit beradigan sub`ektiv, shaxsiy mayllardir, zararli odatlar, mayllar, istaklar. Kishi irodaviy zo`r berish tufayli ularni engadi. Tashqi to`siqlar ishning o`ziga xos bo`lgan ob`ektiv qiyinchiliklar, uning murakkabligi har xil xalaqit berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko`rsatishi, ishning og`ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Lekin iroda termini bilan shaxsning qiyinchiliklarni engib, astoydil va aniq maqsadni ko`zlab harakat qilish qobiliyatini ham ataydilar. "Zo`r iroda, bu biron narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas, balki shu bilan birga, zarur bo`lib qolganda o`zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir".
I r o d a - bu shunchaki, istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to`xtatish, ham istak, ham ayni vaqtda undan voz kechishdir. Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash- to`xtatuvchi vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi va ularda o`zini namoyon qiladi. Filosofiya va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, dastlabki faollikka bo`ysungan bo`ladi. Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog`liq bo`lmagan irodaviy hukmga etakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o`z-o`ziga "Fiat!" (lotincha "Ha bo`la qolgin!" degan ma`noga ega bo`lgan so`zni bildiradi) deydi va go`yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oshiriladi.