Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi.
Shaxs munosabatlari
|
Egalik qilish modusi
|
Ijtimoiy intilishlar modusi
|
Xizmat qilish modusi
|
O„ziga munosabat
|
Jangari, “changalzor
qonunlari” asosida yashovchi.
|
Muhitga
bog„liqlik, “qurbon” tamoyili.
|
Taqdir va yaratganning irodasi.
|
Boshqalarga munosabat
|
Ishbilarmon: “sen- menga, men-senga”.
|
Qizg„anchiqlik,
raqobat, antogonizm.
|
Muhabbat
|
Ishga munosabat
|
Tartibli
|
“Ko„z
bo„yamachilik”.
|
Ma‟suliyat, ijodkorlik.
|
Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik qilish nazarda tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular kamchilik, etishmovchilik sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik qilish ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda individga tegishli bo„lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha ko„tariladi. Kasbiy faoliyat san‟at darajasigacha ko„tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki natijasiga ko„ra predmetli yoki to„liq predmetli ko„rinishlarga ajratiladi. Shunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday motivning o„zi yo„q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa bo„ldi.
Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko„rsatish mumkin, ulardan biri kasbni endi o„zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o„tgan, lekin yuqoriroq darajaga erishmagan. Birinchi chiziq o„zining natijasiga ko„ra ikkita imkoniyatga ega. Ulardan biri – bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o„tish. Ikkinchisi – bu bosqichda izlanish va “to„xtab qolish”dan bosh tortishdir.
Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o„zini “topganligi”, uning o„zini va o„z faoliyatini o„zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. SHaxs faoliyatga nisbatan o„z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi.
Kasbiy etuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida ko„rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bog„liq, lekin u faqatgina operatsional soha taraqqiyoti, bilim, ko„nikma va malakalarni o„zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini guvohlik berishicha, shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi bilan bog„liq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta‟sirida uning dinamikasini boshqarish muhim rol o„ynaydi, buning natijasida shaxs o„zini kasbiy faoliyat sub‟ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini tushunadi.
Shaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga yo„nalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kashf qilinishi va uning alohida komponentlari hamda tuzilishining o„zgarishini muhim manbasi bo„lib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda ko„zlangan natijaga erishish uchun psixik zo„riqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub‟ekti shaxsining psixik taraqqiyoti manbasi bo„lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi predmetli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni bo„lib, uning mehnat jarayonini har bir bosqichida o„zgarishlarni aniq bir fazasini bosib o„tuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yo„nalganligiga, psixik va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivatsion- ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bog„liqdir
Mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini o„zaro aloqasi va mazmunini o„zlashtirishini o„z ichiga oladi.
Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri o„zi haqidagi tasavvurlarning (“Men-konsepsiyasi”), “Men-mutaxassis” obrazi va mutaxassis modeli namunasining shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi.
Ko„rsatib o„tilgan sub‟ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda o„z aksini topgan bo„lib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining to„liq integratsiyasiga yo„l qo„ymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti uchun to„siq bo„lib xizmat qilishi ham mumkin”, degan g„oyani tasdiqlaydilar. Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning o„ziga xos xususiyatlari bilan muvofiq bo„ladi.
Sub‟ektning psixik sohasini o„rganish natijalariga ko„ra mehnat mutaxassis shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan psixik funksiyalarning rivojlanish holati o„rtasidagi aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib, mehnat faoliyatining shaxsga ta‟siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari darajasini aniqlab beradi.
Mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishi, o„zining hayotiy pozitsiyasiga, maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega bo„lgan mutaxassis shaxsining shakllanishi, sub‟ektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini engib o„tishi, faoliyat determinantlari ta‟sirida uning hayotga psixologik qarashlarining o„zgarishi natijasi hisoblanadi.
Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini, shaxsning o„ziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat faoliyatining rolini, sub‟ektning kasbiy shakllanishini o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu jarayonni “professiogenez” atamasi bilan atash mumkin. SHaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik
yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o„rganuvchi psixologiyaning qator sohalari va boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos bo„lib xizmat qiladi.
Mutaxassis shaxsining shakllanishini o„ziga xos xususiyatlari mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub‟ektining kasbiy faoliyati davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o„rganish asosiga qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko„rib chiqiladi. U faqatgina shaxs taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o„rganishga qaratilgan bo„lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro„li kasb va faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obro„li kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini ahvoli haqidagi ma‟lumotlar yordamida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |