Shaxsning kasbiy kamoloti


Professiogenezning markaziy nuqtasi



Yüklə 47,23 Kb.
səhifə3/10
tarix24.03.2023
ölçüsü47,23 Kb.
#89537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja

Professiogenezning markaziy nuqtasi.


Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko„lamda ko„rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub‟ektining faollik darajasiga bog„liq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon bo„ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi.
Ikkinchidan, sub‟ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy normalarning o„zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qo„llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarda namoyon bo„ladi.
Uchinchidan, sub‟ektning kasbiy o„z-o„zini anglashi, o„z-o„zini namoyon qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin tayyorlaydigan o„z-o„zini anglash, o„z-o„zini boshqarish, o„z-o„zini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo„ladi. Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va shaxsning o„zini-o„zi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga bog„liq bo„ladi.
To„rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo„ladi va tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko„rib chiqiladi.
YUqorida ko„rsatilgan professiogenezning o„ziga xos xususiyatlari mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub‟ektining kasbiy kamolotga erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi,
ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi.
Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida o„rganish borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs xulq- atvori va kasbiy sohasida o„z aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi shaxslarni kasbiy qayta yo„naltirish keng tarqalgan voqelikka aylangan. O„zini-o„zi anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub‟ektlarning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo„ldi.
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy faoliyatni o„zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yo„naltirish vaziyatining xarakteri hamda mehnat sub‟ektining individual-psixologik xususiyatlariga bog„liq holda kasbiy faoliyatga moslashishni o„rganish maqsadida tadqiqot ishi olib borilgan.
Yetuklik davrida kasbiy qayta yo„naltirish va uning kasbiy shakllanish jarayoniga ta‟siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi:

  1. Qayta yo„naltirish vaziyatining ko„rinishiga ko„ra (majburiy yoki ixtiyoriy);

  2. Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga ko„ra (turli yosh va ish stajiga ega bo„lgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, shifokor, o„qituvchi);

  3. Joriy faoliyatning xarakteriga ko„ra;

  4. Qayta yo„naltirilgan sub‟ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga ko„ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar).

Qayta yo„naltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda majburiy qayta yo„naltirishni, ya‟ni ishdan haydalish, tashkilotning inqirozga uchrashi vaziyatlarini boshidan o„tkazgan kadr sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy faoliyatga moslasha olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga muvofiq), 84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo„naltirishni yoki qo„shimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta yo„naltirishni boshidan kechirayotgan kadrlarning yangi kasbiy faoliyatga psixologik moslashishida ko„pgina qiyinchiliklarga uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining tezligi shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavotirlanish darajasiga bog„liqdir.
Shaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma‟lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi va mazmuni hamda bu jarayon bilan bog„liq ravishda shaxsga nisbatan qo„yiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish jarayonining yangi qirralarini o„rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan
bo„lib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan strukturaviy- dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi.
To„rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya‟ni uchuvchilik qobiliyatining tuzilishidagi komponentlarning o„zaro ichki aloqalarini namoyon bo„lish darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma‟lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis bo„lib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yo„nalganligi psixik mavqe jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo„yiladigan talablarga muvofiq tarzda rivojlanganligi bo„lajak mutaxassislarning kontengentini to„liq shaklda aniqlab bera olmaydi.
Ta‟limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy, xarakter jihatdan va o„zaro chambarchas bog„liq holda o„zgarishi aniqlangan bo„lib, ular kursantlarga qo„yiladigan talablarning turli mazmunga egaligi bilan bog„liq: o„quv masalalari, qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov bo„yicha) individual funksional moyilligi bilan belgilanadi.
Kursantlarning turli ta‟lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim xususiyatlarini namoyon bo„lish darajasi ko„rsatkichlarining dinamikasini katta variativligi psixik taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va o„zgarishlarning betartibligi, qolaversa, har bir o„quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta‟sirida aks etishi joriy qilingan. Ta‟lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni tizimlashtirishning samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan bo„lib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga, ya‟ni xarakterning kasbiy ta‟lim bosqichidaga passiv qobiliyatlar tuzilishiga bog„liq ravishda o„zgarishiga (birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va ahamiyatsiz aloqalar mavjud bo„lib, to„rtinchi kursga kelganda-etakchi xususiyatlar orasida “kuchli” aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi); kasbiy muhim xususiyatlar tuzilishida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor (etakchi faollik), faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat qilish) kabi 3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda.
Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni past va yuqori o„zlashtirish darajasiga bog„liq holda namoyon bo„lishida miqdor va sifat jihatdan tafovutlar borligini ko„rsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo„lgan kursantlarda kasbiy muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada bo„lgan kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi kasbiy masalalarni o„zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug„diruvchi konservativ, qattiqqo„llik tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi.
Sunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining o„ziga xosligida aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o„rnatish jarayoni kasbiy
muhim psixologik xususiyatlarning maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning kasbiy tizimda to„liq shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar mutaxassislarni kasbiy etuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab beradi.
Mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi professionalizm, malakaga, kompetentlikka va etuklikka egaligida mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri kasbiy shakllanganlikning o„ziga xos xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub‟ektining kasbga egalik qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, ko„nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi va namoyon bo„lishi asosida ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo„llaniladi. Mehnat sub‟ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta‟kidlashicha, “kasbiy shakllanganlik” tushunchasi turli ma‟nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va psixologik sifatlariga bo„lgan me‟yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud bo„lgan va uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta‟minlaydigan kasbiy yo„naltirilgan xususiyatlar majmuining me‟yorlari sifatida qo„llaniladi”. Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib ko„rsatgan: “shaxsning o„zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o„zini mutaxassis sifatidagi to„liq obrazi; kasb yordamida o„zini-o„zi rivojlantirish va etishmaydigan xususiyatlarning o„rnini qoplash qobiliyati va x.k.”
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o„z ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo„llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa) qo„yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. YUqori kasbiy malaka mehnat sub‟ekti etukligini shakllanishining va namoyon bo„lishining muhim sharti hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik etarli darajada bo„lmasa ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.

    1. Yüklə 47,23 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin