Shaxtali (minorali) eritish pechlarimetallurgiyada yirik ruda, aglomerat va briketlarni eritishda keng foydalaniladi. Xususan shaxtali pech-lar qo‘rg‘oshin, nikel metallurgiyalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Shaxtali pechlar vertikal holda joylashtirilgan bo‘lib, uning yuqori qismidan xomashyo yuklanadi. Pastki qismidan esa yoqilg‘i yon-dirilib beriladi. Bunda eriyotgan material bilan qizigan havo bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi. Shaxtali pechlarning bunday ishlashi uni doimiy shixta bilan yuklanib metall olishni ta’min-laydi. Bu o‘z navbatida issiqlikni tejalishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayon quyidagi sxemada ko‘rsatilgan (2- rasm).
1-pech; 2-ichki gorn; 3-koloshnik; 4-furma; 5-erish jarayoni mahsuloti oqib tushadigan tarnov; 6-mahsulot (shlak, shteyn) yig‘ilish gorni.
Shaxtali pechlarning afzallik tomoni quyidagilardan iborat: yuqori ishlab chiqarish unumdorligi (30-120 t/m2/sutka), desul-furizatsiya darajasining yuqoriligi (30-80%), pechda issiqlik energiyasidan foydalanish koeffitsientining yuqoriligi 40-60%, yoqilg‘i sarfining kamligi, eritilayotgan massaga nisbatan 3-30% ni tashkil etadi.
Shaxtali pechlar quyidagi qismlardan tashkil topgan: fundament, lished, ichki gorn, koloshnik ustidagi qurilma, havo va suv sistemasi shixta yuklash va mahsulot ajratish qurilmalaridan iborat.
2.Avtogen jarayonida ishlaydigan pechlar Keyingi yillarda rangli metallurgiyada energiya tejamkor bo‘lgan avtogen sharoitida ishlaydigan pechlar qo‘llanila boshlandi. Avtogen sharoitida ishlaydigan pechlarni isitish xomashyo tarkibidagi oltingugurt (S) va sulfidli minerallarning (MeS) yonishi natijasida ajralgan issiqlik hisobiga amalga oshiriladi.
Bunday pechlarga kislorod mash’al, suyuq vannada eritish pechlari (Vanyukov jarayoni), konverterlar va h.k. kiradi.