Shaxsning kasbiy kamoloti



Yüklə 47,23 Kb.
səhifə6/10
tarix24.03.2023
ölçüsü47,23 Kb.
#89537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja

Obektiv omillar sirasiga eng avvalo, shaxsning sog„lomlik darajasi kiradi. Ayrim shunday kasblar borki, insonning jismoniy salomatligiga muayyan talablarni qo„yadi. Navbatdagi obektiv omillar qatoriga ta‟lim olish uchun moddiy ta‟minlanganlik darajasi ham kiradi. Muayyan bir kasbni o„zlashtirish hamda moddiy mablag„ sarfini talab qiladi.
Subektiv omillar orasida shaxs qiziqishi muhim o„rin egallaydi. Agar kasb qanchalik qiziqarli bo„lsa, ushbu kasbni tanlash ehtimoli yuqori bo„ladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‟liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funktsiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‟rsatib bergan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‟p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‟z imkoniyatlarini to‟liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o‟zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta‟limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o‟rganishni muhimligini ko‟rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o‟rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo‟naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib
ko‟rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.
Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko‟pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko‟pincha mutaxassis shaxsining to‟la tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo‟li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko‟rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.
Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o‟rganishda insonning imkoniyatlarini to‟liq ochib beruvchi sub‟ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo‟linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub‟ekt o‟zini “topgan”, o‟zida va faoliyatida o‟zini o‟zgartirishni hoxlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub‟ektning o‟zini o‟zi “qidirishi” bilan izohlanadi. Bu o‟tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.
Garmonik aloqalar uchun sub‟ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo‟ladi, u sub‟ekt-predmet tartibi – rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson “taraqqiyotning absolyut harakati holatida” bo‟ladi.
A.A.Rusalinova tomonidan kasb tanlashning 3 ta omili ajratib ko„rsatiladi:
-moddiy motivlar (kasb orqali moddiy ta‟minlanganlik);
-ijtimoiy mavqei (kasbning jamiyatdagi o„rni va qadri);
-shaxsning qiziqishlari darajasi (bu shaxsning kasbdan qoniqishi va uning ko„rsatishi bilan bog„liq darajada).
U yoki bu kasbni tanlashga ta‟sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:
-tanlagan kasbiga shaxsiy layoqatning mavjudligi;
-kasbni shaxs qiziqishlari va intilishlari bilan muvofiqligi;
-tanlangan kasbni egallash uchun moddiy imkoniyatlarni yetarli ekanligi;
-tanlagan kasbni egallash oson va qulayligi;
-tanlagan kasbi doirasida ish topishning osonligi va karera qilish imkoniyatining mavjudligi;
-ko„p miqdordagi oylik maoshi;
-ota-ona va do„stlari tomonidan beriladigan maslahat.
Kasbiy layoqat tizimi ijtimoiy muassasa sifatida o„zaro bog„liq darajalardan iborat:

Yüklə 47,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin