Shaxtali pechlar


Kislorod - mash’al pechda (KMP) eritish



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə3/7
tarix09.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#127883
1   2   3   4   5   6   7
Shaxtali pechlar

Kislorod - mash’al pechda (KMP) eritish. KMP jarayoni dunyoda ikkita zavodda qo‘llaniladi: Kanadaning «Kopper-Klif» va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida. Jarayon «avtogen» nomini olgan bo‘lib, tashqaridan yoqilg‘i va elektr energiya sarflanmaydi. Kerak bo‘lgan issiqlik miqdori qayta ishlanayotgan shixta tarkibidagi sulfidlarni yonishidagi ekzotermik reaksiyalar natijasida hosil qilinadi.
Olmaliq mis zavodida KMP jarayoni 1968 - yildan beri qo‘llaniladi. Pechning hajmi 580 m3, foydali maydoni 120 m2, solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi - 12 t/m sutkasiga. Bir sutkada pech 2000 t shixtani qayta ishlashga imkoni bor.
KMP jarayonida oqib o‘tadigan moddalarning fizik-kimyoviy o‘zgarishlar natijasida shteyn va shlak paydo bo‘ladi. Asosiy o‘zaro bog‘lanishlar mash’al hajmida oqib o‘tadi.
KMP jarayonini amalga oshirishning qat’iyan sharti - shixtani o‘ta quritishdir. Quritilgandan so‘ng, shixtaning namligi 0,5% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak, chunki bundan namroq shixta yirikroq bo‘lib, KMP talabiga javob bermaydi.
Shixta komponentlari pech ichida bir necha soniya davomida uchar holatida bo‘lishi shart. Ana shu uchish holatida zarrachani butun sirti bo‘yicha oksidlanish reaktsiyasi o‘tib, KMP jarayoni amalga oshiriladi.
Pechning tuzilishi. Pechni fundamenti monolit temir-betondan tayyorlangan. Fundamentning ustiga qalinligi 50 mm bo‘lgan cho‘yan plitalar joylashtirilgan. Plitalarga betondan tayyorlangan qatlam qo‘yilgan (4- rasm).



4- rasm. Mis boyitmasini eritishga mo‘ljallangan kislorod mash’al pechi.
1- kislorodli gorelkalar o‘rnatiladigan joy; 2-gaz chiqish joyi; 3- pech; 4-apteyk
Pechning ishchi tagi (leshed) uch qator olovbardosh g‘ishtdan yasalgan: eng pasti-eni 230 mm bo‘lgan shamot, o‘rta qismi – 230 mm magnezitoxromit va ichki ishchi qatlami 460 mm bo‘lgan magnezitoxromit g‘ishtdan tayyorlangan. Pechning yon tomoni magnezitoxromit g‘ishtdan yasalib, eni 810 mm, bosh va oyoq tomonlarining qalinligi 920 mm. Pechni ustki qismi (shipi) 460 mm qalinlikdagi magnezitoxromit g‘ishtdan tayyorlangan.
Pechni mustahkamlash uchun eni 15 mm bo‘lgan po‘lat kojux, 55 nomerli qo‘shtavr va 55 mm li po‘lat tyagalar ishlatiladi.
Shlak pechdan 2 ta suv bilan sovitiladigan misdan yasalgan leyka orqali shlakovozlarga chiqariladi. Shteyn shpur va sifonlar orqali kovshga quyiladi, kovshlardagi shteyn mostovoy kran bilan konvertorga quyiladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin