Shayboniylar davlatining vujudga kelishi, ijtimoiy-siyosiy tuzumi va huquqi


II BOB. SHAYBONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY



Yüklə 95,73 Kb.
səhifə4/6
tarix10.05.2023
ölçüsü95,73 Kb.
#110708
1   2   3   4   5   6
SHAYBONIYLAR DAVLATINING VUJUDGA KELISHI

II BOB. SHAYBONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY
VA MADANIY TARAQQIYOT
2.1. Shayboniylar davlatida ilm-fan va ta’lim

Movoraunnahrdagi iqtisodiy va madaniy hayot haqida gap ketganda, avvalo, aholidan turli soliqlar olinar edi, asosiy yer solig’i - xiroj hisoblanib, ho’kizdan– foydalangani uchun – zakot to’lanardi. Amaldorlarning maoshlari uchun – zobitona degan soliq yig’ilardi, qo’shinlarni saqlash uchun butun aholidan harbiy soliq undirardi, bog’lar va tokzorlardan olinadigan soliq tanobnoma deb atalgan.


Ishlab chiqarishga kelsak, Shayboniylar zamonida ham tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, duradgorlik, qog’oz, qurilish ashyolari kabi bir qator, sohalar faoliyat ko’rsatib ichki va tashqi bozorda sotiladigan turli xildagi mahsulotlar tayyorlangan. Bu mahsulotlar (ipak, jun, ip gazlamalari, gilam, quruq mevalar, qorako’l va boshqalar) bilan savdogarlar Eron, Xindiston, Arab o’lkalari, Xitoy, Qozon, Rossiya kabi o’lkalarga qatnagan.
Shayboniylar me’morchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo’ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o’z davrining ko’zga ko’ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko’kaldosh nomi bilan bog’liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining ta’mirlanishi, Mir Arab. Abdulloxon, Modarixon, Juybor, Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko’kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko’plab mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar, bozorlar va boshqa qurilish ishlari bajarilganlar.
Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming bitta ravot va sardoba qurilgan ekan.
Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola namoyandalarning tutgan o’rni katta bo’lgan. Avvalo, ularning o’zlari nihoyatda o’qimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkinchixon, Ubaydulloxon, Abdulazitzxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda she’r bitganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo’lganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoro madrasasida olgan. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta rag’bati bo’lgani, musiqiy asboblar chalgani, nozik xusnixat egasi bo’lgani ma’lum.
asrning ikkinchi yarmida milliy – madaniy markazi bo’lgan Hirot, XVI asrga kelib o’z mavqieni yo’qotdi, avval Shayboniy, keyinchalik esa Eron shohi Safoviy hukmdorlarning chekka shaharlaridan biriga aylanib qoldi.
Bu davrga kelib madaniy va adabiy markazlik roli Samarqand va Buxoroga ko’chgandi. Bu shaharlarga faqatgina O’rta Osiyo territoriyasidangina emas, balki Eron, Afg’oniston, Hindiston shaharlaridan ham bu yoki u sohalarning ishtiyoqmandlari kelar edilar. Natijada bu o’lkada o’sha zamon madaniyati va adabiyotining turli sohalarida ancha – ko’zga ko’ringan vakillar yashab ijod etishgan.
asrda Movarounnahrda adabiyot, tarix fani me’morchilik va tasviriy san’at rivojlanib bordi. Poeziya juda ravnaq topdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566 yil)ning “Muzakkir ul - ahbob” va Mutribiyning (1604 – 1605 yillar) “Tazkiroti Shuaro” nomli O’rta Osiyo antolgiyalari buning shohididir.
Bularda Samarqand, Buxoro, Toshkent va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida yashab ijod qilgan bir necha yuz adabiyot va fan arboblarining nomlari keltirilgan. Antologiya tuzilishi bu davrda aholining madaniy saviyasi yuksak ekanligini ko’rsatadi.
XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahrda O’zbek tilida adabiy va tarixiy asarlarning paydo bo’lishi maroqli hodisadir. “Tarixi guzidayi Nuratnoma” shu sohadagi ilk asarlaridandir. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostoni ham o’zbek tilida yozilgan. Bu ikki asar, garchi Shayboniyxonning topshirig’I va ishtiroki bilan yozilgan bo’lsada, har holda O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, etnografiyasi va adabiyotiga doir faktlarga asoslangan juda qiziq materiallarni o’z ichiga olgan.
XVI asrda yashab ijod etgan shoirlardan biri, buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburdir. Boburnomani A. Beverij Boburga shunday baho bergan edi:
“… sahovatliligi, mardligi, talantligi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podsholar ichida Boburga teng keladigan birorta podsho topa olmaymiz”.
Bobur 12 yoshidan boshlab umrining oxirigacha deyarli uzluksiz urush va yurishlar bilan band bo’ldi. Lekin, shunga qaramay, u keng va chuqur bilim olgan hamda ajoyib iste’dodi bilan o’z davrining yirik madaniyat arboblaridan biri bo’lib yashagn edi. U qaerda bo’lmasin, doimo ilm – fan, san’at va adabiyot oqillari bilan yaqindan aloqa bog’lar, ularga homiylik qilar va turli ilmiy – adabiy suhbatlar hamda munozaralar uyushtirar edi.
Bobur 16 – 17 yoshlaridan boshlab, badiiy ijodiyot bilan shug’ulanadi. U “Boburnoma”da 906 – 907 yillar (1449 – 1500 yillar) voqeasi haqida so’zlar ekan, “ul fursatlarda biror ikki qator bayt olishuv erdim, vam g’azal tugamaydir erdim” deydi. Bobur o’zbek klassik adabiyotining, ayniqsa, Alisher Navoiyning boy adabiy merosini hamda fors, tojik adabiyoti ustoz san’atkorlarining adabiy tajribalarini o’rganadi. Boburni eng yirik va eng ajoyib asari uni butun dunyoga tanitgan. Yevropa sharqshunoslari, jumladan, X. Vamberi tomonidan Yuliy Sezarning komentariyalari bilan bir qatorga quyilgan kitobi “Boburnoma”dir. Bu asar tarixiy manba bo’lishi bilan birga o’zbek prozasining qimmatli yodgorligidir, shu bilan birga “Boburnoma” geografiya, etnografiya, tabiat, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar boyicha ham qimmatli ma’lumotlar beradi.
Boburning “Boburnoma”dan tashqari yana bir qancha asarlari bor, bular islom dini huquqshunosligi va shariyat aqidalarini bayon etuvchi “Mubayyn” nomli she’riy risolasi “Validiya” nomi bilan atalgan tasavvufga oid kitobi “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo’lgan alfabit jadvalidan iborat. Shular jumlasidandir. Abdulla ibn Muhammadning “Zubdat ul asror” nomli tarixiy asari XVI asrning birinchi choragida majburdir. Unda Shayboniyxonning halok bo’lishiga olib brogan sabablardan biri – Shayboniylar lageridagi ziddiyatlar ochib ko’rsatilgan.
Rashididdin va Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinadi. Ulug’bekka bag’ishlangan “Muntahabi Jome” va “Tavorixiy shoxiy” degan asarning o’zbek tiliga tarjima qilinganligi o’zbek tilining ta’sir doirasi kengayib borganidan dalolat beradi.
O’z zamonining tarixiga doir “Sharafnomai shoxiy” degan katta asarini Hofuz Tanish Buxoriy yozgan bo’lib siyosiy voqealarga boy. Bu asarda O’rta Osiyoning ijtimoiy – iqtisodiy tarixiga oid juda ajoyib ma’lumotlar bor.
Shuningdek, bu davrda ayrim Shayboniy hokimlari adabiy asarlar yaratishda qatnashganlar. Shayboniyxonning o’zi ham o’z zamonasining o’qimishli odami edi. Bu haqda X. Vamberi shunday yozadi, u har holda o’zining Eroniy dushmanlari tarafidan ta’sir etilganidek, nimani hohlasa, shuni bajarib yuruvchi vahshiy bir kimsa emas edi. Masalan, u zamonning ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o’zi bilan barobar kichkina go’zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham doimo diniy munozaralarga qatnashgan. Qur’onning ba’zi bir oyatlari haqida Hirotning nimqadam tafsifchilari bo’lgan qozi Ixtiyor va Muhammad Yusufga e’tiroz ham bildirgan edi.
Shayboniyxon Bobur aytganidek, ma’nosiz va lazzatsiz she’rlar yozmagan, balkim go’zal she’rlar yozgan. Shayboniyxon tomonidan 1508 yilda yozilgan, chig’atoy Turkiy tilidagi “Bahr ul asror” (Haqqiqiy yo’lning dengizi) nomli diniy qasidaning yagona qo’l yozma nusxasi Angliyaning Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qasidaning bir joyida Shayboniyxon shunday deydi:
Shayboniyxonning she’rlar to’plami bo’lgan “Devon” 191 varaqdan iborat bo’lib, bugun Turkiyaning Istambul shahridagi To’nqoni saroyi kutubxonasida saqlanmoqda. Sakkokiy, Gadoiy, Navoiy an’anasidagi klassik chig’atoy Turkiy she’riyatini davom ettirgan Shayboniyxonning she’rlarida diqqatni o’ziga jalb qilgan hassos – shoirning Turkiston yurtiga bo’lgan cheksiz muhabbatini har doim tilga olib turganidir. Turkistonning Buxoro, Samarqand, urganch, Yassi shaharlari nomini o’z she’rlarida Shayboniyxonga qadar ko’p ishlatgan boshqa shoir yo’q desak sira yanglishmaymiz. Masalan:
Shayboniyxon XVI asr adabiyotiga katta xissa qo’shgan shoirlardan biridir.
Shayboniylar zamonida fan keng rivojlandi. Hatto sonlarni zarb qilish haqida izoh berilgan “Hisob usullari risolasi” XVI asrga mansub asardir. 1593 yilda Amin Ahmad Roziy “Haft iqlim” (Etti iqlim) degan jo’g’rofiy – biologic lug’at tuzdi. Mutrabiyning dunyo xaritasi kashf qilingan. “Tazkiroti shuaro” ham taxminan shu vaqtlarda yozilgan. Bu davrda meditsina sohasida qilingan ilmlar sezilib turardi. 1541 yilda Muhammad Husayn Ibn Al – Me’roni as - Samarqandiy tibbiy va farmakalogiya ruyxatiga oid ilmiy asar yozib, o’ta dorivor o’simliklardan dori tayyorlash va saqlash uchun ishlatiladigan idishlarning rangdor nafis syr’atlar ilova qilindi. XVI asr Qozilarning hujjatlaridan biz Samarqandda tabiblar ko’z kasalliklarini davolash ishlari bilan shug’ullanganliklarini bilamiz. Ko’z tabibi Shoh Ali ibn Sulaymon Navro’z Ahmadxon huzurida ishlagan. Samarqandda Ko’chkinchixon zamonida Hirotlik tabib Sulton Ali ishlagan. U kasalliklar va terapiya haqida umumiy ma’lumot beradigan “Tabiblik dasturlamasi”ni yozgan.
Shayboniylar davrida ko’p asarlar o’zbek tiliga tarjima qilingan. Kitobga qiziqish zo’rligidan kutubxonalar tashkil qilingan.
XVI asrda hattotlik san’ati juda yuqori darajada rivojlandi.sulton Ali Mashxadiy, Mir Ali Xiraviy, Muhammad ibn Ishoq, ash Shixobiy va boshqalar mashhur xusnixat ustalari edilar. 1586 – 1587 yillarda Darvesh Muhammad ibn Do’stmuhammad Buxoriy polisrafiya san’ati nazariyasiga oid asar yozgan.
Bu davrda yozilgan asarlar suratlar bilan bezatilgan. Bunday asarlar jumlasiga “Fathnoma”, “Tarixi Abulxayrxoniy” 1521 yilda tuzilgan. Alisher Navoiy asarlarining ruyxati 1562 – 1563 yilda ko’chirilgan “Tavorixi guzidayi nusratnoma”ni ko’rsatish mumkin. Bu asarlarni bezashda ishlatilgan minatyuralar O’rta Osiyo moddiy madaniyatini aks ettiradi.
Bu davrdagi musvvirlar ijodini tadqiq qilgan G. A Pugachenkova XVI asrda O’rta Osiyoga xos alohida minatyura rassomligi paydo bo’ldi, deb aytgan edi.
Shayboniylar xuddi Temuriylar singari nihoyatda o’qimishli madrasa ta’limini olgan, dunyoviy va dininy bilimlarni egallagan, harbiy san’atda ham, she’riy san’atda ham iste’dodli, ijodkorlar bilgan, hatto forschani go’zal yozishni mukammal egallagan. Xullas, ziyoli davlat arboblari bo’lishgan.
Shayboniylar davrida ilm – fan, madaniyat, adabiyot va san’at, me’morchilikning ravnaq topishida sulola vakillarining ibratli shaxsiy ta’sirlari ham zarvorlidir. Mamlakatning turli tomonlaridan taniqli shoir, tarixchi va olimlarning Shayboniyni qora tortib, panoh izlab Buxoroga kelishlari va layoqatlariga qarab mansab hamda uy joy va etarli mablag’ bilan ta’minlanishlari, izzat – ikrom topishlarining boisiham ana shundadir. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydulloxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon va Jahongir Sulton shoir bo’lishgan, o’zbekcha va forscha she’rlar yozishgan. Abdullaxon I esa musiqashunos, sozanda va astronomiya bilan shug’ullangan. Abdullaxon II Qur’oni karimni tafsir qilishda hadisi shariflarni tahlil va talqin qilishda din peshvolarining fan olamlariga sazovor bo’lgan….Bu ta’rifu tavsiflarimiz shunchaki, quruq gaplar emas, balki o’sha davrda zamondoshlari bo’lmish taniqli mualliflar tomonidan yozib qoldirilganxolis fikrlardir. Misol tariqasida bu bu kitoblardan ayrimlarini Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma”, Fazlulloh ibn Ro’zbexonning “Mehmonnomai Buxoro” va “Suluk al - muluk”, Mulla Shodining “Fathnoma” (Shayboniyxonning tarjimoiy holi she’riy tarzda hikoya qilinadi) va Tavorixi guzidom nusratnoma (o’zbek tilidagi nasriy asar), Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrulloning “Zubdat ul - osor” (o’zbek tilida), Hofuz Tanish ibn Mir Muhammad al – Buxoriyning “Shartnomai shohiy” (bu asar “Abdullanoma” nomi bilan mashhur), Muhammad ibn Valining “Bahr ul –asror”, Zayniddin Vasifiyning “Badoe ul vaqoe” degan asarini keltirishimiz mumkin. Bu ruyxatini yana davom ettirish mumkin, lekin shu nomi tilga olingan mumtoz tarixiy va memuar asarlarning o’ziyoq shayboniylar davrida ham bo’lganidek, tarix fani ancha rivoj topganini ko’rsatadi. Biroq farqi shundaki, temuriylar davrida tarixiy kitoblar ko’plab forscha yozilgan bo’lsa, shayboniylar zamonida esa o’zbek tilida ham ta’rif etiladi.
Shayboniylar davrida kitobat ishlariga qo’lyozmalarni husnixat bilan ko’chirish yo’li bilan nusxani ko’paytirish, ularni voqeaband miniatyuralar bilan bezatish, chiroyli va chidamli muqovalarga jamlashga katta e’tibor berilgan. Shu tariqa, Alisher Navoiy homiyligida Kamoliddin Behzod va uning safdoshlari tomonidan yaratilgan Hirot rassomchilik maktabi vujudga keladi. Zotan bu davrga kelib, bu ham, o’zbeklarning bu boradagi markazi ham Hirotdan Buxoroa ko’chgan edi. Shayboniylardan Abdulazizxon va Abdullaxon IIning kutubxonalari o’sha zamon musulmon Sharqidagi eng yirik kitob xazinalaridan edi.
Shayboniylar davrida ham temuriylar zamonidagi yuksalishning ruhi so’nmagan edi. Nafaqat poytaxt shaharlar bo’lmish Samarqnq va buxoroda, balki shular bilan bir qatorda mamlakatning barcha viloyatlarida halqimizning bunyodkorlik ishlari davom etar, barcha viloyatlarimizda ham bizkim o’zbeklar bag’ridan etishib chiqqan iste’dodli olimlar, shoirlar, tarixchilar, ulamolar, san’atkorlar va shu kabi madaniyat, ilm – fan, adabiyot va san’at ahli samarali va barakali faoliyat ko’rsatar edilar. Chunki bizkim o’zbeklarning birlashgan va markazlariga o’z milliy davlati dovrug’i etti iqlimga etgan Buxoroi sharifday poytaxti bor edi, Qoraxoniylar saltanatidan so’ng, ya’ni 1212 yildan keyin oradan uch yarim asr o’tgach, Buxoro poytaxtlik maqomiga erishgan edi. Musulmon sharqidagi an’anaviy udumga ko’ra sulolaga asos solgan shaxs sulolaboshi nomi bilan atashuvchi Shayboniylar davlati ibtidodidan eng qadim zamonlardan Turon deb milodiy 539 yildan ham Turon, ham Turkiston deb nomlanib kelayotgan mamlakatimizga angi nom berdi: O’zbekiston deb atala boshladi. Shayboniylarning tarixiy xizmatlaridan biri, aytish mumkinki, qaytarilmas xizmatlaridan biri shuki, Turkiston deganda barcha turkiy xalqlarga ma’lum darajada o’ziga xos belgi va xislatlri, turmush tarsi va boshqa shu kabilar bilan farqlanuvchi, xullas o’z milliy qiyofasiga ega, bizkim o’zbeklarning mamlakati tushuniladigan bo’ldi. Bu chindan –da qaytarilmas va tarixiy voqea bo’lib, allaqachonlardir dunyoga kelgan kamolotga etib, o’zligini namoyon qilgan Turonu Turkiston zaminiga tup quyib palak yozgan xalqa, bizkim, o’zbeklarning vataniga xuddi oltin uzukka yoqut ko’z qoyilganidek munosib, mazmundor va sharafli nom berilgan edi: O’zbekiston!
Me’morchlik – qurilish san’atining yuksak pog’onasi. Goyo, unda davriy taraqqiyot- sivilizatsiyaning qiyofasi aks etda. U davrning vakili bo’lmish, jamiyatning foydalilik chidamlilik va go’zallik haqidagi ko’tarinki g’oyalarini o’zida saqlab qolishi mumkin. Me’moriy yodgorliklar qiyofasida tarixini o’ziga xos tosh kitobi shakllanadi, qo’l bilan yaratilgan musiqa timsoliga aylanadi.
O’zbekiston me’morchiligining tarixiy ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, So’g’d, Baqtriya, Xorazm kabi ilk davlar davridan boshlab, to Temurgacha va undan so’bg me’morchilik borasida muhim ulkan qurilishlar amalgam oshirilganligiga shohid bo’lamiz. Ayniqsa, Temur va temuriylar davrida me’morchilik o’z davrini rivojining yuksak cho’qqisiga erishdi.
O’zbek me’morchiligida shayboniylar temuriylardan keyin eng katta hissa qo’shgan sulola sanaladi. Shayboniylar Temur va temuriylar davridagi me’morchilik an’analarini davom ettirdilar, XVI asrdan bizgacha ko’pgina arxetuktura yodgorliklari ko’proq dininy maqsadlarga mo’ljallangan jamoat binolari – masjidlar, madrasalar, mozorlar, shuningdek, savdo – sotiq uchun belgilangan binolar etib kelgan.
Shayboniylar davri me’morchilikda ustalarning ijodi hajmini qisqartirish va soddalashtirish hisobiga ko’pgina binoning dekarativ pardozini zaiflashtirish evaziga, asosan gumbazsimon toshlarning me’moriy formalari va ularni qurishda omilkorligi ko’zga tashlanadi. Bu me’mor ustalarning katta iste’dodga ega ekanliklarini, materialni va qurilish texnikasini juda bilimdonlari ekanliklarini ko’rsatadi.
Shayboniylar davrida eng yirik binolar Buxoroda qurilgan. Bu davrda Buxoroning iqtisodiy va siyosiy obro’sini oshishi shahar aholisining ko’payishi uning kengayishiga sabab bo’ldi. Ma’lumki, me’morriy qurilishlarda nafaqat shayboniy hukmdorlar, balki saroy ayonlari ham aktiv ishtirok etganlar. Masalan, Samarqandda Muhammad Shayboniyxon, Abu Saidxonlar madrasalar qurdirganlar. Muhammad Shayboniyxon bundan tashqari Yassi shahrida jome masjidi qurdirgan. Balx shahri qal’asining devorini ta’mirlashtirgan. Uning vorislari davrida mazkur faoliyat davom ettirildi. Xususan Abdullaxon va Abdullaxon II davrida Buxoro shahri yangi devor bilan o’rab olindi.
XVI asrda qurilgan juda ko’p monulintal binalar shaharni yanada bezadi/ Samarqandda Bibixonim masjididan keyingi ‘rinda turuvchi masjidi Kalon bunga misol bo’la oladi. Masjidi Kalon o’zining tarixiga ko’ra Temur Bibixonim masjidini takrorlaydi: hovlissi to’g’ri burchakli, atrofi ayvon bilan o’ralgan, shuningdek, hovlini g’arb tomonidan katta darvoza qarshsiga mehrob ustida monumental yirik binosifatida ko’kka ko’tarilib turgan qurilishining bosh qismida alohida ko’zga tashlanib turadi. Binoning bu qismi tetjida baland havorang gumbaz bor.
1536 – 35 yillarda Masjidi Kalon qarshisida Mirarab madrasasi qurildi. Bu katta madrasa Ubaydullaxonning mablag’lariga Mirarab deb atalgan nufuzli shayx Abdulla Yamonli uchun qurilgan. Ma’lumki, Shayboniyxon shahid ketgan. 1510 – 1520 yillarda amakim Ko’chkichixon 1530 – 1533yillarda uning o’g’li Abu Said Shayboniylar davlatini boshqaradi. Biroq ularda ichki nizolarni bartaraf etishda Safoviylar davlatidek qudratli tashqi g’animga qarshi urash olib borishda shijoatu – o’quv etishmaydi.
Ana shunday tarixiy sharoitda tarix maydoniga Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullo Sulton chiqadi. U g’ayratli, o’quvli davlat arbobi va shijoatli lashkarboshi edi. 1533 yil xonlik mansabini egallagan Ubaydullaxon mamlakatni rasman poytaxt Samarqanddan emas, balki Buxorodan turib boshqardi.
1530 yili, Ubaydullo Sultonxon noibi bo’lgan bir paytda ham, uning o’ziga ham fikr do’sti Mir Arabga og’ir bir sinovdan o’tishga to’g’ri keladi. Safoviylarning qizil boshlilardan iborat katta qo’shini mamlakatimizga bostirib kirib to G’ijdivongacha etib keladi, Ubaydullo Sulton o’z qo’shini bilan dushmanga qarshi chiqadi. Birinchi to’qnashuv jang taqdirini hal qila olmaydi, sababi dushman qo’shini son jihatidan o’zbek qo’shinidan ortiq edi, Ubaydullo Sultonning qo’shini kam sonli bo’lgani uchun ertasi kuni bo’lajak jangda qo’li baland kelishi amri mahol bo’lib qoladi, lashkar orasida tushkunlik yuz bera boshlaydi. Ana shunday qaltis bir vaziyatda, kech oqshom paytida Mir Arab Hazratlari qo’shin qoshida shunday bir nutq irod etadilarki, bundan lashkarlar o’ta mutassir bo’ladi, ruhi ko’tariladi va o’sha xuftondayoq tungi hujumga o’tib dushman ustidan to’la g’alaba qozonadi. Turkistonning mustaqilligi, halqimizning erki, dini – mashabi, or – nomusi, iftixori saqlanib qoladi, Ubaydullo Sultonni bu g’alaba uni ma’naviy ilhomxhisi Mir Arabga bag’ishlaydi, keyinchalik shu g’alaba sharafiga yangi madarasa qurishga farmon beradi. Bu madrasa Buxoroni Buxoro qilib, unga ko’rk bag’ishlab, ma’rifat, ruhoniyat o’choqlaridan biri bo’lib kelayotgan Mir Arab madrasasidir.
Madrasa qurilishi 1530 yili boshlab yuboriladi. Qurilishda xalqimizning turli qatlamlari, hunarmandlardan tortib tolibi, ilmlargacha, o’sha jangda qatnashgan g’oliblardan tortib ruhoniylargacha qatnashadi, chunki mag’lub bo’lib imon – e’tiqodidan ayrilib qolish xavfidan qutulishisevinchi .0shun0day qimmatli, shunday safarbarlikni keltirib chiqargan edi.
O’z yirikligi va arxitektura sifatlari bilan katta qimmatga ega bo’lgan binolar XVI asr Buxoroning atroflari ham qurilgan. Sulton qishlog’idagi bir – biri bilan ikki qavvatli ark orqali birlashtirilgan. Bahouddin qishlog’idagi mashhur xo’ja Bahouddin Naqshbandining mozori oldida qurilgan katta gumbazli xonaqo, hokimi Mulla Mir qishlag’idagi masjidlar shular jumlasidandir.
Samarqand arxitektura sohasidagi ijod hatto temuriylar bilan Shayboniylar o’rtasida hokimiyat uchun kurash avj olgan paytda ham to’xtashadi. Shayboniyxon davrida madrasa va Zarafshonda qoldiqlari g’isht arki ko’rinishida bizning kunlarimizgacha etib kelgan suv taqsimlovchi ko’prik qurildi. XVI asrning diqqatga sazovor qurilishlari, shuningdek, Karmanada va Toshkentda saqlanib qolgan.
Grajdan arxitekturasi yodgorliklaridan ko’prik va sardobalardan tashqari Buxoroning bozor ko’chalari chorrahalarida qurilgan naqshli beshta bino, ayniqsa, katta diqqatga sazovordir. Bu binolar: Toqi Sarofon, Toqi Telpakfurushon, Toqi Zarafshon va bizgacha etib kelmagan, Toqi Tirgdan hamda Toqi Urufurushondir. Bu hashamatli binolar tipi Abdullaxon nomli tepasi yopiq katta bozor bilan birga poytaxtning markaziy qismini hamisha gavjum bozorning tashqi arxitektura ko’rinishini tashkil qilar edi. Grajdan arxitekturasi asarlaridan juda yaxshi va hozirgacha ishlab turgan. Sarafon hammomini ko’rsatish mumkin. Buxoroning arxitektura binolarini ichki va tashqi tomonining bezagida turli tuman usullar qo’llanilar, ammo tayyor suratga qarab maxsus qurilgan turli rangdagi koshinlardan iborat bo’lgan sirli uymakor mozoika XVI asrda juda qimmatga tushuvchi va ko’p mehnat talab qiluvchi usul sifatida ancha kam qo’llanilardi. Naqshning relvori, qismlariga tillo suvi berilar, fon ko’k yoki yashil ranglarga boyalar, mayday gullar va naqshlar ham shunga qarab boyalardi.
Bularning barchasi goyo mayday gulli armomentga ega bo’lgan yashil yoki ko’k maydonga tilla naqshlar yoyilib tashlanganday tasavvur hosil qilardi. Toshga naqsh ishlash Buxoro muzeyida saqlanuvchi kulrang marmardan ishlangan ajoyib qabr toshlaridan ma’lum. Bu toshlar boshdan oyoq juda yaxshi ishlangan va sinchiklab oyilgan gullar armament bilan hamda kalligrafik qoidalarga qat’iy buysunib oyilgan yozuvlar bilan qoplangan.
Umaman, XVI asrda me’morchilik sohasida ham ulkan ishlar qilindi. Turli maqsadlar uchun ko’pdan – ko’p grajdanlik, madaniy va injenerlik binolari qurildi. Bu binolar O’rta Osiyoda me’morchlikning shu asarda injenerlik va texnik badiiy jihatdan yuksak mahorat darajasiga erishganidan me’morchilikni rivjlantirishda yangi yo’l kashf etilganidan dalolat beradi. Afsuski, karvonsaroylar, rastalar, masjid – madrasa, ko’priklar bino qilgan xalq ustalarining nomlari bizning zamonamizga etib kelmagan, ayrimlarini hisobga olmaganda, masalan, 1541 – 1545 yillarda Kafolat shogird maqbarasini qurgan me’mor G’ulom Husaynning nomi saqlanib qolgan.
O’rta Osiyoda shu davrda srajdanlik ahamiyatiga molik, har turli savdo rastalari, ariq va kanallar, ko’prik solish ishlari keng quloch yoydi. Shayboniyxon davrida yangi karvon saroylari solindi. Masalan, G’ijduvon Buxorodagi Tilla Kalon hammomlar solindi. Jenkinsonning garlariga qaraganda, Buxoroda hammomlar shunday ustalik bilan solinganki bunaqa hammom dunyoda yo’q.
XVI asr nafaqat Buxoro, Samarqand shaharlariga katta e’tibor qilindi, balkim boshqa shaharlarda ham katta – katta binolar qurildi. Yassada masjid, Qarshi shahri daryo yonida saroy, sovrinda madrasa qurildi.
XVI asrning eng yirik me’morchilik inshoatlaridan biri Termiz nohiyasi “Namuna” jamoa xo’jaligi territoriyasida “Kokildara” (Kokildor ota) bo’lib, mavzoliy xonaqo hisoblanadi. O’sha vaqtda rasm bilan nafis panjara va ayvon xuddi shu Kokildora mavzoleyida ham bor.


Yüklə 95,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin