Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


www.scientificprogress.uz



Yüklə 422,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü422,92 Kb.
#123066
1   2   3   4
shaxsning-rivojlanishi-tarbiyasi-va-ijtimoiylashuvi

www.scientificprogress.uz
 
Page 314
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga 
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib 
bo‘lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi 
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.Inson butun umri 
davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda 
bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol 
topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki 
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato 
baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni 
rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar 
hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi 
uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. 
Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni 
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi 
uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora 
tadbirlar yig`indisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy 
qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. 
Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya 
tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi 
keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini 
shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida 
faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar 
yig`indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar 
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum
uning yetakchi g`oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham 
oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va 
maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, 
dunyoqarashi, maʼnaviy axloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan 
pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat 
tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga 
kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud 
boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi 
koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jaravon. Chunki har qanday jamiyat 
rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me`yorlar va 
qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib 
mazkur jamiyatda yashash, uning a`zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun 
jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta`sir etadi. Bu ta`sir ta’lim 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 422,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin