8 - rasm. Xomaki misni tozalash uchun mo‘ljallangan ILK-6 markali induksion pechning ko‘rinishi
9.- rasm. IST markali po‘lat eritishga mo‘ljallangan indukitson pech.
1-futerovka; 2-jarayonning borishini ko‘rsatuvchi datchik; 3-induktor; 4-asos va karkas; 5-qopqoq; 6-qopqoqni ko‘taruvchi mexanizm; 7-pechni harakatga keltiruvchi mexanizm.
Shaxtali pechning ishchi bo‘shlig‘i to‘g‘ri burchakli, dumaloq, chuziq doira shaklidagi kesimga ega bo‘lgan shaxtadan iborat. Temir rudasidan cho‘yan erituvchi vagrankalar va boshqalar shaxtali pechlar turkumiga kiradi.
Isitish (issiqlikni hosil qilish) bo‘yicha shaxtali pechlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1).ag‘darmapechlar; 2) tashqio‘txonalipechlar. Domna pechi ag‘darma pechlarga yorqin misoli bo‘la oladi. Ag‘darma pechlarda yoqilg‘i sifatida koks (domna pechlari) yoki antratsit-boshqa shaxtali pechlarda ishlatiladi. Xom-ashyo va yoqilg‘i qatlam ko‘rinishida navbatma-navbat yuklanadi. Pechning kesimi bo‘yicha yoqilg‘i va xom-ashyoning bir tekisda taqsimlangan bo‘lishi juda muhimdir.
Material va yoqilg‘ini pechga yuklash uchun yagona mexanizmdan foydalaniladi.Ag‘darma turdagi pechlarning ishchi bo‘shlig‘ida materialni isitish bilan birga yoqilg‘ini gazlashtirish jarayoni ham yuz beradi. Oksidlardan birlamchi moddalarni tiklash ishlari amalga oshiriladigan pechlarda (masalan, rudadan temir tiklanadigan domna pechlarida) bu jarayon zarurdir.Domna gazi changlardan tozalangandan so‘ng, qozon va pechlar uchun yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Cho‘yan eritish vagrankalari va boshqa ag‘darma pechlarining gazlari juda past yonish issiqligiga ega bulib, ulardan foydalanish ancha murakkabdir.
Odatda bog‘lovchi va o‘tga chidamli materiallarni toblash (pishirish) uchun qo‘llaniladigan pechlar tashqi o‘txonalar bilan jihozlanadi; bunday o‘txonalarda uchuvchan moddalarni ko‘p miqdorda hosil qiluvchi yoqilg‘ilar (torf, qo‘ng‘ir ko‘mir va boshqalar) yoqiladi.2.2-rasmda dolomitni toblash (pishirish) uchun ishlatiladigan shaxtali pech ko‘rsatilgan. U ag‘darma turdagi pech bo‘lib, unda koks bilan antratsitning aralashmasi yoqiladi. Shaxta qalin temir qobig‘iga ega, u ichki tomondan o‘tga chidamli shamot va magnezit g‘ishtlari bilan futerovka qilingan.Material bilan yoqilg‘i maxsus yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida yuklash apparatiga va undan keyin pechning ishchi bo‘shlig‘iga uzatiladi.
Gazlar shaxtadan atmosferaga chiqariladi.Bo‘lakli xom dolomite va yoqilg‘i bir tekis qatlamlar holida yuklanadi, bunda uch hajm xomashyo va bir hajm yoqilg‘i
sarflanadi Dolomitni toblash (pishirish) harorati 1600-17000Cga va chiqib ketuvchi gazlarning harorati 250-3000Cga teng. Yoqilg‘ining yonishi uch un zarur bo‘lgan havo ventilyator yordamida pechning pastki qismida joylashgan panjara ostiga beriladi, bu erda u soviyotgan materialning issiqligi hisobiga 350-4000С gacha
isiydi va undan keyin yuqori haroratli bo‘limiga o‘tadi.